O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti «O‘zbekiston tarixi» kafedrasi



Yüklə 1,8 Mb.
səhifə39/99
tarix15.01.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#79271
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   99
UMK (2022-23)

Birinchi - yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr, va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish;
Ikkinchi - yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish;
Uchinchi - aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish masalalari bo‘yicha.
To‘rtinchi - aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish masalalari bo‘yicha.
Beshinchi - xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash ishlarini tizimli tashkil etish masalalari shular jumlasidandir.
Mazkur tashabbuslar yosh avlodni har tomonlama mukammal tarbiyalash, ularning bo’sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish ishlarini qamrab olgan bo‘lib, tegishli sohalar ishtirokida amalga oshirib boriladi. Jumladan, Besh tashabbus loyihasi orqali yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish boʻyicha yurtimizdagi mavjud 800dan ortiq madaniyat markazlarida 4522 ta toʻgarak faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Xulosa o’rnida ta’kidlash lozimki, har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq.



  1. O’zbekistonda millatlraro va dinlararo munosabatlardagi bag’rikenglik.

Respublikamizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashda millatlararo omillarning ahamiyati katta. Qadimdan mamlakatimizda turli madaniyat va sivilizatsiyalar vakillari – turli xalqlar, etnik guruhlar aralashib, do‘stlik va hamjihatlikda yashab kelgan. Chor Rossiyasi, so‘ngra esa sobiq Ittifoqning migratsiya siyosati aholining polietnik tarkibi yanada xilma-xil bo‘lishiga olib keldi. Mustaqillik qo‘lga kiritilgan paytda O‘zbekistonda 120 dan ortiq millat va elat vakillari yashar edilar. O‘zbekiston barcha millatlar o‘rtasida totuvlikni ta’minlash, ko‘p millatli jamiyat tizimini saqlab qolish va mustahkamlash yo‘lidan bordi.
Millatlararo totuvlikni ta’minlovchi huquqiy zaminlar yaratildi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 18-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar”, deb belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari birdek hurmat qilinadi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratildi. Oqilona milliy siyosat tufayli O‘zbekistonda yashayotgan barcha millatlarning vakillari orasida etnik-madaniy asoslarda jipslashish jarayoni sodir bo‘ldi.
1989-yildayoq O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan millat va elatlarning jamoat tashkilotlari – milliy-madaniy markazlari tuzila boshlangan va shu yili ularning soni 12 taga yetgan edi. 1989- yilda Madaniyat vazirligi qoshida Respublika millatlararo madaniyat markazi tuzildi. Mustaqillik yillarida yaratilgan imkoniyatlar tufayli bu jarayon tez rivoj topdi.
1992-yil yanvarida Millatlararo madaniyat markazi Respublika Baynalmilal madaniyat markaziga aylantirildi. Uning faoliyatida millatlar va elatlarni jipslashtirishga asosiy e’tibor qaratildi. Barcha millat va elatlarga xos milliy bayram kunlari nishonlanmoqda, festivallar uyushtirilmoqda. 2002-yilda respublikamizda 120 ta milliy madaniyat markazlari faoliyat ko‘rsatib keldi. Bugungi kunga kelib145 dan ziyod milliy-madaniy markazlar (Chingiz Aytmatov iborasi bilan aytganda kichik BMTlar) millatlararo totuvlik g'oyasini hayotga tatbiq etmoqda. Har bir millatning nomdor rassomlari, yozuvchilari, shoirlari, olimlari, madaniyat va san’at arboblariga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda.
O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat va elat vakillari respublika miqyosidagi bayramlar – Mustaqillik kuni, Navro‘z bayramlarida faol ishtirok etmoqdalar. Bu bayramlarda rus, ukrain, ozarbayjon, qozoq, tatar va boshqa xalqlar badiiy havaskorlarining chiqishlari qiziqish, xursandchilik bilan kutib olinmoqda.
Xususan, “Yagona oilada” («V yedinoy semiye») jurnali nashr etilmoqda. Ruslarning “Maslennitsa”, tatar boshqirdlarining “Sabanto'y”, uyg'urlarning “Sayil”, bayramlari xitoylarning “Chunuze” yangi yili, koreyslarning “Soller” va “Ovoli – tano” bayramlari nishonlanmoqda. Har yili respublikamiz miqyosida “Biz yagona oila farzandlarimiz”, “Vatan yagonadir, Vatan bittadir”, “O’zbekiston umumiy uyimiz” shiori ostidagi festivallar o'tkazilib kelmoqda. O’zbekistonda 7 tilda: o'zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, turkman, qirg'iz va qozoq tillarida ta'lim olib borilmoqda. Gazetalar sakkiz tilda (o'zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, turkman, qozoq, ingliz, koreys tillarida) nashr etilmoqda. Radio eshittirishlar o'n bitta tilda olib borilyapti. Islom Karimov iborasi bilan aytganda millatlararo totuvlik O’zbekistonning dushmanlari ko'ra olmaydigan eng katta boyligidir.
O’zbekiston Respublikasida amalga oshirib kelinayotgan siyosatga ko’ra din davlatdan, siyosatdan ajratilgan, ammo xalqdan ajratilgan emas. 1991-yil davlatning vijdon erkinligi va dinga oid siyosatini belgilab beruvchi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi. Uning qabul qilinishi islom diniga va boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchi fuqarolarning hayotida muhim o‘rin egalladi. 1998-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Mazkur qonunda fuqarolarning vijdon va e’tiqod erkinligi bilan bog‘liq huquq hamda burchlari aniq-ravshan belgilab qo‘yildi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, «Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llabquvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar». O‘zbekiston kabi ko‘p konfessiyali davlatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Zero, diniy bag‘rikenglik mamlakatda qurilayotgan demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biridir.
Respublikada 17 diniy konfessiya ro’yxatga olingan va rasman faoliyat ko’rstamoqda. 170 dan ortiq diniy tashkilotlar ishlab turibdi va ularda O’zbekistonda yashovchi 130 millat va elat vakillari o’zlarining diniy ehtiyojlarini qondirmoqdalar. 1,7 mingdan ortiq masjidlar, xristian ibodatxonalari, sinagogalar va boshqa diniy markazlar ta’mirlandi va yangidan qurildi. 10 ta diniy ta’lim muassasasi faoliyat ko’rsatmoqda. 1999-yilda Toshkentda Islom Universiteti ochildi. O’zbekiston hududida xalqning ulug’vor va shonli tarixiga oid 2000 dan ortiq yodgorliklar ta’mirlandi.
O‘zbekiston hali sovetlar qaramog‘ida turgan og‘ir kunlarda Islom Karimov xalq xohish-irodasiga quloq tutib, unutilmas tarixiy hujjatga imzo chekdi. 1990-yil 2-iyun kuni «Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga haj qilishi to‘g‘risida» gi farmonini e’lon qildi. Mamlakatda Islom dini omilidan unumli foydalanish, uning boy ma’naviy va madaniy qadriyat sifatidagi imkoniyatlarini kengaytirish choralari ko‘rildi. Jumladan, 1992-yilda O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzurida din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. 1992-yil 27-martda O‘zbekiston Prezidentining «Ro‘za hayitini dam olish kuni, deb e’lon qilish to‘g‘risida» farmoniga ko‘ra, musulmonlar hayotidagi qutlug‘ sanalar – Qurbon va Ramazon hayit kunlarini doimiy ravishda bayram qilish va ularni dam olish kunlari, deb e’lon qilinishi ham aynan xalqimiz ko‘nglidagi ish bo‘ldi. Mustaqillik sharofati bilan «Islom nuri» haftanomasi, «Hidoyat» jurnali dunyoga keldi, ko‘plab diniy-axloqiy adabiyotlar chop etila boshlandi. Jumladan, Imom Buxoriyning to‘rt jilddan iborat, Imom Termiziyning bir jildli hadis kitoblari, boshqa allomalarning qator asarlari yuz minglab nusxalarda chop etildi. Qur’oni Karim sakkiz marta, jami bir million nusxada nashr etildi. Bu muqaddas kitob yurtimizda ilk bor 1992-yil Alouddin Mansur tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi va uch marta, jami 300 ming nusxada bosmadan chiqarildi.
2004-yili esa Toshkent Islom universitetida Qur’oni Karimning shayx Abdulaziz Mansur tarjimasida izohli nashri tayyorlandi hamda chop etildi.
O‘zbekiston musulmonlari erkinlik va imkoniyatlarga ega bo‘ldilar. Ular bevosita hukumat yordamida har yili muqaddas haj va umra amallarini ado etish imkoniyatiga erishdilar. Agar sovet davrida mamlakatimiz fuqarolaridan 3-4 kishigina haj safarini ado etgan bo‘lsa, 2016- yilga qadar har yili 5000 dan ortiq fuqarolarimiz hoji bo‘lib qaytishdi. Tabiiyki, ma’naviy-ruhiy poklanish, qadriyatlarning tiklanishi bir kunda bo‘ladigan jarayon emas, balki u bizdan muntazam ravishda izchillik bilan ish olib borishimizni talab etadi. «Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi, «Burhoniddin al-Marg‘inoniy tavalludining hijriy sana bo‘yicha 910 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari fi krimizning yaqqol isbotidir. 2003-yili esa naqshbandiya tariqatining asoschisi Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligi keng nishonlandi.
“Movarounnahr” diniy boshqarmasi faoliyati Respublikamiz hayotida o‘z o‘rnini egalladi. Diniy boshqarma qoshida Islom Universiteti va viloyatlarda madrasalar tashkil etildi. «Islom nuri» gazetasi chop etilmoqda. Mustaqillik arafasida O‘zbekiston bo‘yicha 87 masjid bo‘lsa, 1998-yilda ularning soni 3000ga hozir esa 5000 ga yetdi. Din inson ruhini poklashi, odamlar o‘rtasida mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlashi, milliy qadriyat va an’analarni asrashga xizmat qilishi bilan jamiyat hayotida muhim o‘rin tutib kelgan. O‘zbek yurti azaldan qadimiy dinlar rivoj topgan makondir. Hozirgi kunda ko‘p millatli O‘zbekiston Respublikasida islom dini bilan bir qatorda o‘n to‘rtta diniy konfessiyalar yonma-yon yashab kelmoqda.
Bu borada Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi nafaqat mamlakatimizda, balki Markaziy Osiyo va butun dunyoda hamjihatlikka erishish, dinlararo totuvlik, tinchlikni saqlash yo‘lida muhim dasturilamal bo‘layotganini, bu jihatlar O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham o‘z aksini topganini e’tirof etganligini ham qayd etish o’rinlidir.
Prezidentning 2017-yil 27-martdagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Samarqandda ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi. Uning tarkibida hadisshunoslik oliy maktabi, hadis, kalom va qiroat ilmini o‘rganishga mo‘ljallangan xonalar, qo‘lyozmalar kutubxonasi, muzey tashkil etildi. 23-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida Toshkentda Islom madaniyati markazi hamda 15-dekabrdagi farmon asosida esa O‘zbekiston Islom akademiyasi tashkil etildi.
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida milliy qadriyatlar, milliy urf-odatlar va an’analarimiz qayta tiklandi, ulug’ bobokalonlarimizning nomlari va ilmiy merosi o’rganila boshlandi, din, eng avvalo, islom dinining ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatidagi mavqeyi tiklandi, diniy ulamolarning qadr-qimmati o‘z joyiga qo‘yildi, o’zbek milliy san’ati, madaniyati rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratildi.



Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin