Bittiruv malakaviy ishining maqsadi: Shaxs temperamenti diagnostikasi va unga individual yondashuv masalasini yoritish.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari: - Shaxs xususiyatlaridan temperamentning mazmun mohiyatini yoritish;
- Temperament tiplarining tasnifini yoritish;
- O’quvchilar temperamenti diagnostikasida qo’llaniladigan metodikalarini yoritish;
- O’quvchi temperamenti va unga individual yondashuvini yoritish;
Bitiruv malakaviy ishining obekti:Oqqo`rg`on tuman 1-son kasb-hunar makatabida ta’lim-tarbiya jarayoni
Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati. O`quvchilarning qaysi temperament tipiga mansubligini aniqlab, ularning temperamentiga qarab bilim berish berish, muloqat qilish yaxshi samara beradi. Shu uchun o`quvchilarni temperamentni o`qituvchilar hisobga olib ularga yondashsa maqsadga muvofiq bo`ladi.
I-BOB.PSIXOLOGIK TEMPERAMENT VA UNING MASALASINING NAZARIY ASOSLARI 1.1.Shaxs xususiyatlaridan temperamentning mazmun mohiyati Ma`lumki, odamlar xulq-atvor va faoliyat motivlari nisbatan teng bo`lganda, bir xil tashqi ta`sir etganda, bir biridan ta`sirchanligiga va ko`rsatayotgan energiyasiga ko`ra sezilarli darajada farq qiladilar. Jumladan, bir xil kishi sekinlikni, boshqasi shoshilishni yoktiradi, bir xil odamlarga hissiyotlarning tez o`yg`onishi xos bo`lsa, boshqasiga esa sovuqqonlik xosdir, boshqa birovni keskin imo-ishoralar, ma`noli mimika, boshqasining harakatlarida og`ir-bosiqlik, yuzining juda ham kam harakat qilishi ajratib turadi. Kishining harakatlardagi o`zgarishi tabiiy ravishda ko`pincha tarbiyalangan ustanovkalar (ko`rsatmalar) va odatga, vaziyatning talabiga va shu kabilarga bog`liq bo`ladi. Ammo so`z yuritilayotgan individual farqlar o`zlarining tug`ma asosiga ega bo`lishi shubhasizdir. Bu shu narsa bilan tasdiqlanadiki, bunday farqlar bolaligidayok ma`lum bo`la boshlaydi, xulq-atvorning va faoliyatning turli sohalarida ko`rinadi va alohida barqarorligi bilan ajralib turadi. Individga xos dinamik fazilatlar o`zaro ichki bog`lanishga ega bo`lib, o`ziga xos tuzilishni tashkil etadi.
Temperamentning xususiyatlari psixikaning individual xususiyatlaridan bo`lib, inson psixik faoliyatining o`tishini, dinamikasini belgilab beradi.
Psixik faoliyat dinamikasi faqat temperamentga bog`liq emas. Psixik faoliyat dinamikasi kishining motivlariga, psixik holatlariga ham bog`liqdir. U holda temperament va kishining faoliyatiga ta`sir qiluvchi xususiyatlarni qanday farqlash mumkin. Buning uchun quyidagi belgilarni hisobga olish zarur.
1.Temperament xususiyatlari faqat bir turdagi emas, balki har xil va turli maqsadlardagi faoliyat turlarida, mehnatda, o`yinda, sportda, o`quv mashg`ulotlari jarayonida nomoyon bo`ladi.
2. Temperament xususiyatlari odam hayotining butun davomida yoki ma`lum qismida barqaror va o`zgarmasdir.
3. Temperament xususiyatlari bir-biri bilan tasodifiy emas, balki qonuniy bog`langan bo`lib ma`lum tuzilishni tashkil qiladi.
Shunday qilib, temperamentning xususiyatlari deganda, bir inson psixik faoliyati dinamikasini belgilovchi psixikaning barqaror individual xususiyatlarini tushunamiz. Bu xususiyatlar turli mazmundagi faoliyatlarda, motivlarda, maqsadlarda nisbatan o`zgarmaydi hamda temperament tiplarini xarakterlovchi tuzilishni hosil qiladi.
Temperament lotincha - temperamentum - qismlarning nisbati degan ma`noni anglatadi. Qadimda kishidagi tuyg`ular va harakatlarning xususiyatlari uning tanasidagi "sharbatlarning" (suyuqliklarning) miqdoriga, ularning nisbatiga bog`liq deb hisoblanar edi. Bularning aralashmasi temperamentdir. Temperament xususiyatlarining ilmiy sabablarini I.P. Pavlov yuksak nerv faoliyat tiplari haqidagi ta`limotida ochib berdi: I.P. Pavlov yuksak nerv faoliyat tiplari deganda hayvonlarda va odamda nerv tizimining faoliyatidagi eng muhim xususiyatlarning chatishuvini tushunar edi. I.P.Pavlov itlarda tajriba o`tkazdi.U hayvonlarning nerv tizimini: a) qo`zg`alish va tormozlanishning kuchiga ; b) bu jarayonlarning muvozanatiga; v)ularning ildamlik darajasiga qarab bir-biridan farq qilishini aniqladi.emperamentning har bir tipiga psixik xossalarning o`z nisbati, avvalo, har xil darajadagi faollik va emosionallik, shuningdek motorikaning u yoki bu xususiyatlari xosdir. Dinamik ko`rinishlarning muayyan strukturasi temperament tipini belgilaydi.
Barcha odamlarni to`rtta tip bo`yicha taqsimlash mumkin emasligi tushunarli. Temperamentlarning turli -tumanligi to`g`risidagi masala fanda hali batafsil hal qilingan emas, ammo aytilgan tiplarni asosiy deb hisoblash mumkin. Bu tiplar sof holda hayotda ancha kam uchraydi. Yana ko`pgina o`tkinchi, oraliq yoki aralash tiplar ham mavjud bo`ladi Temperament shaxsning psixik xususiyatlaridan biridir, lekin bir xil temperamentdagi kishilar ham juda xilma xil bo`ladilar. Ko`pgina kishilarning shaxsi faqat birgina tipga xos bo`lgan belgiga ega bo`lib qolmasdan, balki ikki va undan ham ko`proq tipning belgilariga ega bo`ladi. Kishida xolerik tipdagi xususiyatlar bilan bir qatorda , masalan, sangvinik tipdagi kishining belgilari ham bo`lishi mumkin; melanxolik tipidagi kishida esa flegmatik tip xususiyatlari uchraydi va hokozo.
Shaxs avvalo temperamentning turli tiplariga taalluqli bo`lgan psixik xususiyatlarning namoyandasidir. Shaxs temperamentning aralash tipiga egadir. Biroq shunday kishilar ham bo`ladiki, ularda u yoki bu temperament tipi ancha yorqin nomoyon bo`ladi. Masalan, rus sarkardalaridan A.V. Suvorov tipik xolerik edi: zamondoshlarining eslashlaricha uning qarashlari, so`zlari, harakatlari nihoyatda jonliligi bilan ajralib turar edi. U go`yo orom nimaligini bilmas va o`zini kuzatib turgan odamda yuzlab ishlarni birdaniga qilishga intiladigan tinib -tinchimas kishi sifatida taassurot qoldirar edi. U bamisoli yurmas, balki yugurar, otga minib emas balki uchib borar, o`z yo`lida turgan stulni aylanib o`tmas, balki uning ustidan sakrab o`tar edi.
Ko`p kishilar nerv tizimining qanday tipi, binobarin, qanday temperament yaxshi deb qiziqadilar. Bunga bitta javob berish mumkin: har bir temperamentning o`ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari bor. Garchi temperament shaxsning tug`ma sifati bo`lsa ham, bundan u hayotiy shart-sharoitlar, faoliyat, tarbiya va o`z-o`zini tarbiyalash ta`siri ostida mutlaqo o`zgarmaydi, degan ma`no kelib chiqmaydi. Atoqli kishilar orasida o`z temperamentining salbiy xususiyatlariga barham bera olganlar ko`p bo`lgan. Masalan, A.P. Chexov etuk yoshga borgan bir davrda o`zining kishilar bilan muomalasida hech mahal keskin bo`lishga yo`l qo`ymagan, muloyimligi, xushmuomalaligi, tashqi tomondan xotirjamligi bilan ajralib turgan. Biroq uning tabiiy tug`ma layoqat nishonalari boshqacha bo`lgan edi (u otasi va boshqa oila a`zolari singari keskinligi serjahlligi bilan ajralib turardi). I.P. Pavlov o`z temperamenti ustida ko`p ishladi. U yoshligida juda jahli tez har narsaga qiziqadigan, ayni vaqtda uni nima qiziqtirayotgan bo`lsa, shu narsadan boshqa hamma narsani unuta olish qobiliyatiga ega bo`lgan kishi edi. Keyinchalik u o`z ishtiyoqlarini to`xtata olishni o`rgandi, o`zini jushqin temperamentini boshqara olishga o`rgatdi.