O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar talimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 77,09 Kb.
səhifə7/10
tarix08.11.2022
ölçüsü77,09 Kb.
#67951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MUNISA BMI 2022.27.06. (3) (2)

Flegmatik temperament – hissiyotning juda sekin, kuchsiz qo’zg’alishi va uzoq davom etmasligi bilan farq qiladi. Flegmatik temperamentli kishilar hissiyotlarining tashqi ifodasi kuchsiz bo’ladi. Bu hil temperamentli odamlarni xursand qilish, xafa qilish yoki g’azablantirish ancha qiyin. Flegmatiklarning psixik jarayonlari sust bo’ladi. Bu hil temperamentli odamlar nihoyat og’ir, yuvosh, bosiq, harakatlari salmoqli bo’ladi. Agar bir faoliyatga kirishsalar, uni qat’iyat bilan davom ettiradilar. Flegmatik temperamentli bolalar yuvosh, mo’min qobil bo’ladi. Ular ko’pchilikka ham aralashadigan, tortinchoq va hyech kimga tegmaydigan, birovni ranjitmaydigan bo’ladilar. Agar birov ular bilan urish chiqarmoqchi bo’lsa, o’zlarini chetga olishga harakat qiladilar. Ular shovqin-suronli, harakatli o’yinlarga moyil bo’lmaydilar. Bu hil temperamentli bolalar jizzaki bo’lmaydilar va odatda ular o’yin-kulgilarga moyil emaslar. Flegmatik temperamentli kishilar (bolalar) tashabbus ko’rsatishga moyil bo’lmaydilar, lekin ular faoliyatini yo’lga qo’yilsa, ancha qunt bilan ish ko’radilar, yaxshi o’qib ketishlari mumkin. Har qaysi odam temperamentini batamom bir tip doirasigagina «sig’dirib» bo’lmaydi albatta. Tip tushunchasining o’zi faqat bir-birlariga o’xshash bir guruh odamlarnigina o’z ichiga olishligini nazarda tutadi. Har qaysi odam temperamentida o’ziga xos individual xususiyatlari bo’ladi, bu xususiyatlarni batamom muayyan bir temperament tipiga kiritib bo’lmaydi. Bu xususiyatlar ayni individual xususiyatlardir, ya’ni shu shaxsning o’zigagina xos xususiyatdir. Ko’pchilik odamlarda bir tip temperament alomatlari ikkinchi bir tip temperament alomatlari bilan qo’shilgan bo’lishini ko’ramiz; chunonchi, xolerik temperamentli kishida melanxolik yoki flegmatik temperament alomatlari bo’lishi, sangvinik temperamentli kishida xolerik va flegmatik temperament alomatlari bo’lishi mumkin va hokazo. Odamlarni faqat ularda qaysi temperament belgilari ustun bo’lsa, shunga qarab, ma’lum bir temperament tipiga kiritish mumkin. Temperament haqidagi ta’limot dastlab qadimgi (bizning eramizdan oldingi 460–356 yillarda yashagan) grek olimi Gippokrat tomonidan yaratilgan. Uning ta’limotiga muvofiq sur’atda, keyinchalik «temperament» termini ham ishlatiladigan bo’ldi, shuningdek, hamma to’rt tip temperament nomlari o’rnashib qoldi. Gippokrat ta’limotiga muvofiq, odamlarning temperament jihatdan turlicha bo’lishi, ularning organizmidagi suyuqliklarning (hiltlarning) turlicha nisbatda bo’lishi bilan bog’liqdir. Gippokrat fikricha, odam tanasida to’rt hil suyuqlik (hilt) bordir. Chunonchi, o’t yoki safro (grekcha sholye), qon (latincha sandus), (qora o’t- grekcha melanhole) va balg’am (grekcha rhlegma) bordir. Bu suyuqliklarning har biri o’z xususiyatiga ega bo’lib, ularning o’z vazifasi, ishi bordir. Chunonchi, o’tning xususiyati – quruqlikdir. Uning ishi – organizmdagi quruqlikni saqlab turish, ya’ni badanni quruq tutishdir. Qonning xususiyati – issiqlikdir. Uning ishi – organizmni isitib turishdir. Qora o’tning xususiyati – namlikdir. Uning ishi badan namligini saqlab turish, uning namligini tutib turishdir. Balg’am (shilimshiq modda)ning xususiyati sovuqlikdir. Uning ishi – badanni sovitib turishdir. Gippokrat fikriga muvofiq, har qaysi odamda shu to’rt hildagi suyuqlikdan biri ko’proq bo’lib, ustun turadi. Bu aralashma (latincha tyemperamentum) lardan qaysi biri ustun bo’lishiga qarab, odamlar temperament jihatdan har hil bo’ladilar. Xoleriklarda sariq o’t ustun; sangviniklarda – qon; melanxoliklarda – qora o’t;
flegmatiklarda esa balg’am (shilimshiq modda) ustun bo’ladi deb ko’rsatadi. Gippokratning mana shu to’rt hil moddalar aralashmasp to’g’risidagi ta’limotidan kelib chiqqan temperament so’zi qadimgi zamonlardan beri hozirgacha saqlanib kelmoqda. Temperament xususiyatlarining ilmiy sabablari I.P.Pavlovning yuksak nerv faoliyat tiplari haqidagi ta’limotida ochib berildi. I.P.Pavlov yuksak nerv faoliyat turlari deganda hayvon bilan odam nerv sistemasining faoliyatidagi eng muhim xususiyatlarning chatishuvini tushunar edi. I.P.Pavlov itlar ustida ko’p tajribalar o’tkazib, reflekslarni tekshirishi natijasida, hayvonlar nerv sistemasining a) qo’zg’alish va tormozlanishning kuchiga, b) bu jarayonlarning muvozanatiga va v) ularning ildamlik darajasiga qarab bir-biridan farq qilishini aniqladi. I.P.Pavlov ajratishicha, nerv sistemasining kuchi hujayralardagi fiziologik moddalarning zapas miqdori bilan belgilanadi. Kuchli tipdagi nerv sistemasida bunday zapas ko’p miqdorda bo’lib, kuchsiz tipda ozdir. Nerv sistemasining kuchi qo’zg’alish jarayoniga ham, shuningdek, tormozlanish jarayoniga ham tegishlidir. Nerv sistemasining kuchi, avvalo, kuchli qo’zg’ovchilarga «bardosh» bera olish qobiliyatida ko’rinadi. Nerv jarayonlari kuchining ahamiyati shundan ravshan ko’rinib turadiki,– deydi I.P.Pavlov,– atrofdagi muhitda odatdan tashqari, favqulodda hodisalar, zo’r kuchga ega bo’lgan qo’zg’ovchilar ma’lum darajada tez-tez voqye bo’lib turadi, shu bilan birga, tabiiy ravishda, ko’pincha, bu qo’zg’ovchilarning ta’sirini boshqalarning talabiga va shuningdek, undan ham qudratli bo’lgan tashqi sharoitning talabiga muvofiq bosmoq, to’xtatib turmoq zaruriyati tug’iladi. Nerv hujayralari esa o’z faoliyatining bunday haddan tashqari zo’riqishiga bardosh berishi kerak».Nerv sistemasidagi muvozanat, I. P. Pavlov ta’limotiga muvofiq, nerv sistemasining qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining kuch darajasini teng baravar holda tutib tura bilish qobiliyatida ko’rinadi. Qo’zg’alish va tormozlanish baravar darajada kuchli yoki kuchsiz bo’lganda, nerv sistemasida muvozanat bo’ladi. Shu jarayonlardan biri kuchliroq yoka kuchsizroq bo’lsa, nerv sistemasida muvozanat bo’lmaydi. Nerv sistemasining ildamligi (labilligi) miya po’stining biron qismidagi qo’zg’alishning tormozlanishi bilan yoki, aksincha, tormozlanishning qo’zg’alish bilan naqadar yengil almashinishidan iborat. I. P. Pavlov nerv sistemasining bu xususiyatiga ayniqsa katta ahamiyat bergan edi. «Ravshanki, eng muhimi ildamlikdir,– deydi u,– hayot o’zi deganicha qila beradi, hamma sharoitni o’zgartirib yuboradi, u juda ham o’zgaruvchan, kimki sergaklik bilan bu o’zgarishlarni darrov payqab ola bilsa, ya’ni ildam esga ola biladigan nerv sistemasi bo’lsa, o’sha yutadi». Yuqorida ko’rsatilgan belgilariga qarab, nerv sistemasining quyidagi to’rt asosiy tiplarini ajratiladiki, bular, I. P. Pavlov fikricha, Gippokratning to’rtta temperament tipiga to’g’ri keladi:
a) kuchli muvozanatli va epchil tip. Serharakat tip. Bu tip sangvinik temperament asosini tashkil etadi.
b) kuchli, muvozanatli inert (sustkash) tip og’ir vazmin tip. Flegmatik temeperamentning asosini tashkil etadi.
v) kuchli, lekin muvozanatsiz, ya’ni qo’zg’alish tormozlanishdan ustun chiqadigan, qizg’in, jo’shqin, tip. Bu–xolerik temperamentning asosini tashkil etadi.
g) kuchsiz tip. Melanxolik temperamentning asosini tashkil etadi.
Ammo temperament haqida bayon qilingan bu fikrlardan odam temperamentining barcha xususiyatlari albatta nerv sis­temasining tuzilish xususiyatlari bilan qat’iy ravishda belgilanadi va o’zgarmaydi, degan xulosa chiqarish yaramaydi. Nerv sistemasining ma’lum bir tipi faqat shaxsda ma’lum sifatlarga moyillik vujudga keltiradi, unga zamin hozirlaydi, xolos. Temperamentga xos bo’lgan xususiyatlarni kishi o’z irodasi, istagi bilan o’zi o’stira oladi, birmuncha yo’qota yoki o’zgartira oladi. Kishi temperamenti xususiyatlaridagi bun­day o’zgarishlar kishining shaxsiy istagi bilangina vujudga kelib qolmay, balki, kishining hayot tajribasi jarayonida, atrof-tevarakdagi muhit ta’siri, asosan tarbiya ta’siri ostida ham vujudga keladi.
Nerv faoliyatining o’zi qandaydir o’zgarmaydigan bir narsa emasligini I.P..Pavlov takror-takror o’qtirib o’tgan. U nerv sistemasining faoliyati «turmush beradigan tarbiya ta’­siri bilan» o’zgarishi mumkin, va bir shaklga kirgan nerv faoliyati» faqat tug’ma nerv sistema tipi bilangina belgilanmasdan, balki organizm hayotining butun tarixi bilan ham belgilanadi deb hisobladi. «Odam bilan hayvonning hatti-harakati, deydi I. P, Pavlov,–faqat nerv sistemasining tug’ma xususiyatlarigagina bog’liq bo’lib qolmay, balki organizmning individual hayotida unga doim ko’rsatilgan va ko’rsatilayotgan ta’sirlarga ham bog’liqdir, ya’ni, keng ma’noda olganda, doimiy tar­biya yoki o’rgatishga bog’liqdir. Buning sababi shuki, nerv sis­temasining yuqorida ko’rsatilgan xossalari bilan bir qatorda, uning eng muhim xossasi bo’lgan eng yuksak plastikligi ham to’xtovsiz kor qilib turadi. Demak, agar gap nerv sistemasining tabiiy tipi to’g’risida borar ekan, u vaqtda tug’ilgan kunidan boshlab mana shu organizmga ta’sir etgan va hozirgi vaqtda ham ta’sir etib turgan hamma ta’sirlarni hisobga olmoq kerak». Kishining temperamenti o’zicha ayrim ravishda namoyon bo’lmaydi, u kishining xarakteri tarkibiga kiradi.



Yüklə 77,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin