O’quvchi temperamenti va unga individual yondashuv
Xulosa
Takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Ilovalar
KIRISH “Eng katta boylik-bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros-bu yaxshi tarbiya eng katta qashshoqlik–bu bilimsizlikdir. Chindan xam bugun biz ulug‘ niyatlar bilan poydevor qo‘yayotgan yangi uyg‘onish davri mamlakatimizning mana shunday ulug‘ boylik yaratishiga, xalqimizning xayotini farovon qilishga va kelgusi avlodlarga o‘zimizdan munosib meros qoldirishga xizmat qiladi”. Sh.Mirziyoyev Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda davlatimiz tomonidan taʼlim sohasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Taʼlim tizimini yanada rivojlantirish va unga jahon taʼlim tizimi standartlarini joriy etish asosiy vazifaga aylanmoqda.
Bosh maqsad esa, taʼlimga yangicha innovatsion ruh berish, uning samaradorligini oshirishdir. XXI asr axborot texnologiyalar asri. Darhaqiqat, bugungi globallashuv davrida ilg‘or pedagog kadrlar taʼlim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida, taʼlim jarayonida turli interfaol metodlar, innovatsion va pedagogik texnologiyalardan foydalanmoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida “Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu–ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug‘ istiqboli, birinchi navbatda, taʼlim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog‘liq. Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo‘lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko‘plab ijtimoiy muammolarni yechish imkoni tug‘iladi. Shunday ekan, Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o‘ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi” deb eʼtirof etgan edi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev yangi darsliklarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni taʼminlashni nazorat ostiga olish zarurligini alohida taʼkidladilar. Bugun olimlar va o‘qituvchilar ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishga astoydil kirishishlari shart- va ular bu ishga masʼuldirlar. Bu sohaga yaqin xorijiy davlatlarda ham eʼtibor kuchaytirilmoqda.
Muhimi shundaki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror 07.08.2020 yildagi 466-son: belgilangan vazifalarni amalga oshirish,[3] mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, taʼlim sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish, innovatsion ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish orqali mamlakatda taʼlim tizimini isloh qilish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilish muhim vazifalardan biri sifatida belgilandi. Bugungi kunda har sohada rivojlanishlar, yangilanishlar, o‘zgarishlar va texnologiyalashtirish jarayonlari bilan bir qatorda taʼlim tizimida ham yangi texnologiyalardan, internet resurslaridan foydalanish tobora ortib bormoqda. Ta`lim sifatini yanada rivojlantirish uchun o`quvchilarni shaxs temperamenti aniqlash, o`quvchilarga bilim, ko`nikma va muloqat jarayonida o`qituvchilarga o`quvchilarga yondashishda yengiliklar yuzaga keltiradi.
Temperament tipi 4ta bo`linib, ular xolerik, sangvenik, flegmatik, melonxorlik. Melanxor tipi jur`atsiz zaifroq bo`lgani uchun unga har javhada o`qituvchi tomonida turtki yani ko`maklashishni talab etadi va boshqa temperament turlari ham o`ziga yarasha xarakterni aks etadi. Shu uchun o`quvchilarni temperamentni o`qituvchilar inobatga olib ularga yondashsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Shu bois ham shaxs temperamentni o`rganishning dolzarbligi shunda.