uchun kichik maktab o„quvchisi predmet yoki voqealik
hodisalarning bir necha
tomondan ko„rish muhimdir: mantiqiy va emotsional tomondan, badiiy asarda va
ilmiy ommabop maqolada, biolog, so„z ustasi, rassom, musiqachi nuqtai nazardan
va
boshqalar.
Asosiy fanlarni o„zlashtirish va olamdagi bor narsalarning qonuniyatlarini
tushunishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarini o„rnatish ta‟limga
integratsiyalashga yondoshuvning metodik asosidir. Bunga turli darslarga
tushunchalarga ko„p marotaba qaytishi, ularni
chuqurlashtirish va boyitish, shu
yoshga tushunarli bo„lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin.
Shunday qilib yaxshi shakllangan tuzilish va o„tkazish tartibiga ega bo„lgan,
tarkibiga shu o„quv predmetiga tegishli bo„lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har
qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin. Lekin integratsiyalangan
darsga boshqa fanlar, boshqa o„kuv predmetlari bilan bog„liq tushunchalar tahlil
qilishning natijalari kiritiladi. Masalan, «qish», «sovuq», «bo„ron», kabi
tushunchalar o„qish,
rus tili, tabiatshunoslik musiqa, tasviriy san‟at
darslarida
ko„rib chiqiladi. Tushunchalarning taxlil qilish boshqa o„quv darslarida
o„zlashtirilgan bilimlarga murojaat qilinadigan darslar integratsiyalangan
hisoblanadi. Dars ijodiy, erkin bo„lishi
bilan birga, yaxlit, mantiqan ketma-ket,
o„ziga
xos
o„tish
metodikasiga
ega
bo„ladi.
Umumiy ta‟limning poydevorining qo„yadigan boshlang„ich maktabdagi
ko„p tushunchalar tabiatshunlslik, rus tili, musiqa, tasviriy san‟at va boshqalar
uchun
umumiydir.
Hozirgi kunda bir qator o„quv predmetlari uchun umumiy bo„lgan
tushunchalar orasidagi aloqalarni o„rnatish psixologik va metodik asosiy bo„lgan
integratsiyalangan darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan o„tkazish lozim.
Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasida o„rgatilishi va zarur
o„qitish
vositalari
bilan
ta‟minlanishi
kerak.
Tekshirish davomida o„quv predmetlarini integratsiyalash jarayonida faol
aqliy faoliyatga yordam beruvchi omillar; integratsiyalash
uchun fanlarning
ma‟qul birlashishi, o„qituvchi va o„qšuvchi xarakatlarining mos kelishi,
bolalarning yosh imkoniyatlarini hisobga olgan holda mazmun, metod, usullarni
tanlash.
Dostları ilə paylaş: