О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/134
tarix06.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#108487
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   134
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

Payvandlash turlari 

Sanoatda metallarni payvandlashda qo‟llaniladigan usullar juda ko‟p (135 dan ortiq) 
bo‟lishiga qarmay ularni payvandlash joylarining holatiga, metallni suyuqlantirish uchun 
qanday energiyadan foydalanilayotganligiga va jarayonning mexanizatsiyalashtirganlik 
darajasiga qarab quyidagi asosiy guruhlarga ajratiladi: 
1. 
Payvandlash joylarining holatiga ko‟ra:
a) suyuqlantirib payvandlash
b) plastik holatga kelguncha qizdirib, bosim ostida payvandlash. 
2. 
Metallarni suyuqlantirish uchun qanday energiyadan foydalanganligiga ko‟ra: 
a) elektrik, b) kimyoviy; v) mexanikaviy va boshqa xillarga ajratiladi. 
3. Jarayonning mexanizatsiyalashtirilganlik darajasiga ko‟ra: 
a) dastaki; b) yarim avtomatikaviy; v) avtomatikaviy. 
Payvand birikmalarining va chortoqlarining asosiy turlari 
Payvand chok bilan biriktirilgan bir qancha elemantlar to‟plami payvand birikma deb 
ataladi. 
Payvandlash yo‟li bilan turli materiallardan ajralmaydigan konstruksiyalar tayyorlashda 
payvand birikmalarning turli xillaridan foydalaniladi, lekin ko‟proq tarqalgan xillarga uchma-
uch, ustma-ust, burchak hosil qilgan va tavraviy birikmalar kiradi. 
Uchma-uch birikmalar. Bunday birikmalarda asosiy hamda suyuqlantirib qo‟shiladigan 
metall kam sarflanishi, payvandlash vaqtining tejalishi va asosiy metalldek puxta chok olinishi 
sababli sanoatda ko‟proq tarqalgan. Uchma-uch biriktirishda payvanlash uchun listlarni 
yaxshilab tayyorlash va bir-biriga aniq tug‟rilamoq zarur (33-rasm, a). 
Ustma-ust birikmalar. Bunday biriktirish usuli, asosan, qalinligi ko‟pi bilan 10-12 mm 
bo‟lgan po‟latdan ishlangan qurilish konstruksiyalarini yoy yordamida payvandlashda 
qullaniladi (34-rasm, b). 
Burchak hosil qilgan birikmalar. Bunday birikmalardan bir-biriga nisbatan to‟g‟ri yoki 
boshqa burchak ostida joylashgan listlarni chetlari buyicha payvandlab biriktirishda 
foydalaniladi. Bunday birikmalar, asosan, gaz yoki suyuqlikning unchalik katta bo‟lmagan 
ichki bosimli ta‟sirida bo‟ladigan idishlarda hosil qilinadi. Bunday birikmalarni olishda 
metallning chetlari kertilmaydi (34-rasm, v).
Tavraviy birikmalar. Bunday birikmalarda payvandlanuvchi metal elementlari bir-biriga 
90

li burchak ostida payvandlanadi (33-rasm,g).
a)
b) 


v) 
g) 
33-rasm. Payvand birikmalarning asosiy turlari: 
a) uchma-uch birikma; b) ustma-ust birikma; v) burchak hosil qilgan birikmalar; 
g) tavrsimon birikma 
Payvand choklarining turlari: 
1. Fazodagi holatiga qarab: pastki, vertikal, gorizontal va ship choklari (34-rasm); 
2. Bostirilish xarakteriga qarab: uzliksiz va uzlikli choklarga bo‟linadi;
3. Ta‟sir etuvchi zo‟riqish kuchlar yunalishiga qarab: yonlanma (flang,) ro‟para (torets), aralash 
va qiya choklar bo‟ladi (35-rasm). 
1 2 


3 4 
34-rasm.Chok turlari: 1-pastki chok; 2-gorizontal chok; vertikal chok; ship chok. 
35-rasm. Chokning ta‟sir etuvchi zo‟riqish kuchlari yo‟nalishiga qarab bo‟linishi: 1 – yonlama 
chok; 2 – ro‟para chok; 3 – aralash chok; 4 – qiya chok. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin