Pedagogik jarayon - ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini hal qilishga qaratilgan, maxsus
tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuvchilarning maqsadli o‘zaro munosabatlari.
Pedagogik malaka - muayyan toifadagi vazifalarni hal qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan
mutaxassisning kasbiy pedagogik tayyorgarligi darajasi va turi.
Pedagogik masala - pedagogik jarayonning asosiy birligi, o‘ziga xos tizimidir. У воқеликни
билиш ва қайта яратиш зарурияти билан боғлик тафаккур қилинадиган педагогик
вазиятдир. Таълим қатнашчиларининг маълум бир мақсадини кўзлаган таълим ва
тарбиядаги моддийлаштирилган вазиятдир.
Pedagogik texnika –1) har bir ta’lim oluvchiga va jamoaga pedagogik ta’sir o‘tkazishning
samarali qo‘llash uchun zarur bo‘lgan malaka va ko’nikmalar majmuasi;
2) har bir ta’lim oluvchi va jamoaning faolligini pedagogik jixatdan ta’minlash uchun zarur
bo‘lgan malaka va ko’nikmalar.
Pedagogik tizim - shaxsni rivojlantirish va yaxlit pedagogik jarayonni birlashtirgan ta’limning
o‘zaro bog‘langan tashkiliy tuzilmasi. Pedagogik faoliyat - ta’lim maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyatning
alohida turi.
Pedagogik o’yin - bilim olishga qaratilgan va ma’lum bir pedagogik natijani ko‘zlagan hamda
ta’lim jarayonida muayyan maqsadni amalga oshiruvchi faoliyat turi.
Pedagog nuqtai nazari (pozitsiyasi) - pedagogning dunyoga, pedagogik voqelikka va
pedagogik jarayong'a bo‘lgan intellektual va hissiy munosabati.
Pedagogik haqqoniylik – o‘qituvchining obyektivlik mezoni, uning ma’naviy tayyorgarlik
darajasi.
Proyektiv malaka -malakaning maxsus turi bo‘lib, kutilgan pedagogik natijalarni aniq ta’lim
va tarbiya rejalarida aks ettiradi. Preskreptiv - me’yoriy.
Psixologiya - I) shaxsning obektiv borlikni faol aks ettirish jarayonini o‘rganuvchi fan; 2)
ma’lum bir faoliyat turining o‘zaro shartlangan psixik jarayonlar to’plami; 3) psixika, xarakter
xususiyati, ko‘ngil xazinasi.