4. Filtrlarni regeneratsiya qilish usullari. Tajribilar shuni ko‟rsatadiki, regeneratsiya qilishi uchun sarflanadigan ishqor NaOH miqdorini
kamaytirish uchun suv tozalash qurilmalarida bosqichli qarama-qarshi yo‟nalishda regeneratsiya
qilinadigan А
2
filtrlarni ishlatish maqsadga muvofiq ekan. Bunday anionitlarda kuchli
anionitlarni tejash uchun 1 pog‟onali o‟rtacha kuchli (EDE-10P) anionitni 2 pog‟onada kuchli anionitni
(AV-7) ishlatish mumkin. Ular regeneratsiyalashda sarflanadigan ishqorning solishtirma sarfi 60
g/g·ekv olinadi. Bu usulda А
2
filtrlarni bosqichli qarama-qarshi yo‟nalishda regeneratsiya
qilinganda regeneratsiya uchun ishqorning umumiy miqdori to‟g‟ri yo‟nalishda
regeneratsiyalashga qaraganda 30-40% kamayadi. Suv tozalash inshoatlarida kuchsiz asosli anionitli
filtrlarda filtrlovchi materiallar sifatida AI-2F, AN-18, AN-3T va chet elda ishlab chiqarilgan
emberlayt vafatet kabi anionitlar ishlatiladi.
2 - rasm. Pog'onali qarama-karshi regenerasiyalashning texnologik sxemasi.
I – yumshatish; II – regenerasiyalovchi eritmani o'tkazish; III – yuvish; IV – ishchi sikl. Nazorat savollari . 1.Kationitli filtrlar nima uchun regeneratsiya qilinadi? 2.Regeneratsiya qilish usullari necha xil bo‟ladi? 3.Kationitli filtrlarni regeneratsiya qilishda qanday reagentlar ishlatiladi? 4.Regeneratsiya qilishda ishlatiladigan reagentlar qanday tayyorlanadi va saqlanadi? 5.Yayratish va yuvish jarayonlari qanday amalga oshiriladi? 6.Regeneratsiya jarayonlarini amalga oshirishda qanday suv ishlatiladi? 7.Reagentlarning tayyorlanishi va saqlanishi, hamda ular saqlanadigan idishlarda qo‟yiladigan talablar qanday?