O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Energetika fakultetining”“issiqlik energetikasi” kafedrasi «Issiqlik energetikasi»


 - rasm. Aralash harakatli filtrlarni regenerasiyalash sxemasi



Yüklə 397,48 Kb.
səhifə39/97
tarix16.12.2023
ölçüsü397,48 Kb.
#181097
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   97
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti-hozir.org

2 - rasm. Aralash harakatli filtrlarni regenerasiyalash sxemasi. 
1 – ishchi AHF; 2,7 – dastlabki suvni kiritish va tuzsizlantirilgan suvni chiqishi; 3 – 
regenerasiyalovchi eritma uyuvchi natriyni va yuvuvchi suvni kiritish; 4 – regenerasiyalanayotgan 
AHF; 5 – sizdirishga chiqarish; 6 – regenerasiyalovchi eritma xlorid kislotani va yuvuvchi suvni 
kiritish; 8 – nasoslar; 9 – havoni kiritish. 
3. Aralash ionitli filtrlarni regeneratsiyalash usullari. 
Tozalanayotgan suvning tezligini oshirish, ko‟proq suvni tozalash zarur bo‟lsa bunday
qurilmalarda regeneratsiya jarayoni maxsus filtrlarda amalga oshiriladigan AIF lar ishlatiladi. Bunday
turdagi ishchi filtrlarda ionitlar aralashgan holatda bo‟lib, ularning qalinligi 0,9-1,0 metr filtrdan
suv o‟tish tezligi soatiga 100 m gacha bo‟ladi. Bu filtrlarda o‟rta qism quvurlar sistemasi
regeneratsiya qilish uchun qo‟shimcha jihozlar bo‟lmay, ularni kislotaga chidamli materiallar bilan
qoplash ham talab qilinmaydi. Chunki bu ishchi filtrlardan anionitlar, gidravlik usulda ya„ni
kuchli suv oqimi yordamida chiqarib olinib, maxsus filtrlarda regeneratsiya qilinadi. Bo‟shagan filtr
oldindan regeneratsiya qilingan ionitlar bilan to‟ldirilib, yana ishga tushirib yuboriladi. Regeneratsiya
qilingan ionitlar maxsus bakda saqlanadi. Bunday qurilmalarning avfzallik tomonlari shundaki,
ularda ishqor va kislota eritmalari bir-biri bilan aralashmaydi va filtrning to‟xtash vaqti qisqaradi.
Ishchi AIF filtrlardan ionitlarni chiqarib olib, yangisi bilan to‟ldirib ishga tushirib yuborishga 1 soat
vaqt yetarli bo‟ladi.
Kislota eritmasi aralash regeneratsiya mahsulotini, tozalanayotgan suvni filtrdan chiqarish,
hamda Ionitlarni yayratib, bir-biridan ajratish uchun filtrga suv va havo berish uchun xizmat qiladi.
Bu filtrlarni ikki usulda ya„ni parallel ravishda va navbat bilan regeneratsiya qilish mumkin.
Birinchi usulda kationit va anionit qatlamlarini parallel ravishda regeneratsiya qilishda tepa qismdagi
taqsimlovchi quvurdan ishqor eritmasi pastki qismdagi quvurlar sistemasidan kislota eritmasi bir
vaqtda yuborilib, kationit va anionit qatlamlardan o‟tayotgan regeneratsiya eritmalari o‟rta
qismdagi quvurlar sistemasidan chiqarib yuboriladi. Bu usulda regeneratsiya uchun kam vaqt



46
sarflanadi, lekin kislota va ishqor eritmalari o‟zaro aralashishi natijasida tuz hosil bo‟lib, bu eritmalarni


keyingi regeneratsiya uchun ishlatib bo‟lmaydi.
Ikkinchi usulda ya„ni ionitlarni navbat bilan regeneratsiya qilishda avval qaysi qatlam
regeneratsiya qilinadigan bo‟lsa, shu qatlamga tegishli quvurlardan regeneratsiya eritmasi yuborilib,
regeneratsiya eritmasiga qarama-qarshi oqimda toza suv yuborilib turiladi, ulardan o‟tayotgan suv
regeneratsiya eritmasi filtrning o‟rta qismidagi quvuri orqali chiqarib yuboriladi. AIF filtrdagi
kationitlarni regeneratsiya qilish uchun H
2
SO
4
ning 3-5% eritmasi, anionitlarni regeneratsiya qilish
uchun NaOH ning 4-6% eritmasi ishlatiladi. Regeneratsiya jarayonida belgilangan miqdordagi
eritmalar o‟tishi bilan filtrlar yuviladi. Buning uchun oldindan tozalangan suv regeneratsiya eritmalar
yuborilgan yo‟nalishda yuboriladi.

Yüklə 397,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin