O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Energetika fakultetining”“issiqlik energetikasi” kafedrasi «Issiqlik energetikasi»



Yüklə 397,48 Kb.
səhifə40/97
tarix16.12.2023
ölçüsü397,48 Kb.
#181097
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   97
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti-hozir.org

Nazorat savollari . 
1. Aralash ionitli filtrlarning ishlatilish sohalari? 
2. Aralash ionitli filtrlarning tuzilishi va ionitlarning joylanishi? 
3. Aralash ionitli filtrlar yordamida suvlar qanday ionlardan tozalanadi? 
4. Aralash ionitli filtrlarning regeneratsiya qilish usullari? 
5. Regeneratsiya qilishda ishlatiladigan reagentlar?
6. Kislota eritmasi aralash regeneratsiya mahsulotini qanday vazifani bajaradi? 
7. Regeneratsiya jarayonida belgilangan; miqdordagi eritmalar o‟tishi bilan nima bo‟ladi? 
13 – Mavzu: Qo'shimcha suvni termik usulda tozalash va suvni tuzsizlantirishda bug'latgichlarni 
ishlatilishi. 
Reja: 
1. Bug‟latgichlarning ishlatilishi va qo‟llanilishi. 
2. Bug‟latgichlarning ishlash tarzi. 
3. Bug‟latgichlarning turlari, ularning samaradorligi. 
Tayanch iboralar: bug‟latgich, tuzsizlantirish, distillyat, bug‟latish, IESda qo‟shimcha suv 
tushunchasi. 
Adabiyotlar: 1, 2, 3,14 
1. Bug’latgichlarning ishlatilishi va qo’llanilishi. 
Suvni bug‟latgichlarni qaynatib tuzsizlantirish yoki distilyatga aylantirish barabanli va to‟g‟ri
oqimli qozonlar o‟rnatilgan IES larda, agar qo‟shimcha suv miqdori 3% dan oshmagan holatda
qo‟llaniladi. Agar tabiiy suvda ionlar miqdori
3
4
NO
Cl
SO
C
C
C


=7-12 mg

ekv/l bo‟lsa, bug‟latgichlar
o‟zining texnik-iqtisodiy ko‟rsatkichlari bo‟yicha suvni kimyoviy usulda tozalashdan ustun turadi.
Suvni termik yoki qaynatib tuzsizlantirish deb uni bug‟ga aylantirib, hosil bo‟lgan bug‟ni
sovutib, yana suvga aylantirish jarayoniga aytiladi. Suvning bug‟lanish jarayonida suvdagi kimyoviy
birikmalar bug‟ fazasiga kam yoki deyarli o‟tmaydi. Suv tozalash inshoatlarida, suvni bug‟latib toza
suv yoki distillyat olish qurilmalari bug‟latgichlar deb ataladi. Bug‟latgichlarning ish jarayonida
turbinadan kelayotgan yuqori xaroratli bug‟ yordamida bug‟latgichdagi dastlabki suv bug‟ga



47
aylantirilib, keyin sovutish natijasida suvni tuzsizlantirish amalga oshiriladi. Bunday qizdirish uchun


ishlatilgan, turbinadan olinayotgan bu birlamchi bug‟ deb ataladi. Birlamchi bug‟ o‟zining xaroratini
bug‟latgichdagi suvni bug‟latish uchun sarflab kondensatga aylanadi va kondensat bakiga tushadi.
Hosil bo‟lgan ikkilamchi bug‟ bug‟latgichdan chiqib sovutgichda kondensatga aylanib kondensat
yoki distillyat bakiga yuboriladi. Bug‟latgichda bug‟lanmay qolgan iflosiligi va tuz miqdori yuqori
bo‟lgan suv kontsentrat deb ataladi va bug‟latgichdan uzluksiz chiqarib turiladi.


Yüklə 397,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin