58
Kislorodli zanglash asosan qozon agregatining po‟latdan qilingan suv ekonmayzerlarida
ko‟p uchrab agar suv kisloroddan etarli darajada tozalanmagan bo'lsa, ularni 2-3 yilda ishdan
chiqaradi.
Kislorodli zanglash natijasida ekonamayzer kichik deametrda teshilishi va teshikchadan
otilib chiqqan kuchli oqimdan,bir –biriga yaqin joylashgan quvurlar qatori zararlanishi mumkin.
Cho'yandan yasalgan ekonamayzerlarda kislorodli yemirilish kuzatilmaydi.Agar suvda kislorod
miqdori katta bo'lsa kislorodli yemirilish qozon agregatiga ham zarar yetkazadi. Bu holat asosan
qozon barabanida va suv tushuvchi quvurlarda kuzatiladi.Bu zanglashlardan yarasimon chuqurchalar
hosil bo'lib vaqt o'tishi bilan bu chuqurchalar kichik teshiklarni hosil qilishi mumkin.
b)Issiqlik elektr stansiyalarni ishlatish jarayonida qozon agregatlari zahiraga yoki uzoq vaqtga
ta'mirlash uchun to'xtatiladi. Aregat to'xtagandan keyin undagi bosim asta – sekin kamayib, vaakum
hosil qiladi. Buning natijasida havo so'rilib,qozon suvining kislorod bilan to'yinishi kislorodli
zanglashning hosil bo'lishiga sharoit yaratadi.Agar qozon suvining tukib tashlaganimizda ham quvur
yuzalari nam holatda qoladi chunki xaroratning o'zgarib turishi va nam havoning kondensasiyalanishi
natijasida namlik saqlanib qoladi metall yuzalarida namlikning havo bilan kislorodning kirib turishi
natijasida metall yuzalarda elektrokimyoviy yemirilishlarning vujudga kelishiga sabab bo'ladi.
v)Kristallar aro zanglash asosan quvurlarning zaklyopkali va valsovkali qotishmalarda,ularning
birlashgan joylarida vujudga keladi. Bu bug' qozonlari uchun taalluqli bo'lib,dastavval kichik ko'zga
ko'rinmas yorilish shaklida bo'lib, keyin birlashgan ikki metall o'rtasida katta yoriqlar hosil bo'ladi. Bu
holat tinch metall deformasiyaga uchramagan ravishda hosil bo'ladi.Bunga quydagi uchta shartning bir
vaqtida sodir bo'lish sabab bo'ladi bular: metalldagi chuzuvchi kuchlanish, zaklyopka va valsovkali
qotirishlarning zich bo'lmaganligi va qozon suvining agresivligi bu ham vujudga kelmaydi.
Dostları ilə paylaş: