61
1.IESlarda amalga oshiriladigan kimyoviy suv tartiblarining asosiy vazifasi kuyidagilardan
iborat.
a)Issiqlik qurilmalarida suv va bug' bilan yuvilib turiladigan yuzalarning zanglab
emirilishlarining oldini olish.
b)Qozon agregatlarining qiziyotgan yuzalarida qatlamlar paydo bo'lishi
va xavfli quyqalarining
hosil bo'lishiga yo'l qo'ymaslik.
v)Turbina agregati va uning kondensatori quvurlarida qatlamlar hosil bo'lishi oldini olish.Suv
tartiblarining joriy qilish ikki xil fizik kimyoviy va fizik mexanik usullarda olib boriladi.
Birinchi usulga ta'minot va qozon suvlarining reagentlari bilan qayta ishlash,ikkinchi usulda
pog'anali bug'latish bug'ni yuvish jarayonlari kiradi.Suvni fizik metodlar kislorod va karbоnot angidrid
gazlaridan tozalash ishlari ta'minot suvini ammiyak gidrolin ominlari bilan
qayta ishlash birgalikda
olib borilsa qozon agregatlari , suv – bug' yo'llarida shu gazlardan hosil bo'ladigan emirilishlarni oldini
to'liq olish yoki pasaytirish mumkin.Bug' qozonlarida qozon suviga fosfatlar qo'shish yordamida
ularning qiziydigan yuzalarida qattiq qatlamlar hosil bo'lmay balki ularning quyqa shaklida qozon
suvining pastki qismlariga cho'kishiga erishishi mumkin.Bu quyqalar qozonning
pastki qismlaridan
vaqti – vaqti bilan chiqarib yuboriladi.
Keyingi paytlarda kompleksli reagentlar edta kislotasi va uning natriyli tuzi Trilon B qozon
suvlariga uzluksiz qo'shilib nafaqat qattiq qatlamlar hosil bo'lishining balki quyqalar paydo
bo'lishining ham oldi olinmoqda.
Bunga hosil bo'ladigan kalsiy va magniy kompleksonatlarning
amalda suvda cheklanmagan
miqdorda erib ketishidir.Temir va mis kompleksonatlari ham yuqori xaroratlarda suvda erishi
kuzatiladi.Umuman olganda barabanli qozonlarda eng ko'p birikmalar konsentrasiyasi suvda erigan
holda to'planadi va ularning qozonlarning pastki qismlaridan chiqarib yuboriladi.To'g'ri oqimli bug'
qozonlari da suv tartiblarining asosiy samaradorlik ko'rsatgichi,Qozon
va turbina agregatlarning
yuvishlar vaqtining uzunligi bilan xarakterlanadi.Turbina agregati to'g'ri oqimli qozon qurilmasiga
nisbatan qatlamlarga chidamsiz va sezgir bo'ladi.Shuning uchun ta'minot suvidagi birikmalar qozon
agregatida ushlab qolinsa va bu birikmalarining bug' tarkibiga o'tishi
kamaysa bu amalga
oshirilayotgan suv tartiblari yutig'idir.