Nazorat savollari. 1. Barabanli bug' qozonning ta'minot suv ko'rsatkichlari qanday bo'ladi? 2. YEmirilish jarayonining tezligini rN qiymatiga bog'lanishini izohlab bering? 3. Fosfatli suv tartibida qanday kimyoviy moddalar ishlatiladi va ish muhitining pH qiymati o'zgarganda, qaysisidan foydalanadi?
70
4. Barabanli bug' qozon suvining nisbiy ishqorligi nimaga bog'liq va nimani ko'rsatadi?
5. Barabanli bug' qozonidagi fosfatli suv tartiblarining turlarini keltiring? 6. Fosfat tuzlarining bug' qozonning barabaniga yuborish chizmasini chizib bering? 7. Fosfatli suv tartiblarida baraban suvida nima hosil bo'ladi va uning xususiyatlari nimadan iborat? 8. Kompleksonli suv tartibida qanday kimyoviy moddalar ishlatiladi, ularning miqdorini qaysi tenglamadan aniqlash mumkin va ular qaerga yuboriladi? 9. Qurilmalarning metall yuzasiga kompleksonlarning ta'siri qanday va uning natijasida nima hosil bo'ladi? 10. Barabanli bloklar uchun TrB kompekson moddalar orqali qanday ishlov beriladi? 11. Kondensat-ta'minot yo'llarida qanday jarayonlar sodir etiladi va ularni ishchi muhitning tezligiga bog'liqligi nimadan iborat? 12. Kondensat-ta'minot yo'llarida ishqorli suv tartibi qanday olib boriladi? 13. Yemirilish jarayonining tezligiga kislorod miqdorining ta'sirini izohlab bering. 14. Betarafli suv tartiblarida qanday kimyoviy moddalar ishlatiladi va natijada kondensat- ta'minot yo'llarida aralashmalar miqdorini o'zgarishi qanday kechadi? 19 - Mavzu: Barabanli bug' qozonlarining suv-kimyoviy tartibi va qurilmalarning konstruksiyalari. Reja: 1.Kalsiyli va magniyli qatlamlarning oldini olish.