O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Energetika fakultetining”“issiqlik energetikasi” kafedrasi «Issiqlik energetikasi»


 - MA'RUZA. Bug' turbinasining metall yuzalarida qatlamlar hosil bo'lishining asoslari va



Yüklə 397,48 Kb.
səhifə66/97
tarix16.12.2023
ölçüsü397,48 Kb.
#181097
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   97
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti-hozir.org

21 - MA'RUZA. Bug' turbinasining metall yuzalarida qatlamlar hosil bo'lishining asoslari va 
ularning tarkibi. 
Reja:
1. Bug' turbinasida qatlamlar hosil bo'lishi. 
2. Yuqori va o'ta yuqori bosimli turbinalarning suv-kimyoviy ish holati. 
3. O'ta kritik bosimli turbinalarning suv-kimyoviy ish holati. 
4. Suv, bug‟ va cho'kmalarni analizi natijalarining ko'rinishi. 
Tayanch iboralar: Turbinadan,bug'ni sovutish, quvurlar, texnikaviy, tabiiy suvlar, 
jarayon, qizdirgichlar,kondensator, tomchilar havo. 
Adabiyotlar:1,2,3,4,5,6 
1. Bug' turbinasida qatlamlar hosil bo'lishi. 

Bug' turbinalari uchun bug'-suv tartiblari turbinadan avvalgi uskunalarning suv tartibiga


bog'liq.Foydalanish vaqtida bug' turbinaning oqim harakat qismida har xil qatlamlar hosil o'lishi
mumkin. Sababi, bu qismdan o'tadigan bug'ning tarkibida aralashmalar bor. Ular bug'ga ta'minot
suvidan ikki yo'l orqali o'tadi. Birinchi yo'li bug' namligiga bog'liq. Namli bug'ning suv omchilarida
erigan aralashmalar bor. Ikkinchi yo'lida aralashmalar bug'ning o'zida eriydi. Ularning eruvchanligi
bug' zichligiga bog'liq. Bug' turbinadan o'tayotgan vaqtida uning zichligi va ko'pgina aralashmalarning
eruvchanligi kamayib boradi.
Ma'lumki, suvda aralashmalarning eruvchanligi bug'ga nisbatan kattaroq bo'ladi. Shuning uchun
turbinaga kirayotgan bug'da ularning miqdori eruvchanliklaridan kamroq bo'lganida, turbinaning oqim
harakat qismida qatlamlar hosil bo'lmaydi. Agar aralashmalarning miqdori eruvchanliklaridan ko'proq
bo'lsa, ular albatta cho'kmaga tushadi. Foydalanishda bug' turbinadan soniyaning bir necha qismdagi
vaqtida o'tadi va aralashmalar hisoblangan joyda cho'kmaga tushishiga vaqti qolmaydi. Shuning uchun



80
cho'kmalar turbinaning oqim harakat qismining hamma joyiga tarqaladi. Undan tashqari, Na tuzlari


namli bug'da erib, oxirgi pog'onalarida eritmalar, ya'ni ishqorli (NaOH), tuzli (NaCl) va boshqalarni
hosil qiladi.Turbinaning oqim harakat qismidagi qatlamlar uning o'tadigan kesimini toraytiradi va bug'
qarshiligini ko'tarib, blokning FIK ini kamaytiradi. Misol uchun, 300 MVtli blokda qatlamlar hosil
bo'lganda, turbinaning to'g'rilaydigan pog'onasida bosim 5% ga ko'tariladi va blokning quvvati 20
MVt ga kamayadi. Bosim 10 % ga ko'tarilganda blokning quvvati 270 MVt teng bo'ladi. Turbinaning
suv-kimyoviy ish holatini mustahkamligi, oqim harakat qismini kimyoviy tozalash jarayoni bilan
ta'minlanadi. Bu jarayonni kapital ta'mirlash vaqtida o'tkazish kerak. Turbinadan o'tgan bug'dagi
aralashmaning tarkibiga natriy, yemirilish moddalari (temir, mis oksidlari) va silikat birikmalari
kiradi.Natriy tuzlari suvda yaxshi eriydi. Turbina to'xtagan vaqtida bu tuzlar, namli bug'da erib, u
bilan turbinadan chiqib ketadi. Agar ular boshqa moddalar bilan murakkab tuz hosil qilmasa,
turbinaning metall yuzasidagi qatlamlarda oddiy natriy tuzlari uchramaydi.Turbinaning ichidagi
qatlamlarning asosiy tarkibiy qismiga temir oksidi kiradi. Uning harorat koeffisienti manfiy bo'ladi.
Turbinaning yuqori bosimli silindridagi ishchi muhitining harorati pasayganda, bug'da temir
oksidlarining eruvchanligi oshadi. Bosim pasayganda, bug' zichligini va temir oksidning eruvchanligi
ham kamayadi. Shuning uchun ular turbinaning hamma pog'onalarida uchraydi.Ammo turbinaning
suv-kimyoviy holati uning kismlarining ish holati bilan bog'liq emas. Turbinadan avvalgi bug'
chiqarish qurilmalarining suv tartibi muhim o'rin egallaydi. Agar ulardan biri turbinaning holatiga
salbiy ta'sir qilsa, bu holatdan voz kechiladi.Ishlatiladigan turbinalar, blokning quvvatiga qarab, har xil
bo'lishi mumkin. Barabanli qozon bilan yuqori va o'ta yuqori quvvatli IES larda turbinalar 9,8 va 14,8
MPa bosim bilan ishlaydi. To'g'ri oqimli bug' qozon bilan IES larda turbina 25,5 MPa bosimda yoki
o'ta kritik ko'rsatkichlarda ishlaydi. Namli bug' oddiy IES larda turbinaning oxirgi pog'onalarida
bo'ladi va bu bug'da yana atom elektr stansiyalari ishlaydi.Namli bug' maydonchasi o'ta qizigan
bug'ning maydonchasidan keyin boshlanadi va birinchi suv tomchilari paydo bo'lganda, hamma
aralashmalar shu tomchilarda erib, o‟ta konsentrasiyalangan eritmalar hosil qiladi.Misol uchun:
ishqorli eritmaning tarkibiga o'ta tajovuz moddalar kiradi: ishqor (NaOH) va natriy xlorid (NaCl).
Ularning metallga ta'siri katta bo'lib, yemirilish jarayoniga olib keladi. Bu jarayondan metall yuzasini
himoya qilish uchun, toza bug' olinishi bilan qanoatlantirilmaydi. Konsentrasiyalangan eritmalar
metall yuzasiga tegmasligi shart. Bu shart turbinada olib borilayotgan suv-kimyoviy holatlarining
muhim vazifasidir. Shuning uchun boshqa davlatlarda turbinaning ichki metall yuzasiga himoyalash
laklar suriladi. Lekin shu vaqtda jarayonning tejamkorlik tomoni kamayadi. O'zbekiston IESlarida olib
borayotgan suv tartiblarini hisobga olinsa, betarafli kislorodning suv tartibi shu jarayonga ijobiy ta'sir
qilardi.




81


Yüklə 397,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin