75
20 – Mavzu:
To'g'ri oqimli bug' qozonining suv-kimyoviy tartiblari.
Reja:
1.To'g'ri oqimli bug' qozoni suv tartiblari xususiyatlari.
2.Turbina kondensatori sovituvchi suv tartiblari .
3.Issiqlik tarmog'i suv tartiblari .
4.IESlarda suv tartiblarining samarasini tekshirish.
Tayanch iboralar: tabiiy aylanuvchi,barabanli bug' qozonlari, To'g'ri oqimli bug' qozonlari,
energo bloklar, qizdirgichlar,kondensator, quvurlar,bug'latgichlar, zang indikatorlari.
Adabiyotlar: 1.2.3.7.9.14
1.To'g'ri oqimli bug' qozoni suv tartiblari,tabiiy aylanuvchi,barabanli bug' qozonlari suv
tartiblaridan tubdan farq qiladi. To'g'ri oqimli bug' qozonlarida, barabanli qozonlardagi kabi suv
sig'imlari yo'q.Bu suv sig'imlari barabanli bug' qozonlarida, tuzlarining yig'ilib ,keyin ularning qozon
agregatidan chiqarib yuborilishiga imkon beradi.To'g'ri oqimli qozonlarda qozon suvining yo'qligi
sababli zararli birikmalarni chiqarib tashlashning imkoni yo'q.Ta'minot suvi tarkibidagi barcha
qatlam hosil qiluvchi birikmalar va zanglash mahsulotlari qozon agregatida qatlamlar hosil qiladi yoki
bug' tarkibida turbinaga o'tib uning qismlarida qatlamlar hosil qilib ,ma'lum bir qismi turbina
kondensatini ifloslantiradi.Shuning uchun to'g'ri oqimli qozonlarda yuborilayotgan ta'minot suvi
qatlamlar hosil qilishi mumkin bo'lgan barcha zararli birikmalardan tozalanishi zarur.To'g'ri oqimli
bug' qozonlariga yuborilayotgan ta'minot suvi tarkibiga qo'yidagi sifat me'yorlari o'rnatilgan.
Dostları ilə paylaş: