O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Energetika fakultetining”“issiqlik energetikasi” kafedrasi «Issiqlik energetikasi»


 O'ta kritik bosimli turbinalarning suv-kimyoviy ish holati



Yüklə 397,48 Kb.
səhifə68/97
tarix16.12.2023
ölçüsü397,48 Kb.
#181097
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   97
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti-hozir.org

3. O'ta kritik bosimli turbinalarning suv-kimyoviy ish holati. 
O'ta kritik bosimli (P=24,0 MPa) turbinalarning bug'idagi aralashmalar tarkibi past bosimli
icitgichlarning po'latiga, kondensat, ta'minot suv va bug' qozonlarning suv tartiblariga bog‟liq bo'ladi.
Shu bug'da Cu, Fe oksidlari va Si birikmalari har xil miqdorda kirishlari mumkin. Shuning uchun
bug‟, kondensat va ta'minot suvining normalari bu ko'rsatkichlarga qarab belgilanadi. Qatlamlar
tarkibida 10%-gacha Ca, Al birikmalari ham kiradi. Al ionlari kondensatorning so'rish suvlardagi
alyumosilikatlar tarkibiga kirib, isitgich yo'llarida termolizga uchraydi va bug' qozonga, turbinaga
o'tadi.BTQ filtrlarini ish holati buzilganda, kondensat bilan bug' qozonga va turbinaga Sa ionlari
o'tishi mumkin.Ma'lumki, turbinaning yuqori bosimli qismdan (YuBQ) bug' o'tganda, uning harorati,
bosimi kamayadi va aralashmalar metall yuzasida qatlamlar hosil qiladi. Bu rasmda turbinani VI
pog'onagacha qatlamlar miqdori ko'tarilishini, keyin tez kamayishini va X-XII pog'onalarda yo'q
bo'lishini ko'ramiz. Qatlamlar tarkibi Cu, Fe, Zn metallarini oksidlaridan va Si birikmalardan
iboratdir. Si miqdori 5% gacha, eng ko'p miqdorda Cu birikmalari kiradi.
Gidrazin-ammiakli suv tartiblarida past bosimli isitgichlarning quvurlari jezdan yasalgan. Perlit
pulatiga nisbatan emirilish jarayonining tezligi kattaroq bo'lgani natijasida bug'ga Cu ko'proq o'tishi
mumkin. Yuqori harorat va yuqori bosimda uning bug'dagi eruvchanligi katta bo'lishi tufayli qatlamlar
tarkibiga ham Cu ko'p miqdorda o'tadi.Qozonda Cu ga nisbatan qaraganda, Fe oksidlarining miqdori
kamroq bo'ladi. Ular bug'da erigan va kukun holatida uchraydi.Kukun zarrachalarining o'lchami 10-
300 mkm-ga teng. Ular turbinani oqim harakat qismining yuzasini tilinish jarayoniga olib keladi va
turbina avariyaga uchrashi mumkin. Shuning uchun, har xil holatlardan foydalanganda, ta'minot
suvdagi Fe oksidlarining miqdori TFQ normasida belgilangan miqdoridan kamroq bo'lishiga erishish
kerak.Ushbu masalani echish uchun suv tartiblaridan betarafli kislorod holati to'g'ri keladi. PBI po'lati
zanglamas austenitdan yasalgani tufayli ta'minot suvda Fe oksidlar va turbinaning oqim harakatchan
qismida qatlamlar miqdori, gidrazin-ammiakli suv tartibiga nisbatan kamroq bo'ladi. Undan tashqari,
gidrazin-ammiakli suv turbinaning PBQda oxirgi pog'onani metall yuzasida qatlamlardan tozaligini
ko'ramiz va tozaligi tufayli ular ko'proq emirilish jarayonga uchraydi
a) jezli PBIlar bilan blokning ish vaqti 12500 s. gidrazin ammiakli suv tartibi;
b) zanglamas PBIlar bilan blokning ish vaqti 15590 s. gidrazin-ammiakli suv tartibi;
v) zanglamas PBIlar bilan blokning ish vaqti - 39000 s.: uning orasida 17843 s. gidrazin-ammiakli
suv tartibida va 14057 s. betarafli kislorod suv tartibida.



83
Yana bu rasmda qatlamlar tarkibiga Si kirganini ko'ramiz. Gidrazin-ammiakli suv tartibida bu


qatlamlar asosiy miqdorda past bosimli silindrda uchraydi. Shuning uchun, ta'minot suv normalarini
belgilanishida Si birikmalariga katta ahamiyat beriladi.Turbinaning ko'rsatkichlari orasida yana bir
muhim ko'rsatkichi bor, bu rostlovchi pog'onasidan keyingi bosim. Gidrazin - ammiakli holatda bu
bosim normal qiymatidan 8-9 % ga ko'tariladi va ishga tushgan vaktda blok quvvati normadan 5-8
MVt kamroq bo'ladi .
Betarafli kislorodning suv tartibida uzoq muddat ichida (4 yil va undan keyin) bosim qiymati
normadan past bo'lib, blok quvvati 310 MVt gacha ko'tarilganadi Har xil suv tartiblari bir-biri bilan
solishtirilganda, turbina uchun beta-rafli kislorod holatining ma'qulligi ko'rinadi. IESlarda PBI jezdan
qilinganda, turbina ko'rsatkichlari uchun gidrazinli, ammiaksizli tartib to'g'ri keladi. Kondensatga
yuboriladigan gidrazin jezning yemirilish jarayoniga qarshi hususiyatini kuchaytiradi va bug'da Cu
miqdorini kamaytiradi.Har xil suv tartiblari solishtirilganda, gidrazin-ammiakli suv tartibida qatlamlar
eng ko'p miqdorda hosil bo'ladi, lekin past bosimli qismidagi oxirgi pog'onalarida uchramaydilar.
Metall yuzasi yemiri-lish jarayoniga uchraydi. Betarafli kislorodning suv tartibida qatlam-lar baravar
yoki kamroq bo'ladi va oxirgi pog'onalarning metall yuzasidagi qatlamlar tufayli emirilish jarayonidan
himoya qilinadi.Yana bir suv tartiblaridan kompleksonli holati metall yuzasiga yaxshi ta'sir qiladi. Shu
holatda turbinani hamma pog'onalarida metall yuzasida himoyali parda hosil bo'ladi.Kompleksonli suv
tartibi turbinaning foydalanishida eng samarali hisoblanadi.

Yüklə 397,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin