2 - rasm. Ko'p pog'onali bug'latgich sxemasi: 1 – qizdiruvchi bug' kirishi; 2 – ta'minot suvini kirishi; 3 – qizdiruvchi bug' kondensatining chiqishi; 4 – yuvish liniyasi; 5 – ikkilamchi bug'; 6 – distillyat chiqishi; KI 1 – KI 6 – bug'latgich kondensatorlari; I 1 – I 6 – bug'latgichlar; Qaynatuvchi bug‟latgich qurilmalarining ishonchli va unumdorli ishlashi hamda ularda hosil
bo‟ladigan distillyatning sifati bug‟latgichlarga beriladigan ta„minot suvining ifloslik darajasiga ham
bog‟liq. Shu sababli bug‟latgichlarga berilayotgan suv iflosligi yuqori bo‟lsa, bunday suvlar
bug‟latgichga berilishidan oldin kimyoviy reagentlar yoki ionitli filtrlar yordamida yumshatilishi
lozim.
Nazorat savollari . 1. Suvni termik yoki qaynatib tuzsizlantirish deb nimaga aytiladi? 2. Bug‟latgichlar nima deb ataladi? 3. Issiqlik elektr stantsiyalarida ko‟pincha qanday bug‟latgichlar ishlatilmoqda? 4. Qaynatuvchi bug‟latgich qurilmalarini ayting? 5. Regeneratsiya qilishda ishlatiladigan reagentlar? 6. Bug‟latgichlarning ishlash tarzi nima? 7. Bug‟latgichlarning turlari, ularning samaradorligi nima? 14 – Mavzu: Ta'minot suvini gazlardan tozalash, deaeratorlarning turlari va ularni ishlatilishi. Reja: 1. Suvlarni gazlardan tozalash mohiyati. 2. Suvlarni gazlardan tozalash usullari. 3. Deaeratorlarning tulari va tuzilishi. Tayanch iboralar: suvdagi gazlar, kislorod, karbonat angidrid, deaerator, deaerator turlari. Adabiyotlar: 1, 2, 3,13,14 1. Suvlarni gazlardan tozalash mohiyati. Suv tozalash inshoatlaridan suvdagi barcha birikmalardan tozalangandan keyin ham uning
tarkibida erigan agressiv gazlar, kislorod va karbonat angdrid qoladi. Bular yuqori xaroratda
49
qizdiriladigan yuzalarda zanglash holatini vujudga keltiradi. Shuning uchun ularning ta„minot
suvidagi miqdori ruxsat etilgan m„yorlardan oshib ketmasligi kerak.
Ta„minot suvidan suvda erigan gazlarni xaydash yoki ajratish jarayoni degazatsiya yoki
deaeratsiya deb ataladi. Suvni deaeratsiya qilish jarayoni termik va kimyoviy usullarda amalga
oshiriladi.