O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Energetika fakultetining”“issiqlik energetikasi” kafedrasi «Issiqlik energetikasi»


Suvlarni gazlardan tozalash usullari



Yüklə 397,48 Kb.
səhifə43/97
tarix16.12.2023
ölçüsü397,48 Kb.
#181097
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   97
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti-hozir.org

2. Suvlarni gazlardan tozalash usullari. 
Suvni termik deaeratsiya qilish jarayoni suv sathida gazlarning partsial bosimini kamaytirib,
ularning suvda erishini pasaytirishga asoslangan. Buning uchun suvning xarorati qaynash
xaroratiga ko‟tariladi. Bu yerda deaearatsiya qilinayotgan suvning bosimi deaeratsyai jarayoniga
ta„sir qilmagani uchun bu jarayonni har qanday bosimda va vakuum holatida ham amalga oshirish
mumkin. Ta„minot suvini termik deaeratsiya qilish uchun ishlatiladigan qurilmalar termik deaeratorlar
deb ataladi. Termik deaeratorlar qanday bosimda ishlashiga qarab quyidagi turlarga bo‟linadi.
1. Atmosferali – DSA bosimi 1,2 kgk/sm
2
.
2. Vakuumli – DSA bosimi 0,3 kgk/sm
2
.
3. Katta bosimli – DSP bosimi 6 dan 8 kgk/sm
2
.
Bug‟ qozonlaridan asosan atmosferali aralash turdagi deaeratorlar o‟rnatiladi. Bu deaeratorlar
gorizontal holatda joylashgan silindrsimon bak akkumulyator va uning yuqori qismiga o‟rnatilgan
diametri 1-2m, balandligi 1,5-2 m bo‟lgan deaeratsiya kolonkasidan iborat.

1 - rasm. Oqimli-barbotaj turidagi deaerasion kolonkaning konstruktiv sxemasi: 
1 – suv kirishi; 2 – aralashtirish moslamasi; 3 – quyish moslamasi; 4 – teshikli tarelka; 5 – bug' 
o'tkazgich tarelka; 6 – to'kilmalar kanali; 7 – barbotaj tarelkasi; 8 – to'kilish joyi; 9, 15 – 
gidrozatvorlar; 10 – korpus; 11 – suv to'kilmasi; 12 – akkumulyator baki; 13 – bug' kirishi; 14 – bug' 
o'tkazish quvuri; 16 – barbotaj qatlami; 17 – bug'lanma chiqishi. 



50
3. Deaeratorlarning turlari va tuzilishi. 


Bak-akkumulyatorga suv sathini ko‟rsatadigan oyna 3 va ortiqcha suvni chiqarib yuboradigan
gidrozatvor 5 o‟rnatilgan. Deaerator kolonnasining yuqori qismida taqsimot qurilmasi, uning tagida
tarelkalar 7,8 joylashgan. Bu tarelkalarning pastki qismlarida 5-7 mm li teshikchalar mavjud. Suv
taqsimot qurilmasi orqali tarelkalarga tushadi va tomchilar hosil qilib, birinchi tarelkalardan
ikkinchisiga keyin uchinchisiga o‟tib, yomg‟ir shakliga kiradi. Qizdiruvchi bug‟ esa pastki qismidan
bug‟ taqsimlovchi 9 orqali o‟tib yuqoriga ko‟tariladi va tushayotgan yomg‟irsimon suv tomchilari
bilan aralashib suvdan gazlarning ajralishini vujudga keltiradi. Ajralib chiqqan gazlar suvga
aylanmagan bug‟lar 10 quvur orqali atmosferaga tashlanadi yoki bug‟ sovutgichga yuborilib,
deaeratorga kelayotgan ta„minot suvini qizdirib keyin drenaj sistemasi yoki kondensat bakiga
yuboriladi. Bak-akkumulyator deaeratorning muhim qismi bo‟lib, unda gazlardan tozalanadigan
toza suv qaynash holatida saqlanib, bu suv nasoslar orqali qozon agregatlariga yuboriladi. Ko‟p
xollarda bak-akkumulyator suv sathida gaz pufakchalari hosil bo‟ladi. Ba„zi bir sabablarga ko‟ra
tushayotgan suvlardan gaz chiqib ketmay, bak akkumulyatorga tushishi mumkin. Bak suvidagi
gazlarni to‟liq yo‟qotish uchun zamonaviy deaeratorlarga barbotaj qurilmasi o‟rnatiladi. Bu qurilma
teshikli quvur yoki teshikli quti shaklida bo‟lib, unga bug‟ beriladi va bug‟-suv aralashib, bak suvini
doimiy harakatlantirib qaynash holatida saqlaydi. Bu esa bak suvidagi gazlarning chiqib ketishini
ta„minlaydi. Vakuum deaeratorlar ham bug‟ akkumulyatorlari va deaeratsiya kolonkasidan iborat
bo‟lib, deaeratordagi suv tarmoqdagi issiq suv bilan qizdiriladi va ejektor orqali vakuum hosil qilinadi.
Bakda bosim 0,2-0,3 kgk/sm
2
ga teng bo‟lgani uchun suv 60-700 S da qizib qaynaydi. Bu deaeratorlar
asosan suv qizdirish qozonlarida qo‟llaniladi.


Yüklə 397,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin