23
Mexanik filtrlarning ish davri uch qismga bo‟linadi: 1) yayratish, 2) yuvish, 3) suvni filtrlash.
Yayratish bu yopishib qolgan material donachalarini bir-biridan ajratish, ular orasida yig‟ilgan
dag‟al zarrachalarni chiqarib yuboradigan jarayondir. Buning uchun filtrning pastki qismidan
nasos
orqali yuqori bosimda suv oqimi beriladi. Bu suv oqimi filtrlovchi material donachalarini bir-biridan
ajratib, yig‟ilgan loy, qum va ushlab qolingan zarrachalarni filtrdan chiqarib yuboradi. Filtrni sifatli
yayratish, berilayotgan suv sarfini tejash maqsadida hozirgi vaqtda
havo-suv aralashmasi bilan
yayratish usuli keng qo‟llanilmoqda.
Yayratish jarayoni tugagandan suv yuvish jarayoni amalga oshiriladi. Buning uchun filtrning
yuqori qismidan nasos orqali 5-10 daqiqa mobaynida tiniq suv yuboriladi. Bu suv bilan qolgan
ifosliklar filtrdan chiqib ketadi. Agar filtrdan tushayotgan suv tezda
tiniq suvga aylansa yuvish
vaqtini yanayam qisqartirish mumkin. Filtr toza bo‟lgandan so‟ng u yana ishga qo‟shiladi va to
yayratish jarayonigacha bo‟lgan vaqt filtrning ish jarayoni yoki filtrosikl deb ataladi.
Loyihalash me„yorlari ko‟rsatishicha mexanik filtrlarning foydali ish vaqti 8 soatdan kam
bo‟lmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: