O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Energetika fakultetining”“issiqlik energetikasi” kafedrasi «Issiqlik energetikasi»



Yüklə 397,48 Kb.
səhifə17/97
tarix16.12.2023
ölçüsü397,48 Kb.
#181097
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   97
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti-hozir.org

Nazorat savollari . 
1.Suvni qattiqligini va ishqoriyligini pasaytirishda ishlatiladigan reagentlar. 
2.Suvni ohak eritmasi bilan yumshatishda Ca va Mg kationlarning cho‟kishi qanday sodir bo‟ladi? 
3. Suvni soda eritmasi bilan yumshatish va uning suvga qo‟shiladigan dozasi. 
4. Suvning qattiqligini ishqor eritmasi bilan kamaytirish. 
5. Ohak eritmasini tayyorlash va reagent xo‟jaligi. 
6. Ohak aralashtirgichdagi kerakli kontsentratsiyali eritma nima orqali tindirgichga beriladi? 
7. Suvni cho‟kma hosil qilib yumshatish uchun qaysi jarayon qo‟lllaniladi? 

5 - Mavzu: Tabiiy suvlarni reagentlar yordamida tozalashda ishlatiladigan mexanik filtrlarni 
tuzilishi va qo'llanilishi. 

Reja: 
1. Mexanik filtrlarning tuzilishi va vazifasi. 
2. Mexanik filtrlarda ishlatiladigan filtrlovchi materiallar. 
3. Mexanik filtrlarni ishlatish. 
Tayanch iboralar: filtr, filtrlovchi material, filtr kameralari, antratsit ko‟miri, kvarts qumi 
filtrlovchi sifatida. 
Adabiyotlar: 1, 2, 3,14 
1. Mexanik filtrlarning tuzilishi va vazifasi. 
Mexanik filtrlar suv tozalash inshoatlarida tabiiy va oqava suvlarni muallaq dag‟al
zarrachalardan tozalash uchun ishlatiladi.
Ular tashqi ko‟rinishiga tik yoki yotiq, bosimli yoki bosimsiz, filtrlarning filtrlovchi qatlamlar
soniga qarab bir, ikki, uch qatlamli va filtrdagi kameralar soniga qarab bir, ikki, uch kamerali



22
bo‟ladi. Ular po‟lat plastinali materialdan silindr shaklida yasalgan bo‟lib, tag va ustki tomoni


sferik shaklda bo‟ladi. Ichki devorlarni zanglashdan saqlaydigan mateirallar bilan qoplangan bo‟ladi.
Eng ko‟p ishlatiladigan filtrlardan biri tik o‟rnatilgan 6 kgs/sm
2
bosimda ishlaydigan mexanik
filtrdir. Bu filtrda suv filtrning tepa voronka shaklidagi 1-2 metr bo‟lgan filtrlovchi material yuzasiga
bir tekisda oqib tushadi va havo yuboruvchi tirqishli quvurlar, filtr tagidagi beton yuzaga mustahkam
o‟rnatilgan bo‟ladi. Tirqishning quvurlar filtrlovchi materialning suv bilan oqib ketmasligi hamda
suvning bir xil taqsimlanishini ta„minlaydi. Shu tirqishlar orqali filtrlovchi materialni yayratish uchun
havo ham yuborilishi mumkin.
Filtr sirtining ikkita qopqoq shaklida eshigi bo‟lib, tepa eshik filtrni filtlovchi material bilan
to‟ldirishga, pastki eshik katta o‟lchamda bo‟lib, filtrlovchi materialni almashtirish va ta„mirlash
ishlarini bajarishga mo‟ljallangan.
Tirqishli suv o‟tkazuvchi tizimlar metal quvurlardan yoki almashtirish mumkin bo‟lgan
plastmassa qalpoqchalar shaklida bo‟ladi. Tirqishlarning kengligi filtrdagi donador materialning eng
kichigidan 0,1 mm gacha kichik bo‟lishi kerak.

Yüklə 397,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin