O‟zbekiston Respublikasi Oliy va O‟rta Maxsus Ta‟lim Vazirligi Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot Instituti


III. O‟zbekistonning hamdo‟stlik davlatlari va boshqa xorijiy



Yüklə 268,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/16
tarix24.12.2023
ölçüsü268,67 Kb.
#191154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Kitob 9250 uzsmart.uz

III. O‟zbekistonning hamdo‟stlik davlatlari va boshqa xorijiy 
mamlaktalarga nisbatan tutgan iqtisodiy-geografik o‟rni (makrogeografik 
o‟rni). 
O‘zbekistonning hamdo‘stlik davlatlaridagi muxim iqtisodiy bazalardan va 
jahonning iq tisodiy 
jixatdan 
rivojlangan 
mamlaktalar 
bilan 
bog‘lanish 
imkoniyatlarining cheklanganligi hisobga olinsa, respublikamiz iqtisodiy-
geografik o‘rnining makrogeografik mavqei birmuncha noqulay ekanligi ma‘lum 
bo‘ladi. 
O‘zbekiston respublikasi xalqaro xamjamiyatning teng xuquqli sub‘yekti, 
jaxon xo‘jaligining ajralmas bir qismi sifatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning 
yangi turi – bozor munosabatlarini shakllantirish yo‘lidan bormoqda. 
Amudaryo bilan Sirdaryo oralig‘ida joylashgan O‘zbekiston xalqaro 
aloqalarni yo‘lga qo‘yish nuqtai nazaridan va o‘z taraqqiyot istiqbollari jixatidan 
qulay geografik-strategik mavqega ega. Qadim zamonlarda Sharq bilan G‘arbni 
bog‘lab turgan buyuk ipak yo‘li O‘zbekiston xududi orqali o‘tgan. Bu yerda 
savdo yo‘llari tutashgan, tashqi aloqalar hamda turli madaniyatlarning bir-birini 
boyitishi jadal kechgan. Bugungi kunda ham Yevropa va Yaqin Sharqdan Osiyo 
– Tinch okeani mintaqasiga olib boradigan yo‘llar shu yerda kesishadi. 
O‘zbekistonning xududiy-makon xususiyatlari, uning geografik o‘rni 
bizning ichki va tashki siyosatimizni tanlash va amalga oshirishda katta 
axamiyatga ega. 
Markaziy osiyoda jug‘rofiy-siyosiy jixatdan markaziy o‘rin tutgan 
O‘zbekiston kuchlar tengligi va muvozanatini ta‘minlash, strategik muxim
bo‘lgan ushbu mintaqada hamkorlikka mustaxkam zamin yaratish jarayonida 
sezilarli rol o‘ynash uchun hamma imkoniyatlarga ega. Uning xududi o‘zining 
mavjud va potentsial tabiiy hamda xom ashyo zaxiralari bilan hozirdanoq 21 – 


- 7 - 
asr arafasida dunyoning siyosiy va iqtisodiy xaritasida aloxida axamiyati kasb 
etmoqda. 
Xorijiy mamlaktalar bilan iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishda 
O‘zbekiston oldida imkoniyatlar ochilmoqda. 
O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgandan buyon iqtisodiy-geografik 
o‘rnini tobora yaxshilab bormoqda. Bular natijsida respublika ishlab chiqarish 
kuchlarining yanada tez rivojlanishiga erishish uchun imkoniyat darajasi ortib 
bormoqda. 
O‘zbekistonning noyob tabiiy imkoniyatlari, qulay iqlim sharoitlari, ulkan 
xom ashyo zaxiralari, strategik materiallar va qishlok xo‘jalik xom ashyosining 
katta zaxiralari asosli ravishda mintaqa va dunyoning eng boy mamlaktalari 
qatoriga olib chiqadi. 
O‘zbekiston zaminida mavjud bo‘lgan boyliklarga ega davlatlar jaxon xaritasida 
ko‘p emas. Bu boyliklarning ko‘pchiligi hali ishga solinmagan. Bu esa butun
dunyoga mashxur chet el kompaniyalari va banklarining e‘tiborini jalb etishi 
aniq. 
Prezidentimiz aytib o‘tkanlaridek, O‘zbekiston hududida ―Mendeleyev 
jadvali‖dagi deyarli barcha elementlarni uchratish mumkin. Mana shunday ekan, 
biz Yaratgan inom etgan bu ozod, obod, tinch va jaxon hamjamiyatida o‘ziga xos 
va mos mavqega ega bo‘lgan mamlakatda Allohga ming – ming shukronalar 
keltirgan holda u bergan ne‘matlardan oqilona foydalanib, yurtimiz tinchligi va 
farovonligi uchun tinmay mehnat qilib yashamog‘imiz zarurdir. 
Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi 
moddiy va nomoddiy maxsulotlar avvalo xalqimiz iste‘moli uchun 
yo‘naltirilmoqada hamda iste‘moldan ortgan qismi Respublikamizda mavjud 
bo‘lmagan moddiy ne‘matlar, shuningdek fan texnika taraqqiyoti, tejamkor, 
yuqori mexnat unumdorligiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish vositalarini olib kelish 
maqsadida chet davlatlarga eksport qilinmoqda. 


- 8 - 
Davlat mustaqilligiga erishilgach O‘zbekiston oldida jahon iqtisodiyotiga 
qo‘shilishdek qiyin jarayon boshlandi. O‘nlab yillar mobaynida iqtisodiy
siyosatda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar xalq xo‘jaligi tarkibida chuqur 
nomutanosibliklarga olib kelgan edi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning o‘sishi 
deyarli faqat respublikaning resurs imkoniyatlariga mo‘ljallangan bo‘lib,
iqtisodiy taraqqiyot muvozanatsiz va nokompleks tarzda kechgan, ijtimoiy
omillar e‘tiborga olinmagan, noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarining
moddiy-texnika bazasi past darajada qolib ketgan edi. Rivojlanishning
bunday yo‘li oqibatida respublikada iste‘mol qilinadigan 
mahsulotlarning chorak qismidan ko‘prog‘i, shu jumladan, ishlab chiqarish
maqsadlarida foydalaniladigan mahsulotlar jami hajmining 2/5 qismi boshqa 
mamlakatlardan keltirilgan va import qilingan. Mustaqillikning ilk yillarida 
O‘zbekistondan chetga chiqariladigan mahsulotlarning 80% dan ko‘prog‘ini
xom ashyo – paxta va yarim tayyor mahsulotlar tashkil etardi. Umuman
olganda O‘zbekistonning respublikalararo eksporti yalpi milliy mahsulotning 
deyarli arzimas qismini, tashqi eksportning solishtirma hissasi esa 5% dan 
kamroqni tashkil etardi. Tovar ayirboshlashning bunday strukturasi va 
respublikalararo hamda tashqi eksportning foiz nisbati respublika moliya
balansi, valyuta resurslari va davlat byudjetida surunkali taqchillikni vujudga
keltirgan edi. Shu sababli tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida korxonalarning 
vazifalarini tubdan o‘zgartirish, xo‘jalikni tashqi bozorga yo‘naltirish 
respublikadagi ahvolni barqarorlashtirishni ta‘minlash maqsadida Prezidentimiz 
tomonlaridan zarur chora tadbirlar ishlab chiqildi. 
O‘zbekiston Mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘zining mustaqil rivojlanish 
yo‘lini tanladi va iqtisodiy islohotlarni izchil amalgam oshirishga kirishdi. Bu 
jarayonda qisqa davr mobaynida shunday rivojlanish yo‘li uchun poydevor 
yaratildi. Bunga ko‘ra Respublikamiz Prezidenti tomonidan bozor iqtisodiyotiga 
o‘tishning besh tamoyili taklif qilindi.
Taraqqiyotning ―o‘zbek modeli‖ quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 


- 9 - 
1.
Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi; 
2.
Davlat bosh islohotchi; 
3.
Qonun ustuvorligi; 
4.
Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish; 
5.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o‘tish. 
Prezidentimiz ta‘kidlaganlaridek, «…ayni paytda biz o‘z vaqtida tanlab olgan 
iqtisodiy taraqqiyot modelining naqadar to‘g‘ri ekanini va amalda o‘zini to‘la 
oqlaganini hayotning o‘zi yana va yana tasdiqlab bermoqda»
1

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarni 
erkinlashtirish borasida chuqur islohotlar amalga oshirilishi natijasida tashqi 
savdoning geografik va tovar tarkibida jiddiy ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. 
So‘nggi yillarda eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulotlar ulushi barqaror 
sur‘atlar bilan o‘sib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. O‘zbekiston 
bugungi kunda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatiga o‘z mahsulotlarini eksport 
qiladi. Bu kabi ko‘rsatkichlarga erishish uchun Prezidentimiz tomonidan tegishli 
qaror va Farmonlar qabul qilindi. 
―O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Eksport qiluvchi korxonalarni 
rag‘batlantirishni kuchaytirish va raqobatdosh mahsulotlarni eksportga yetkazib 
berishni kengaytirish borasida qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘grisida»gi 2012 – 
yil 26 – martdagi PQ – 173 – sonli va ―O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
«O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishga doir chora 
– tadbirlarni davom ettirish to‘g‘risida» 2012 – yil 10 – sentabrdagi PQ – 1816- 
sonli qarorlari yuqoridagi fikrlarimizning isbotidir. 
Yuqorida aytib o‘tganimizdek O‘zbekiston bugungi kunda o‘zining eksport 
salohiyatiga ega va borgan sari bu salohiyat yuksalib bormoqda. Ya‘ni 
O‘zbekiston bugungi kunda xorijiy davlatlarga quyidagi mahsulot va tovarlarni 
eksport qilmoqda: 
1
Karimov I.A. Barcha reja dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. – 
T.:«O‘zbekiston»,2011.4-b


- 10 - 

Yüklə 268,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin