Xo‘jaliklararo yer tuzish masalalarini ma’muriy tuman hududida yechishda, ya’ni, yer egaliklari va yerdan foydalanishlar o‘lchamlarini, ularning ichki tuzulishini, yer massivlarining joylashishini, chegaralarini, qishloqlarini belgilashda atrof muhitga ta’sir etadigan barcha sharoitlar va omillar hisobga olinishi kerak. Loyihada qilingan tavsiyalar quyidagilarni ta’minlashi kerak: Yerlarni muhofaza qilish - bu yerlarni saqlashga, tiklashga va holatini yaxshilashga; yer resurslaridan nooqilona, asoslanmagan foydalanish va sarflashlarning, qishloq xo‘jalik yerlarining unumdorligi pasayishining va maydoni kamayishining oldini olishga qaratilgan tashkiliy-xududiy, tashkiliy-xo‘jalik, huquqiy, iqtisodiy, texnik va boshqa tadbirlar tizimidir.
31
* yerlarning mahsuldorligini va sifatini saqlashni; * har bir yer egaligini va yerdan foydalanishni o‘rab turgan hududda yer va tabiiy resurslarni muhofaza qilishni; * hududni xo‘jaliklarda oqilona ichki tashkil etish uchun optimal sharoit yaratishni; * hududni, atmosferani va suv manbaalarini ishlab chiqarish va boshqa ob’ektlar chiqindilari bilan ifloslanishdan himoya qilishni; * yerlarni shamol va suv eroziyalaridan himoyalashni; * sug‘oriladigan va melioratsiyalangan yerlarni himoyalashni; * yerlarni sho‘rlanishdan va sh.o‘. himoyalashni. * yer egaliklarini va yerdan foydalanishlarni, ularning tizimlarini loyihalashda keyinchalik yerlarni va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha xo‘jaliklarda ichki chegaralarni loyihalashni ta’minlovchi tadbirlar belgilanishi va sharoitlar yaratilishi kerak, shu jumladan: