32
Qirg‘oq polosasi odatda, daraxtlar va chakalakzorlar bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Bu polosada
yerlarni shudgor qilish, mollarni boqish va ular uchun yozgi saqlash joylari tashkil etish, ma’danli
o‘g‘itlar va zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llash, ishlab chiqarish ob’ektlarini qurish va mavjudlarini
kengaytirish, dam olish joylarini tashkil etish umuman taqiqlanadi.
Noqishloq xo‘jalik yerdan foydalanishlarini tashkil etishda yerlarni va atrof muhitni muhofaza
qilish o‘ziga xos katta xususiyatlarga ega.
Yer tuzish sanoat korxonalarini va boshqa noqishloq xo‘jalik ob’ektlarini joylashtirish bilan
shug‘ullanmaydi; shunga qaramasdan har qanday maqsadlar uchun beriladi-gan yer uchastkalarining
maydoni, shakli, joylashishi, hamda bu uchastkalardagi yerdan foydalanuvchilarning va ularning boshqa
yerdan foydalanuvchilarga nisbatan huquqlari va majburiyatlari - yer tuzishning elementidir. Shunday
qilib, ob’ektning yakuniy joylashishi yer tuzish natijasida aniqlanadi. Loyiha ma’muriy organlar
tomonidan tasdiqlanadi va u faqat malakali hamda asoslangan tarzda ishlangandagina barcha zarur
yerlarni va atrof muhitni muhofaza qilish masalalarini nazarda tutish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: