natijasida foydalanishga yaroqsiz holga kelgan yoki tuproq qatlami tarkibi va o‘simlik dunyosi, gidrologik sharoiti o‘zgarishi va relefi buzilishi natijasida atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi manbaaga aylangan yerlar ataladi. Ular atrofdagi hududlarning tuprog‘ini, havosini, suvlarini ifloslaydigan, aholi turmushining gigiena sharoitlarini va landshaftlarning umumiy ko‘rinishini yomonlashti-radigan manbaalarga aylanadi. Qazilma boyliklarni ochiq usulda qazib olish natijasida hosil bo‘ladigan va tartibsiz joylashgan kar’erlar, tuproq va tog‘ jinslari uyumlari tabiiy landshaftlarni buzib, ularga giyox o‘smaydigan cho‘l manzarasini beradi. Yerlarni rekultivatsiyalash - bu injenerlik, texnik, melioratsiya, agrotexnika va boshqa tadbirlar tizimi bo‘lib, buzilgan yerlarning biologik unumdorligini va xalq xo‘jaligi uchun ahamiyatini tiklashga hamda atrof muhit sharoitini yaxshilashga qaratilgandir. Bu masala yuqorida bayon etilgan usullar bilan amalga oshiriladi, bunda: * yer uchastkasi, ob’ektning tavsifini va uning atrofdagi hududga va tabiiy muhitga ta’sirini hisobga olib, joylashtiriladi; * yerlarni umuman tejash va ayniqsa yer turlari mahsuldorligini saqlash asosiy vazifalardan biri sifatida ta’minlanadi;
33
Rekultivatsiya yerlardan har xil tarmoqlarda va maqsadlarda, asosan qishloq xo‘jaligida, foydalanish uchun bajarilishi mumkin. Rekultivatsiyalangan yerlardan foydalanish usullari ular joylashgan tabiiy va texnik sharoitlarga, xo‘jalik va ijtimoiy zaruratlarga va iqtisodiy manfaatdorlikka bog‘liq bo‘ladi. * yerlarni rekultivatsiyalashning asosiy yo‘nalishlari: