34
asosan ko‘k holida organik o‘g‘it sifatida foydalanish uchun shudgor qilinib yuboriladi. Yuqori
miqdordagi o‘g‘itlar beriladi.
Sababi, yerning unumdor qatlami yer tagidagi unumsiz qatlamlar bilan aralashib ketgan. Ular o‘z
vaqtida qirqib olinib, saqlab qo‘yilmagan.
Unumdor yerlarni muddatsiz foydalanish uchun noqishloq xo‘jalik korxonalariga
ajratganda ularning
ustki unumdor qatlamlari qirqib olinib, saqlab qo‘yiladi va past unumli yerlar ustiga qoplanib ularning
unumdorligini oshirish uchun foydalaniladi.
U faqat iqtisodiy samarali bo‘lgandagina bajariladi. 1 ga kam unumli yerni tuproq bilan qoplash
xarajatlari noqishloq xo‘jalik maqsadlari uchun olinadigan yerlarning o‘rniga 1
ga yangi yerni
o‘zlashtirishning me’yoriy bahosidan osmasligi kerak.
Xo‘jaliklararo yer tuzish loyihasiga binoan yerlarni unumdor tuproq
bilan qoplash ishlari
bajarilganda, ushbu maydondagi qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish zararlari to‘la qoplanmaydi.
Dostları ilə paylaş: