O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   139
Yer tuzish

3. 
 
Yer turlarini va almashlab ekishni tashkil etish
 
quyidagi masalalarni yechadi: 
loyihalanayotgan yerlar turlari va maydonlari; joriy etilayotgan almashlab ekishlar soni, turlari va 
maydonlari; yerlarni transformatsiyalash (bir turdan ikkinchi turga o‘tkazish) va ularni yaxshilash; 
yer turlarini va almashlab ekish massivlarini joylashtirish. 
4. 
 
Almashlab ekish hududini tashkil
etish 
quyidagi elementlarni loyihalashni o‘z ichiga 
oladi: sug‘orish yoki ishchi uchastkalarini loyihalash; almashlab ekish dalalarini joylashtirish; ihota 
daraxtlari polosalarini joylashtirish; dala yo‘llarini joylashtirish; dala shiyponlarini joylashtirish; dala 
eroziyaga qarshi ob’ektlarini, suv ta’minoti manbaalarini joylashtirish.
 
5. 
 
Bog‘lar, uzumzorlar, rezavorzorlar hududini tashkil etish
 
o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
mevali daraxtlar navlari va turlarini joylashtirish; kvartallar, brigada uchastkalari, katakchalarni 
joylashtirish; yo‘llarni, himoya o‘rmon daraxtlarini, yordamchi xo‘jalik markazlarini, suv 
manbaalarini joylashtirish
 
6. Ozuqa olinadigan yer turlari hududini tuzish
 
o‘z ichiga quyidagilarni oladi: yaylov 
almashish ishlarini tashkil etish; poda va otarlar uchastkalarini joylashtirish; navbat bilan 
o‘tlatiladigan uchastkalarni joylashtirish; yozgi lagerlar va mol haydaladigan yo‘llarni, suv 
manbaalarini joylashtirish; pichanzor almashishni joylashtirish.


37 
 
5 Rasm.
 Jamoa xo‘jaligida ichki yer tuzish loyihasi. 
Yuqorida keltirilganlarning loyiha qismlarining birinchi uchtasida hududni tashkil etishning 
boshqa ishlab chiqarish vositalarini joylashtirish bilan birgalikda umumxo‘jalik masalalari ishlanadi, 
qolgan uchtasida u eng mayda xo‘jalik uchastkalari va ob’ektlarigacha olib boriladi. Ma’lum qishloq 
xo‘jalik korxonasi uchun loyiha mazmuni bir tomondan, uning tashkiliy-ishlab chiqarish tarkibiga, 
ikkinchi tomondan - xo‘jalik joylashgan mintaqaga, tabiiy sharoitlariga, yerning soni va sifatiga 
bog‘liq bo‘ladi. Masalan, xo‘jalikda har xil ishlab chiqarish bo‘limlari (brigadalar, oila pudrati va 
boshqa jamoalar) mavjud bo‘lishi mumkin, biroq ular umuman bo‘lmasligi ham mumkin, ayrim yer 
turlari ham bo‘lmasligi mumkin va sh.o‘. Shunga mos holda yuqorida sanab o‘tilgan loyihaning 
qismlari va elementlari to‘la yoki qisman ishlanishi mumkin. 
Xo‘jalikda ichki yer tuzish loyihasi misoli 5 rasmda keltirilgan. U cho‘l mintaqasida 
joylashgan, yerdan foydalanishi maydoni 2900 ga teng, shu jumladan 2100 ga - haydalma yer, 23 ga 
bog‘, 280 ga - yaylov, jamoa xo‘jaligi uchun tayyorlangan. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin