O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   139
Yer tuzish

5.Xo‘jalikda ichki yer tuzish 
 
Xo‘jalikda ichki yer tuzish mazkur yerdan foydalanishni (yer egaligini) tashkil etish bilan 
bog‘liq barcha masalalar iqtisodiy, ekologik, huquqiy va texnik jihatlardan ishlab chiqilganidan va 
yechilganidan keyingina, ya’ni, xo‘jaliklararo yer tuzish tugatilganidan va yer egasiga (yerdan 
foydalanuvchiga) zarur hujjatlar berilganidan keyin o‘tkaziladi.


35 
 
4 Rasm. 
Noqishloq xo‘jalik yer tuzishi (avtotrassani joylashtirish yechimini tanlash)
 
Xo‘jalikda ichki yer tuzish yordamida qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi talablariga, uning 
kelajakdagi rivojlanishiga, yerdan oqilona foydalanish vazifalariga mos ravishda shirkat va jamoa, 
fermer va boshqa xo‘jaliklar hududlari tashkil etiladi, mazkur hududda yer bilan birga faoliyat 
ko‘rsatadigan va foydalaniladigan boshqa ishlab chiqarish vositalarini (ishlab chiqarish va boshqa 
binolar, inshootlar, yo‘llar, daraxtlar va sh.o‘.) joylashtirish bilan birga har bir yer uchastkasidan 
foydalanish tashkil etiladi. 
Xo‘jalikda hududni ichki tashkil etishning zarurati qishloq xo‘jalik korxonalari aksariyat 
hollarda yer egaligi (yerdan foydalanishi) maydoni bo‘yicha yetarlik darajada katta va murakkab 
ishlab chiqarish tarkibiga ega bo‘lishidan kelib chiqadi. Mustaqil, yer tuzuvchi mutaxassislar 
tomonidan ishlangan ilmiy asoslangan loyihasiz, qishloq xo‘jalik shirkatlari va fermer xo‘jaliklari bu 
ishni, asosan, o‘tkazish imkoniyatiga ega emaslar. Xo‘jaliklarga malakali mutaxassislar yordami 
ishlab chiqarish faoliyati jarayonida
loyihani amalga oshirishda ham kerak bo‘ladi. 
Loyihalash amaliyotida xo‘jalikda ichki yer tuzish vazifalarini yechishning ma’lum tizimi 
tashkil topdi. U qator o‘zaro bog‘liq tarkibiy qismlar va elementlardan tashkil topadi, ular birgalikda 
qishloq xo‘jalik korxonasida yerdan oqilona foydalanishni tashkil etish imkonini beradi. Bu tizimga 
mos ravishda xo‘jalikda ichki yer tuzish loyihasi mazmuni quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil 
topadi. 
1. 
 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin