Davlatimizning butun yerlari, hamda ayrim yer fondlari, yer egaliklari, yerdan foydalanishlar, uchastkalar himoya qilinishi kerak. Birinchi navbatda quyidagilar himoyalanishi kerak: * yerlarning unumdorligi va qishloq xo‘jaligida mahsuldorligi; * qishloq xo‘jaligi va boshqa o‘ziga xos maqsadlar uchun yaroqli yerlar turlari; * uchastkalarning, yer turlarining, yer egaliklari, yerdan foydalanishlarning kenglik xususiyatlari (maydoni va shakllari) qisqarishdan, parchalanishdan, shakli yomonlashishidan; * ekologik muvozanat (yerning boshqa tabiiy omillar bilan o‘zaro ta’siri). * Oqibati noma’lum bo‘lgan va ilmiy asoslanmagan harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik kerak, sababi bunda zarar miqdori juda katta bo‘lishi mumkin. * Yer tuzishni loyihalash jarayonida yerni, atrofdagi tabiiy muhitni muhofaza qilish talablari quyidagi sabablar bo‘yicha buzilishi mumkin: * loyihachilarning noto‘g‘ri yechimlari; * barcha zarur tadbirlar hisobga olinmaganda, loyiha tarkibidagi xatoliklar; * loyihalashning ilmiy asoslangan uslubiyatiga, me’yorlariga va qoidalariga rioya qilinmaganda. Yerni muhofaza qilish har xil yo‘llar bilan va har xil bosqichlarda - loyiha oldi, loyihalash va
bevosita foydalanish jarayonida amalga oshirilishi mumkin. Bu mustaqil vazifa va shu bilan bir vaqtda
boshqa tabiiy resurslarni muhofaza qilish tashkil etiladigan asosdir. Har qanday ekologik tadbirlar yerdan
Ularning ko‘payishi yoki oshishi katta kapital xarajatlar evaziga amalga oshirilishi mumkin va ilm-fanning rivojlanish darajasiga bog‘liq. Uni saqlashning o‘zi ham mehnat va xarajat talab etadi. Yerning ishlab chiqarish jarayonida sifati yaxshilanishi yoki pasayishi mumkin, agar undan noto‘g‘ri foydalanilsa, umuman foydalanishga yaroqsiz holga kelishi