Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar: "O‘zbek tili o‘qitish metodikasi" fani bo‘yicha talaba quyidagilarni bilishi kerak:
–ona tili bo‘yicha darslarni tashkil etish yo‘llarini;
–ona tili bo‘yicha mashg`ulotlar qay tarzda uyushtirilsa, samarali bo‘lishini;
– o‘quvchilarni ta`lim kechimining sub`ektiga aylantirishni;
– dars davomida o‘quvchilarni faollashtirish yo‘llarini.
"O‘zbek tili o‘qitish metodikasi" fani bo‘yicha talaba quyidagi ko‘nikmalarni egallagan bo‘lishi kerak:
– har bir sinfning "Ona tili" darsliklaridan foydalana olish;
– yillik mavzu va bir soatlik reja-konspekt tuza bilish;
–yozma ishlarni to‘g`ri tekshirish va baholay olish;
– o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqini o‘stirish yo‘llarini bilish.
"O‘zbek tili o‘qitish metodikasi" fani bo‘yicha talaba quyidagi malakalarga ega bo‘lishi kerak:
– o‘quvchilar bilimini to‘g`ri baholay olish;
–o‘quvchilar bilan munosabatga kirisha olish;
– sinf o‘quvchilarini didaktik maqsadga yo‘naltira bilish;
– darsliklar doirasidagi barcha filologik tushunchalardan foydalana olish.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog`liqligi va usuliy jihatdan uzviy ketma-ketligi. Bakalavriyat talablarining til va adabiyotdan olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliyotga tatbiq etib, o‘quvchilarga "Ona tili" fanidan dars berish usullarini o‘rgatishga yo‘naltirilgani bilan e`tiborga loyiq bu fan o‘quv rejasidagi bir qator yondosh fanlar bilan uzviy aloqaga egadir.
"O‘zbek tili o‘qitish metodikasi" fani tilshunoslik va adabiyotshunoslik, psixologiya va pedagogika fanlari bilan aloqador bo‘lgani uchun shu fanlar to‘liq o‘rganib bo‘lingandanso‘ng o‘qitilishi maqsadga muvofiqdir. Ushbu yaxlit fan "O‘zbek tili o‘qitish metodikasi" fani o`ziga xos talablar asosida berilishi ilmiy-metodik jihatdan to‘g`ri bo‘ladi.
Tilshunoslikka doir fanlarni o‘zlashtirib olishning o‘zi umumiy o‘rta maktab yoxud o‘rta maxsus ta`lim bosqichida bu yo‘nalishdagi fanlardan dars berish uchun yetarli emas. Buning uchun talabalar xususiy metodikaning talablari, usul va yo‘llaridan xabardor bo‘lishlari kerak. Shuningdek, pedagogika fanlari tizimiga kiradigan "O‘zbek tili o‘qitish metodikasi" fani pedagogika, psixologiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix singari yondosh ilmlar bilan chambarchas aloqadadir.