Monitoring va baholash: o‘quv mashg`ulotida ham butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
“O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fanini o‘qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo‘yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. “Internet” tarmog`idan, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so‘z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o‘tkaziladi.
“ Ona tili o‘qitish metodikasi” fanidan mashg`ulotlarning mavzular va soatlar bo‘yicha taqsimlanishi:
5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi
T/r
Mavzular nomi
Jami soat
Ma`ruza
Amaliy mashg`ulot
Seminar
Mustaqil ta`lim
1.
Kirish. Ona tili ta'limi jaravonini tashkil etishning huquqiy me’yoriy asoslari.
8
2
-
2
4
2.
O‘zbek tili o‘qitish metodikasi mustaqil fan sifatida
8
2
-
2
4
3.
O'zbek tilini o'qitishga doir yondashuv va tamoyillar. Ona tili darslarida o‘quvchilarning faoliyati.
8
2
-
2
4
4.
O‘zbek tilini o‘qitish metodlari. O‘zbek tili darslarining tiplari. Ona tili ta’limida rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi.
8
2
-
2
4
5.
Uzluksiz ta’limning ona tili fanidan darsliklarning tuzilishi va mazmuni
8
2
-
2
4
6.
Til ta’limida innovatsion pedagogik hamda axborot kommunikatsion texnologiyalar
4
2
-
2
7.
Ona tili fani bo'yicha uzluksiz ta’limning Davlat ta’lim
standartlari va o‘quv dasturlari mazmuni. Kompetensiyaga yo'naltirilgan ona tili o‘quv dasturi
8
2
-
2
4
8.
Fonetika va leksikologiya bo'limlarini o'qitish metodikasi.
8
2
4
2
9.
Morfemika va so‘z yasalishini o'qitish metodikasi.
Morfologiyani o‘qitish metodikasi.
6
2
2
2
10.
Sintaksis va punktuatsiyani o‘qitish metodikasi
8
2
4
-
2
11.
Nutq uslublari ustida ishlash metodikasi O'quvchilarning og‘zaki, yozma va bog'lanishli nutqini o'stirish mazmuni
10
2
2
2
4
12.
Ona tili o'qituvchisi faoliyatida qo‘llaniladigan hujjatlar. 0‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash usullari. Darsdan tashqari ishlarni tashkil qilish metodikasi
10
2
2
2
4
Jami
96
24
14
16
36
Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi Asosiy qismda (ma`ruza) fanni mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo‘yicha talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar to‘la qamrab olinishi kerak. Asosiy qism sifatiga qo‘yiladigan talab mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy va demokratik o‘zgarishlar, iqtisodiyotni erkinlashtirish, iqtisodiy-huquqiy va boshqa sohalardagi islohatlarning ustuvor masalalarini qamrab olishi hamda fan va texnologiyalarning so‘nggi yutuqlari e`tiborga olinishi tavsiya etiladi.
Ma`ruza mashg`ulotlari uchun tavsiya etiladigan mavzular Kirish. Ona tili ta'limi jaravonini tashkil etishning huquqiy me’yoriy asoslari. Ijodiy tafakkur sohibini yetishtirish ona tili fanining asosiy maqsadi ekanligi. Bu ta`limning baynalminal umumbashariy va milliy qadriyatlar axloq omillari bilan asoslanishi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta`lim tog`risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Davlat ta`lim standartlari”da ona tili o‘qitishga bo‘lgan e`tibor. Uning maqsad va vazifalarining belgilanishi. Ona tili o‘qitish metodikasi fanining falsafa, psixologiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik va boshqa fanlar bilan aloqasi.
Qadimgi yozma adabiy yodgorliklar (Mahmud Koshg`ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy asarlari) va ularni o‘rganishning ahamiyati. Mir Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur til va yozuv ta`limi haqida. A.Navoiy asarlarining XV asrdan boshlab maktablarda o‘rganilishi. Bu haqida Tali Ironiy,
Hiraviy, Mirza Mehdixon, Kohariy va Shayx Sulaymon fikrlari. Munisning “Savodi ta`lim”asari haqida.
Jadid maktablarida ona tilining o‘qitilishi. H.H.Niyoziy, A.Avloniy ta`lim va til haqida. 30-40 yillardagi imlo va yozuv alifbo sohasidagi tub o‘zgarishlar. Ona tili darsliklarining nashr etilishi.A.Fitratning “Sarf” va “Nahf” darsliklari. X.Abdurahmonov, Y.Abdullayev, M.Omilxonova, A.Shermuxammedov, A.G`ulomov, H.Ne`matov, A.Nurmonov va boshqalarning ona tili o‘qitishdagi xizmatlari.