Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni. Umumta`lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, shuningdek, oliy maktab filologik ta`limini yo‘lga qo‘yishda ushbu fan hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Negaki, o‘zbek tili o‘qitish metodikasi tizimdan o‘rin olgan boshqa har qanday fanni o‘qitishning samaradorligi uchun tayanch hisoblanadi.Shuning uchun ham "O‘zbek tili o‘qitish metodikasi" fanini to‘liq o‘zlashtirish nafaqat ta`lim tizimi, balki xalq xo‘jaligining boshqa sohalari uchun ham katta ahamiyat kasb etadi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar O‘quv jarayoni bilan bog`liq ta`lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma`ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg`or pedagogik texnologiyalardan va multimediya vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.
“O`zbek tili o‘qitish metodikasi” fani kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yo‘naltirilgan ta`lim. Bu ta`lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta`lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta`limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma`lum bir ta`lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog`liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta`lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog`i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g`inlarini o‘zaro bog`langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta`lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta`limni ifodalaydi.