111
sig`inishning yo`qligi, balki davlat hokimiyatining o`sishiga aniq
ehtiyotkor munosabati bilan ham ajralib turadi.
Xususiyatlari tilga olingan AQSHda ―tarixiy muhit‖ning
mavjudligi
ham institutsionalistlarning
mafkuraviy
va nazariy
pozitsiyalari o`rtasida yana bir farqni keltirib chiqardi. Institutsionalistik
mafkura o`ziga xos demokratik rang-barangligi bilan ajralib turardi va
1830-yillardan beri radikal Amerika ziyolilarining bir qismi o`rtasida
shakllangan gumanistik ijtimoiy tanqid an`analarini o`zida mujassam
etgan.
SHuningdek,
AQSH
institutsionalizmining
shakllanishiga
Britaniyaning islohotchi ijtimoiy-iqtisodiy fikr an`anasi katta ta`sir
ko`rsatdi. Ingliz liberal reformizmining g`oyaviy-nazariy asoslarining
shakllanishi ingliz faylasufi va iqtisodchisi J.S.Mill nomi bilan bog`liq.
Amerika institutsionalistlarini kapitalistik tuzumni mo``tadil tanqid
qilish, umumiy islohotchilik yo`nalishi va mavjud ijtimoiy tizimni
takomillashtirishning amaliy vositalarini izlash o`ziga jalb qildi. Siyosiy
muammolarni hal qilishda pragmatik, eksperimental yondashuv g`oyasi
ayniqsa jozibador bo`lib tuyuldi.
Dostları ilə paylaş: