O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti


-MAVZU: NOGIRON INSONLARNING BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI IJTIMOIY ISH OLIB BORISHNING TEXNOLOGIYALARI



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə36/37
tarix20.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#88849
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37

11-MAVZU: NOGIRON INSONLARNING BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI IJTIMOIY ISH OLIB BORISHNING TEXNOLOGIYALARI

Reja:


1.Samarqand viloyat ,,Nogiron ayol’’ uyushmasi.
2.Samarqand viloyat nogironlar jamiyati.
3.,,Hayot’’ Samarqand viloyat nogironlariga yordam ko’rsatish markazi.
Nogiron ayol uyushmasi 2000 yil Samarqand viloyat Adliya boshqarmasida ro’yxatga olingan. Samarqandda bozor iqtisodiyotida ishga muhtoj bo’lganlarni ish bilan ta’minlash va nogiron ayollarni ham moddiy va ma’naviy qo’llab- quvvatlash ehtiyoji tashkilotni yaratishga sabab bo’ldi. Tashkilot milliy hunarmandchilik va xayriya tadbirlarini o’tkazadi. Amalga oshirgan loyiha va hamkorlari: Samarqand viloyat Nogironlar jamiyati , ,,Umed’’ markazi, Koreys markazi, Shahar nogironlar jamiyati, ,,Muruvvat’’ markazi, ,,Zarafshon’’ taronalari, Fransuz markazi.
Hozirgi kunda tashkilot taqdim eta oladigan xizmatlar ro’yxati: Milliy hunarmandchilik mahsulotlarini yetkazib berish, xayriya tadbirlari bilan nogironlarga xizmat ko’rsatish, nogironlar holidan xabar olish.
Rejalashtirgan faoliyat : Madaniy guruhni tashkil etish, go’zallik salonini tashkil etish, xayriya tadbirlari o’tkazish.
SAMARQAND viloyat nogironlar jamiyati nodavlat notijorat tashkiloti bo’lib hisoblanadi. Ushbu tashkilot nogironlarni ijtimoiy qo’llab- quvvatlash , ularning umumiy muammolarini hal qilish, ish bilan ta’minlash, jamiyat qoshida korxonalar ochish uchun tashkil qilingan. Hozirda tashkilot taqdim eta oladigan xizmatlar ro’yxati: Jamiyat nogironlarni ish bilan ta’minlay oladi, Davlat dasturi hamda Vazirlar Mahkamasining 520-sonli qarori asosida korxonalar ochgan va nogironlarni ish bilan ta’minlab kelmoqda.
,,Hayot’’ Samarqand viloyati nogironlarga yordam ko’rsatish markazi nodavlat notijorat tashkiloti bo’lib hisoblanadi. 1999- yil 28 – dekabrda Adliya boshqarmasi tomonidan ro’yxatga olingan. 1999- yilda Samarqnd shahrida yashovchi nogiron xotin – qizlar tashabbuskor guruhi o’zlarining dolzarb hayotiy muammolarini hal qilish uchun ushbu tashkilotga asos soldilar. Dastlab tashkilotga 60 kishi a’zo bo’lgan bo’sa, hozirgi kunda esa 235 kishi a’zo bo’lib hisoblanadi. 2003-yilga kelib kelib chiqishidan xizmat ko’rsatuvchi tashkilot o’z faoliyatini bosqichma- bosqich mamlakatning barcha mintaqalariga tarqata turib allaqachon viloyat tashqarisida dasturlarni amalga oshira boshladi.
Tashkilot faoliyatining asosiy vazifalari va yo’nalishlari:
-Nogironlar va ularning oilalarini jamiyatga integrasiyasi, ularni boshqa kishilar kabi teng imkoniyatlar bilan taqdirlash bo’yicha tavsiyalarni ishlab chiqish.
-Jamiyat a’zolarini ularning ijtimoiy va huquqiy ahvolidan voqif etish.
-Nogironlar va ular oilalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ko’maklashish.
- Ularning foydasiga xayriya tadbirlarini o’tkazish.
Tashkilot tashki9l etilgandan buyon quyidagi dasturlar ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda: Huquqiy, xotin- qizlar, yoshlar, ko’ngillilar, kasbiy- o’quv, nogironlarni ishga joylashtirish, axborot.
2003- yildan boshlab ,,Hayot’’ tashkiloti ,,O’zbekiston Respublikasida inkluziv ta’limni rivojlantirish’’ dasturi bo’yicha ishlayapti. Nogironligi bor bolalar bilan nogiron bo’lmagan bolalarning umumta’lim maktablarida birgalikda ta’lim olishlari imkohiyatini yaratishga qaratilgan tadbirlar o’tkazmoqda. 2005- yil 16-17-dekabr kunlari ,,mehr nuri’’ jamg’armasi , ,,Jenskoe sobranie’’ nodavlat tashkiloti bilan birgalikda Moskvalik ,,Perspektiva’’ ko’magida inklyuziv ta’lim bo’yucha xalqaro konferensiya o’tkazdi. 2007- yildan boshlab Navoiy, Termiz , Qarshi , Jizzax, Qo’qon shaharlarida 12ta maxsus guruh va sinflarni tashkil etish orqali maktabgacha va boshlang’ich maktab ta’limi tizimiga inklyuziv ta’limni tadbiq etishga qaratilgan loyihani amalga oshirib kelmoqda.
Hozirgi kunda tashkilot taqdim eta oladigan xizmatlar ro’yxati:
- Huquqiy konsultatasiyalar.
-Psixoligik ko’mak.
-Kichik biznes asoslarini o’rgatish.
-Gender ta’limi.
-Umumta’lim maktablarida nogiron bolalarga birgalikda ta’lim berishga qiziqishi bor tomonlarni tayyorlash.
-Yosh nogironlarni o’z huquqlari uchun harakatiga faollashtirish.
Rejalashtirgan faoliyat: Inklyuziv ta’lim muammolarini hal etish, gender muammolarni hal qilish, Nogiron ayollar tadbirkorlik tashabbuslarini qo’llab quvvatlash viloyat jamg’armasining ishini yanada takomillashtirish.
,,Qadriyat’’ nogiron bolalari bor, kam ta’minlangan, ishsiz oilalar birlashmasi 1999-yil 28-dekabrda Adliya boshqarmasi ro’yxatidan o’tgan.
Tashkilot faoliyatining asosiy yo’nalishlari va vazifalari quyidagilar: Tashkilot a’zolarining huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy, psixologik, huquqiy muammolarni hal etish, ishchi o’rinlarini yaratish, nogiron bolalari bor, ko’p bolali, muhtoj, kam ta’minlangan va ishsiz oilalarga yordam ko’rsatish.
Amalga oshirgan loyihalar va hamkorlar : ,,Seyvz ze children’’, ,,Fridom Xauz’’, dasturlari amalga oshirildi. Dahbet , Afrosiyob mahallalari, Mirrix firmasi bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda. Rejalashtirgan faoliyat : O’zgalar qaroviga muhtoj bo’lgan nogiron bolalar uchun mehribonlik uyini bunyod etish.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin