O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti


- KO‘ZI OJIZ NOGIRONLIKKA EGA BO‘LGAN INSONLAR BILAN IJTIMOIY ISH



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə37/37
tarix20.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#88849
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37

12- KO‘ZI OJIZ NOGIRONLIKKA EGA BO‘LGAN INSONLAR BILAN IJTIMOIY ISH


Reja:
1.O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati markaziy boshqaruvi .
2.O’zbekiston nogironlar jamiyati.
3.O’zbekiston Qizil Yarimoy jamiyati.
4. ,,Sen yolg’iz emassan’’Respublika jamoatchilik bolalar jamg’armasining faoliyati.
O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati 2000-yil 29-may kuni Adliya vazirligi ro’yxatidan o’tgan. Bugungi kunga kelib tashkilot o’z atrofiga qariyb 40 mingga yaqin 1- va2- guruh ko’z nogironlarini birlashtiradi.47ta o’quv ishlab chiqarish korxonalari, ,,Bir safda’’ jurnali muharririyati, yurak asab kasalliklari sihatgohi, ,,San’at gulshani’’ madaniyat saroyi, 13ta viloyat boshqaruvlari. Nodavlat jamoatchilik birlashmasi hisoblanadi.
Tashkilot faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardir:
-Ko’rish bo’yicha nogironlarni ish bilan ta’minlash.
-Korxonalar qoshida madaniyat maskaniga asos solish va shu orqali ko’zi ojiz nogironlarning madaniy-ma’naviy ongini oshirish.
-Ularning ko;rish qobiliyati va sog’lig’ini tiklash bo’yicha reablitatsion faoliyat yuritish.
-Nogironlarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish.
-Madaniy va sport tadbirlarini o’tkazish.
Ushbu tashkilotning hamkorlari: Tacis va Fransiya ko’zi ojizlar jamiyatlari federatsiyasi, Daniya ko’zi ojizlar jamiyati, Osiyo ko’zi ojizlar jamiyati, Rossiya ko’zi ojizlar federatsiyasi, Norvegiya ko’zi ojizlar milliy jamiyati, Umumjahon ko’zi ojizlar ittifoqi va boshqa xalqaro tashkilotlardir.
Rejalashtirgan faoliyati: Toshkent Tibbiyot akademiyasi bilan birgalikda ko’zi ojiz nogironlar uchun oftolmalogik tibbiy yordam ko’rsatish bo’yicha markaz tashkil etish. Ishlab chiqarish korxonalariga mahalliy va xorijiy sarmoyalarni jalb qilish orqali yangi texnologiyalarni olib kirish.
O’zbekiston Nogironlar jamiyati nodavlat notijorat tashkiloti bo’lib, 1991-yil 22-yanvarda tashkil etilgan. Ushbu jamiyatning joylarda 120ta shaxobchalarimavjud. 125 ming nogironlar a’zodirlar. Taskilot faoliyatining asosiy vazifalari va yo’nalishlari quyidagilardir:
-Nogironlarning ijtimoiy va mehnat reablitatsiyasi.
-huquqiy konsultatsiyalar va axborot xizmatlari.
-Ish bilan ta’minlash.
-Kompyuterda ishlashni o’rgatish.
Rejalashtirgan faoliyat Mehnat reablitatsiyasi bo’yicha o’quv markazini ochish, yangi korxonalar tashkil etish. Amalga oshirgan loyiha va hamkorlari: Finlandiyaning ,,Abelis’’ jamg’armasining nogironlar bepul o’rganishi uchun kompyuter markazini tashkil etish loyuhasi. ,,Millenium’’yosh nogironlar birlashmasi, O’zb. Karlar jamiyati, O’zb. Ko’rlar jamiyati, Chernobilchilar assosiasiyasi, Baynalmilalchilar assosiasiyasi.
O’zbekiston Qizil Yarimoy jamiyati nodavlat notijorat tashkiloti bo’lib hisoblanadi. Ushbu tashkilot 1925-yil tashkil qilingan eng ko’hna tashkilotdir. O’zbekiston mustaqil bo’lgandan so’ng Qizil yarim oy jamiyati 1992-yilning may oyida respublika hududidagi mustaqil milliy jamiyat sifatida tan olindi. 1995- yildan e’tiboran Qizil Xoch jamiyatlari va QizilYarimoy jamiyatlari xalqaro federatsiyasi a’zosidir.
Tashkilot faoliyatining asosiy vazifalari va yo’nalishlari quyidagilardir:
-Favqulodda vaziyatlarga tayyorlanish va ularga qarshi harakatlar.
-Aholining eng nochor qatlamlariga insonparvarlik va tibbiy ijtimoiy yordam ko’rsatish.
-Aholini birinchi yordam ko’rsatish ko’nikmalariga o’rgatish.
-Yoshlar harakatini rivojlantirish va o’z faoloiyatiga ko’ngillilarni jalb etish.
-Aholi orasida gumanitar huquqlar haqidagi bilimlarni tarqatish.
-Xalqaro qidiruvda ishtirok va qurolli to’qnashuvlar , tabiiy ofatlar vaqtida bir- birini yo’qotgan oilalarni qayta tiklashda ko;maklashish.
-Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va insonparvarlik yordamini ko’rsatish uchun xalqaro donorlarni jalb etish.
Faoliyat yo’naltirilgan aholi qatlamlari: Aholining eng nochor qatlamlari, yolg’iz qariyalar, nogironlar, surunkali kasallar, Yetim bolalar, kam ta’minlangan ko’p bolali oilalar.
Hamkor davlatlari: Avstriya, Buyuk Britaniya, Daniya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, ERon , Kanada, Nederlandiya, Rossiya, Turkiya, Finlandiya, Shveysariya, Shvesiya, Janubiy Koreya, Yaponiya Qizil xoch jamiyatlari. Amalga oshirgan loyihalari esa quyidagilardir: Yevropa ayollar assosiasiyasi bilan birgalikda nogiron bolalar bilan ishlash bo’yicha ,,Mehrigiyo’’ reablitatsion markazi 1997-yilda ochilgan. Islandiyaning Qizil Xoch Jamiyati bilan birgalikda nogiron bolalar uchun reablitatsion markaz 1998-yilda ochilgan. Ispaniya QizilXoch Jamiyati bilan birgalikda reablitatsion markaz 2002-yilda ochilgan. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayollar va bolalarning reproduktiv salomatligini yaxshilashga qaratilgan ,,Sog’lom oila’’ dasturi USAID ko’magida 2003-yil bo;lib o’tgan.O’sha yili Niderland Qizil Xoch Jamiyati bilan birgalikda nogiron bolalar uchun Angren ,Jizzax, Chirchiq shaharlarida uchta reablitatsion markaz ochilgan.2005-yilda Samarqandda Yaponiya Qizil Xoch jamiyati bilan hamkorlikda reablitatasion markaz ochilgan.
Hozirgi kunda tashkilot taqdim eta oladigan xizmatlar ro’yxati:
-Aholiga insonparvarlik yordamini tarqatish.
-Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish ko’nikmalariga o’rgtish.
-Tibbiy ijtimoiy markazlarda birinchi tibiiy yordamni ko’rsatish.
-Patronaj hamshiralarning xonadonlarga borib ko’rsatadigan xizmatlari.
-Reablitatsion muolajalar taqdim etish
-Kompyuter savodxonligi va ingliz tiliga o’rgatish.
,,Sen yolg’iz emassan’’ Respublika jamoatchilik bolalar jamg’armasi nodavlat, notijorat jamoatchilik tashkiloti bo’lib hisoblanadi. 2002-yil 22-noyabrda Adliya vazirligi ro’yxatidan o’tgan. Jamg’arma o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi KOnstitutsiyasi, amaldagi qonunchlik, xalqaro huquq normalari ,,BOLA HUQUQLARI TO’G’RISIDAGI Konvensiya’’ va Jamg’arma Nizomiga ko’ra amalga oshiradi.
Tashkilot faoliyatining asosiy faoliyati va yo’nalishlari:
-Ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.
-Bola shaxsiyatini uyg’un rivojlantirish.
-Bolalarni ma’naviy va axloqiy tarbiyalash.
-Moddiy, tibbiy va yuridek yordam ko’rsatish.
-Bolalar salomatligi profilaktikasi va muhofazasida ko’maklashish.
-Bolalar ma’naviy –psixologik ahvolini yaxshilash.
Faoliyat yo’naltirilgan aholi qatlamlari: Yetim bolalar, ota- onalarning vasiyligisiz qolgan bolalar, shuningdek , qarovsiz qolgan bolalar, nogiron bolalar, kam ta’minlangan oilalarning bolalari, og’ir hayotiy ahvolga tushgan bolalar, iste’dodli bolalar.
Amalga oshirgan loyiha va hamkorlari: ,,Sen yolg’iz emassan ‘’ Jamg’armasi faoliyati yo’nalishlari doirasida ijtimoiy pedagogic choralarni ta’minlash, o’qitishning turli ko’rinishlarini rivojlantirish, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilarini ijtimoiy qo’llab –quvvatlash choralarini takomillashtirish maqsadida O’quv markazi tashkil qilingan. Har yili ,,Mehribonlik’’uylari tarbiyalanuvchilarini akademik litseylar va kollejlar , oily o’quv yurtlariga o’qishga kirishga tayyorlash bo’yicha tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.
Ijtimoiy muammolarni hal etish , shuningdek, bolalar internat muassasasi bolalari va yetim bolalarga o’z vaqtida psixologik yordam ko’rsatish maqsadida quyidagi xizmatlar tashkil qilingan:
1.Ishonch psixologik xizmati va yordam ko’rsatish uzluksiz telefon liniyasi.
2.Psixologlar ishchi guruhi
3.Maktab-internatlar bolalar uylari va kam ta’minlangan oilalar bolalar uchun yuridek yordam xizmati jamg’arma yurist va yurist ko’ngillilardan iborat.
4. Tibbiy yordam xizmati. Jamg’armaga O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi ko’magida umumiy jismoniy holatni aniqlash, kasalliklarni aniqlash va zarurat paydo bo’lganda ularni respublikaning klinikalarida yoki chet elda keying davolanishi haqida qarorlar qabul qilishi uchun bolalar internat tarbiyalanuvchilarini tibbiy ko’rikdan o’tkazish bo’yicha doimiy ishlarni o’tkazishning imkonini beryapti.
Hozirgi kunda taskilot imkoniyati cheklanganlarga taqdim eta oladigan xizmatlar quyidagilardir:
-Ushbu jamg’arma real yo’naltirilgan yordamni aniqlash va ko’rsatish hamda bolalarni qo’llab- quvvatlash bo’yicha chora- tadbirlarni amalga oshiradi. O’quv markazida quyidagi fanlar bo’yicha mashg’ulotlar o’tkaziladi: matematika, ximiya , ingliz tili, tarix , kompyuter savodxonligi, notiqlik san’ati, tanqidiy va mantiqiy fikrlashga o’rgatish bo’yicha ,,Debatlar klubi’’, YUNISEF va ,,Yangi avlod’’ klubi bilan hamkorlikda tashkil etilgan media –markaz mashg’ulotlari o’tkaziladi. Dramatik studiya zamonaviy va milliy raqslar to’garagi, vocal studiyasi, izostudiya (rasmlar chizish bo’yicha) faoliyat olib bormoqda. Xizmatlarning hammasi bepul.
2.1. Imkoniyati cheklanganlarga ijtimoiy xizmat ko’rsatishda nodavlat tashkilotlarini jalb etish zarurligi.
«Ijtimoiy xizmatlar» tushunchasini aniqlashga ikkita yondashuv mavjud. So’zning keng ma’nosida ijtimoiy xizmatlar deganda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy mavqeidan va ijtimoiy zaif shaxs maqomi mavjudligidan qat’i nazar ularga munosib hayot darajasini ta’minlash maqsadida ko‘rsatiladigan xizmatlar tushuniladi. Masalan, maktabgacha ta’lim, sog‘liqni saqlash xizmatlari va boshqa xizmatlar mana shunday xizmatlarga tegishlidir. Ular odatda bazaviy ijtimoiy xizmatlar deb ataladi.
Torroq ma’noda “ijtimoiy xizmatlar” atamasi orqali ijtimoiy zaif shaxsgayoki og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan kishiga (nogironlik, yetimlik, keksa yoshdalik yoki kasallik tufayli o‘ziga o‘zi xizmat qila olmaslik, nazoratsizlik, uzoq vaqt ishsizlik, muayyan yashash joyi yo‘qligi va shu kabilar) ko‘rsatiladigan xizmatlar tushuniladi. Yolg‘iz va keksalarni parvarish qilish, nogironlarni ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya qilish, zo‘ravonlik qurbonlari uchun tanglik markazlari, nazorat qilinmaydiganlar uchun kunduz kuni bo‘lish markazlari va hokazolar mana shunday ijtimoiy xizmatlarning misollari hisoblanadi. Ushbu ma’ruzada ijtimoiy xizmatlar aynan mana shunday tushuniladi va ko‘rib chiqiladi.
An’anaviy ravishda ijtimoiy soha va uning bir qismi bo‘lgan ijtimoiy xizmatlar – davlat faoliyatiga kiradi. O’zbekistonda davlat aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning kafili va asosiy subyektidir.
Qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekistonda davlat aholini ijtimoiy muhofaza qilish uchun mas’ul hisoblanadi. Islohotlar sharoitlarida kuchli ijtimoiy siyosat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish rivojlanishning O‘zbek modeliga asos qilib olingan. Stiven Kidd qayd etganidek, ijtimoiy himoya tizimi davlat xarajatlarining eng ahamiyatli sohalaridan biridir. Har yili yalpi ichki mahsulotning qariyib 12 foizi unga sarflanadi2.
Og‘ir hayotiy vaziyat (nogironlik, yetimlik, kam ta’minlanganlik, keksa yoshdagi yolg’izlik va shu kabilar) oqibatida qo’shimcha ravishda ijtimoiy himoya va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan shaxslar uchun ijtimoiy xizmatlar davlat ijtimoiy himoya tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi Odam savdosi qurbonlari uchun respublika reabilitatsiya markazi, reabilitatsiya va protezlash markazlari, ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam berish markazlari va boshqalar ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi davlat tashkilotlariga misol bo‘lib xizmat qiladi.
Ayni vaqtda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni doirasida NNT davlat organlari bilan tobora faolroq hamkorlik qilmoqda hamda ayniqsa ijtimoiy vazifalarni hal etish uchun davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlarining birgalikdagi faoliyati talab etiladigan sohalarda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda ishtirok etmoqda.
O‘zbekistonda imkonyati cheklanganlardan 9 000 nafardan ortiq bola, shu jumladan 5000 tadan ortiq og‘ir darajali aqlan zaif va harakatlanishida buzilishlar bo‘lgan 800 nafardan ortiq bola yashaydi. Shu munosabat bilan bunday bolalar uchun kunduz kuni bo‘lish markazlarini, uyda qarash bo‘yicha xizmatlarni rivojlantirish zarur. Ruhiy holati jiddiy ravishda buzilgan, aqlan zaif va harakatlanishi jihatidan jiddiy disfunksiyalarga chalingan o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan bolalar ruhiy-jismoniy rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan bolalar bog‘chalariga bora olmaydilar3.
Bundan tashqari, imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalayotgan oilalarga ruhiy va huquqiy yordam berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, ilk yoshdan boshlab alohida ehtiyojga muhtoj bo‘lgan bolalarni parvarish qilish va tarbiyalash, ularni kamol toptirish masalalari bo‘yicha ota-onalar uchun maslahat xizmatlari ko‘rsatish ishlarini yanada kuchaytirish talab etiladi.Masalan, kar bola yoki ilk yoshidan boshlab ruhiy holati buzilgan bola bilan muloqotda bo‘lish, harakatlanishi buzilgan bolalarga o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini singdirish, ko‘zi ojiz bolani yurishga o‘rgatish kabi masalalar bo‘yicha ota-onalarni o‘qitishga doir xizmatlarni rivojlantirish zarur. Bunday bolalarni ilk yoshdan boshlab tarbiyalash va kamol toptirish to‘g‘ri tashkil etilgan taqdirda bolaning kasalligi oqibatlari ancha yumshaydi yoki uning keyingi nogironligining oldi olinadi. Agar bunday xizmatlar rivojlantirilmasa, ishni yoki o‘qishni davom ettirish uchun bolani kimga qoldirishni bilmaydigan ota-onalar yoki risoladagidek bo‘lmagan bolani tarbiyalash xususiyatlarini eplolmayotgan ota-onalar bolani tarbiyalash uchun maxsus bolalar uyiga berishga majbur bo‘ladilar4.
Har xil mamlakatlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar xatto sog‘lom bolani tarbiyalash uchun bolalar uyiga ilk yoshda berish uning ruhiy va jismoniy rivojlanishida to‘xtalish va buzilishga olib kelishini, nogiron bola bolalar uyiga berilgan taqdirda esa nogironlik yanada kuchayishini yoki buzilishini ko‘rsatadi.
2007 yilda bola uylarida 250 nafardan ortiq imkoniyati cheklangan bola tarbiyalangan, ulardan faqat 8 nafarining otasi ham, onasi ham yo‘q. “Muruvvat” ixtisoslashtirilgan bolalar uylarida tarbiyalanayotgan imkoniyati cheklangan bolalar soni 1 280 nafarni tashkil etadi, ulardan faqat 5,4 foizining ota-onalari yo‘q5.
Ayni vaqtda imkoniyati cheklangan bolasi bo‘lgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faoliyat NNT tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Imkoniyati cheklangan bolalar va ularning ota-onalari – ijtimoiy xizmatlar ko’rsatuvchi 450 tadan ortiq NNT maqsadli guruhi faoliyat olib bormoqda6. Tadqiqot doirasida imkoniyati cheklangan bolalari bo‘lgan oilalarga kompleks xizmatlar ko‘rsatish (psixologik, huquqiy, pedagogik, ijtimoiy-maishiy) va ularga ijtimoiy hamrohlik qilish faoliyatining asosi hisoblangan 15 ta NNT - ijtimoiy xizmatlar aniqlandi. Ota-onalari ularni “Muruvvat” bolalar uylariga va bola uylariga berish to‘g‘risida qaror qabul qilgan asab-ruhiy holati buzilgan 30 nafardan ortiq bola institutsional muassasaga tushib qolishining har yili oldi olinishi ushbu o‘n beshta ijtimoiy xizmat ishining natijalaridan biri hisoblanadi. NNT tomonidan qo‘llab-quvvatlash tufayli oilada qolgan bolalarning umumiy soni noma’lum, chunki yuqorida keltirilgan ma’lumotlar faqat 15 ta NNT-ijtimoiy xizmatlarga murojaat qilgan va bolani qoldirish niyati to‘g‘risida ochiq gapirgan ota-onalarga tegishlidir, ayni vaqtda tang holatdagi ko‘pchilik ota-onalar bunday niyatlarini bildirmaydilar. Ushbu NNT faoliyatining ijtimoiy ahamiyatidan tashqari ular har yili davlatga 180 mln. so‘mni tejaydilar. Ushbu mablag‘lar 30 nafar bolaning “Muruvvat” bolalar uylarida bo‘lishiga sarflanishi mumkin edi. Bolalarning bolalar uyida bo‘lishi faqat bir yil bilan cheklanmaydi. Shu munosabat bilan, agar ushbu NNT bolalarning “Muruvvat” bolalar uylariga tushib qolishining oldini olmaganida, davlatning ushbu bolalar uchun ikki yildagi sarf-xarajatlari 360 mln. so‘mni, shuningdek, yangidan kelgan 30 nafar bola uchun yana 180 mln so‘mni tashkil etgan bo‘lur edi.
NTTlar bugungi kunda imkoniyati cheklanganlar uchun ijtimoiy xizmat ko’rsatishda kuchli samara berib kelmoqda. Bu yo’lda ular uchun davlat tomonidan barcha imkoniyatlar yaratib berilishi bilan birga ushbu faoliyat bilan shug’ullanuvchi muassasa va tashkilotlar uchun imtiyozlar ham joriy etilgan. Shuning uchun bugungi kunda aholiing turli qatlamlariga, jumladan, imkoniyati cheklanganlar uchun ijtimoiy xizmat ko’rsatishda Nodavlat notijorat tashkilotlarni jalb etish va ularga har tomonlama davlat va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan hamkor ravishda yordam berish va qo’llab-quvvatlash zaruriyati muhim ahamiyat kasb etadi.
2.3.Imkoniyati cheklangan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishda inklyuziv ta’lim tizimini joriy etish va unda nodavlat tashkilotlar ishtirokini ta’minlash.
O’zbekiston Respublikiasida imkoniyati cheklangan bolalar bilan bog’liq tahlil va dastlabki baholash ishlari 1966 yilda boshlangan.
Hozirgi kunda O’zbekistonda 2500007ga yaqin turli ko’rinishdagi imkoniyati cheklangan bolalar (16 yoshgacha) ta’lim olish ehtiyojiga ega. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim bilan birgalikda maxsus xizmatlar tashkil etish lozim.
Ko’zi ojizlar, kar va eshitish nuqsoniga ega bo’lgan bolalar, poliyemiyelit bilan kasallanganlar, aqli zaif bolalar, nutqida nuqsoni bor va soqov bolalarga mo’ljallangan 86 ta maxsus ta’lim va aralash maxsus muassasalar, 982 ta maxsus bolalar bog’chalari mavjud.
O’zbskistonda maxsus ta’lim sohasida quyidagi tadbirlar amalga oshirilmoqda:
- yordamga muhtoj bolalar uchun moslashuvchan va ko’p qirrali ta’lim tizimini yaratish;
- mahalliy va mintaqaviy miqyosda maxsus ta’limning tobora oshib borayotgan ahamiyati asosida ta’lim boshqaruvini markazlashtirish;
yordamga muhtoj bolalarga yoshlikdan toshhis qo’yish va kasalpiklarni aniqlash uchun sharoit yaratish;
- milliy ta’lim standartlari asosida yordamga muhtoj bolalarga mo’ljallangon o’quv qo’llanmalar sifatini yaxshilash;
ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bozasini mustahkamlash;
- nogiron bolalar bilan ishlashga ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish;
- ko’zi ojiz bolalar uchun mo’ljallangan turli kitoblar, metodologik adabiyotlarni chop ztish;
- nogiron bolalarni maxsus aravachalar, eshitish moslamalari, ko’zoynaklar, sport anjomlari,ish asbob-uskunalari, kanselyariya mollari, maxsus mebellar va tibbiy uskunalar bilan ta’minlash;
- maxsus talim sohasida kadrlar tayyorlash.
Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi — yordamga muhtoj bo’lgan bolalarga samarali bilim olish uchun sharoit yaratishdir.
Ushbu sharoitda yordamga muhtoj bolalarni integrasiyalash va reabilitasiya qilish, har bir bolaning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda ularga mos samarali inklyuziv talim turini tanlash lozim.
1996 yilning noyabr oyida YuNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Milliy komissiyasi tashabbusi asosida Toshkentda «Maxsus ta’lim sohasida inklyuziv usullar» movzusida milliy o’quv dastur muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. 1998 yilning oktyabr oyida Buxoro shahrida ushbu mavzu bo’yicha mintaqaviy anjuman tashkil etilgan edi. Mazkur anjuman YuNESKO, YuNISEF (BMTning bolalar jamg’armasi), Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti va Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. Ushbu tadbirlar notijosida 2001 yilda O’zbekiston Xolq ta’limi vazirligi qoshida Inklyuziv ta’lim bo’yicha manba markazi tashkil etildi. Hozirgi kunga qadar ushbu markaz tomonidan bir necha o’quv seminarlari o’tkazildi va qator dasturlar amalga oshirib kelinmoqda.
2004 yilning iyun oyida «Sen yolg’iz emassan» respublika jamoatchilik bolalar jamg’armasi tashabbusi asosida Toshkent shahrida «Yetim bolalarning ijtimoiy muhofozasi» mavzusida ilk bor xalqaro anjuman tashkil etildi. Ushbu anjuman doirasida nogiron bolalar uchun talim dasturlari ham muhokama etildi.
2005 yilning may oyida Toshkent shahrida Respublika bolalar mjtimoiy moslashuvi markazi va «Sen yolg’iz emassan» respublika jomoatchilik bolalar jamg’armasi tomonidan «Ijtimoiy nochor bo’lgan bolalarga ko’mak berishning samarali shakl va usullari» nomli xalqaro forum o’tkazilgan edi. Ushbu forum tavsiyanomalari asosida YuNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi O’zbekiston Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda YuNESKO tashkiloti rahnamoligida Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi madaniy markaziga (Tokio, Yaponiya) maxsus loyiqa taqdim etilgan edi. Ushbu YuNESKO markazi tomonidan «O’zbekistonda inklyuziv ta’limni joriy etish bo’yicha bog’cha va o’rta maktablarda tajribaviy guruhlar ochish» nomli loyiha qo’llab-quvvatlandi va yaqin kunlarda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi nogiron bolalarda turfa xil malakalarni oshirish va ularning qobiliyatlorini barqaror rivojlantirish uchun sharoit yaratishdan iborat.
Ta’lim tibbiy va ijtimoiy xizmat bilan birgalikda olib boriladi. Oila va maqallada ota-onalar uchun profilaktika hamda reabilitasiya ishlari bo’yicha o’quv mashg’ulotlari tashkil etiladi. Ota-onalar nogiron bolalarini tarbiyalash va ularning aqliy rivojlanishlarini rag’batlantirish bo’yicha pedagogik usullar, Shuningdek ularning mustaqil bo’lishlari uchun tengdosh sog’lom bolalar bilan muloqot qilishlari bo’yicha o’qitiladilar.
Loyiha to’qqiz bosqichdan iborat bo’lib, har bir bosqich quyidagi faoliyatlarni qamrab oladi:
1 -bosqich: Respublika ta’lim markazi qoshidagi Maxsus talim bo’yicha manba markazida ko’chma ta’lim guruhi tashkil etiladi. Ko’chma ta’lim guruhiga texnik yordam ko’rsotish.
2-bosqich: «Barqaror toraqqiyot uchun inklyuziv ta’lim» mavzusida milliy anjuman tashkil etish.
3-bosqich: Xalq ta’limi vazirligining viloyat boshqormalori bilan hamkorlikda nuqson bilan rivojlanoyotgan bolalarni aniqlash bo’yicha tibbiy-psixologik-pedogogik komissiyani toshkil etish. Qo’shma guruh va sinflarda o’qitish moqsadida nuqson dorajosi me’yordon og’ishgon (3-7 yoshdagi) bolalarni aniqlash.
4-bosqich: Uslubiy tavsiyanomalar, qo’llanmalar va dasturlarni nashr qilish.
5-bosqich: Pedagog-tarbiyachilar, o’qituvchilar, psixologlarning qo’shma guruhlari va sinflarda bolalardagi nuqsonlarni tuzatish va rivojlantirishga yo’naltirilgan dasturlarini ishlab chiqish bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish.
6-bosqich: Mavjud bolalar ta’limi muassasalarida, 2 ta bog’cha va 2 ta o’rta maktabda maxsus tajribaviy guruh tashkil etish, Texnik yordam ko’rsatish.
7-bosqich: Maktabgacha inklyuziv ta’lim Ixtisoslashgan ishlab chiqilgan tajribalarni targ’ib qilish bo’yicha ilmiy-uslubiy, amaliy-mintaqaviy anjumanni tashkil etish.
8-bosqich: Monitoring va baholash.
9-bosqich: Moliyaviy hisobot.
Loyiha yordamga muhtoj bolalar, ularning ota-onalari, bog’cha pedagog-tarbiyachilariga qaratilgan.
Loyiha Respublika ta’lim markazi qoshidagi Inklyuziv ta’lim bo’yicha manba markazi tomonidan Toshkent Davlat pedagogika universitetining Boshlang’ich ta’lim va defektologiya fakulteti, YuNESKOning O’zbekistondagi vakolatxonasi va YuNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Milliy komissiyasi, Shuningdek boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Loyiha bir yil muddatga mo’ljallangan.
Inklyuziv ta’lim bo’yicha manba markazi 2001 yilda O’zbekiston Xalq talimi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazida tashkil etilgan.
Tashkilotning asosiy faoliyati quyidagilardan iborat:
- nogiron bolalar ta’limi sohasida faoliyat ko’rsatuvchi o’qituvchi va tarbiyachilar uchun turli anjuman va o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish
orqali O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga inklyuziv ta’limni tatbiq etish;
- nogiron bolalar uchun o’quv darsliklarini yaratish;
- nogiron bolalar uchun tajribaviy maydonlar barpo etish;
- bola uchun alohida rivojlantirish rejasini yaratish;
- pedagoglar va ota~onalarga maslahat xizmatini ko’rsatish;
- uslubiy qo’llanmalar, tavsiyanomalar, maxsus maktablarda nogiron bolalar bilan ishlash rejasini yaratish;
- yuridik faoliyat va ijtimoiy muhofaza bo’yicha ma’lumot bilan ta’minlash;
- nogiron bolalar ta’limi sohasida faoliyat yurituvchi jamoat va davlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
- nogiron bolalar ta’limi sohasida mavjud kamchiliklarni ommaviy axborot vasitalarida yoritib borish;
- xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish; maxsus ta’lim sohasidagi tajribalarni tatbiq etish.
Ta’lim sohasida yordamga muhtoj bolalarning tahsil olishlari hamisha jamiyatning diqqat markazida turgan dolzarb masala hisoblanadi. Shunday ekan, ularga ta’lim beruvchi pedagoglar va mutaxassislor malakasini oshirish, zarur zamonaviy qo’llanmalar, jihozlar bilan ta’minlash ham bu masalani hal qilish uchun qo’yilgan qadamlardan biri hisoblanadi.
BMT tomonidan 1989 yilda qabul qilingan «Bola huquqlari to’g’risidagi»8gi Konvensiyasi hamma bolalarni, shu qatori maxsus ehtiyojli bolalar huquqlarini ham himoya qiladi va qo’llab-quvvatlaydi. Aynan 2, 23, 28, 29 - moddalarda maxsus ehtiyojli bolalari huquqlari belgilangan.
Bolalar huquqlari To’g’risidagi Konvensiyaning 2-moddasi maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun asosiy modda hisoblanadi. Unda mazkur Konvensiyadagi har bir modda irqi, dini, millati, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar barcha bolalaga tegishliligi haqida ta’kidlanib, “Barcha huquqlar har bir bola uchun tegishli. Kamsitish yoki jazolashning barcha shakllaridan bolaning himoyasini ta’minlash uchun zarur choralarni ko’rish ishtirokchi davlatlar majburiyatlariga kiradi” deb bayon qilingan.
Shuningdek, Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvensiyaning 23-bandida maxsus ehtiyojli bolalarning ta’limi xususida quyidagicha ta’kidlangan “Nogiron bolani maxsus ehtiyojlarini aniqlab, uni ijtimoiy hayotga qo’shishi va shaxs sifatida rivojlana olishiga yetaklovchi vasita hisoblanadigan ta’lim olishga har tomonlama yordam berishi lozim. Ishtirokchi davlatlar aqliy va jismoniy jihatdan yaxshi rivojlanmagan bola o’zining qadr-qimmatini ta’minlaydigan, o’ziga ishonch tug’diradigan va uning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini yengillashtiradigan sharoitlarda yashashlarini ta’minlaydilar”.9
Maxsus ehtiyojli bolalrni umumta’lim muassasalari tizimida o’qitish ularning haq-huqularni ta’minlaydi. Shuning uchun Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvensiya maxsus ehtiyojli bolalarni huquqlarni ta’minlaydigan asosiy huquqiy me’yoriy hujjatdir.
Salamanka bayonoti va ish faoliyati rejasi inklyuziv ta’lim bo’yicha halqaro miqiyosidagi hujjatdir. Ushbu hujjat 1994 yilda YuNESKOning maxsus ehtiyojli shaxslar ta’limini tashkil etishga qaratilgan “Ta’lim hamma uchun” g’oyasini rag’batlantirishga yo’naltirlgan Salamankada tashkil etilgan Konferensiyada inklyuziv ta’lim konsepsiyasini rivojlanishi uchun zarur bo’lgan siyosiy, tashkiliy, huquqiy, uslubiy o’zgarishlar ko’rib chiqildi. Shu asosda ta’lim tizimi va mazmuni tubdan qayta ko’rib chiqildi va alohida ehtiyojli bolalarni umumta’lim tizimida ta’lim olishi uchun zarur bo’lgan huquqiy me’yoriy asoslari yaratildi.
Ushbu harakat rejasining asosiy tamoyilliri jumlasiga quyidagilar kiradi: “Maktablar jismoniy aqliy, ijtimoiy, emosional, tilidagi va boshqa nuqsonlaridan qat’iy nazar hamma bolalarni qabul qilishi shart...” (Salamanka Bayonoti, 3-band).
Salamanka Konferensiyasida inklyuziv ta’limni rivojlanishi uchun zarur bo’lgan siyosatdagi o’zgarishlar ko’rib chiqildi, hamda qatnashchilar umumta’lim maktablarini maxsus ehtiyojli bolalrga moslashtirish usullarni ishla chiqdilar. Unda ikkita yo’nalish belgilab olindi:
- Maorif tizimi va ta’lim dasturlari turli xususiya va ehtiyojlarni hisobga olgan holda tuzilib shu ishga yo’naltirilsin;
- Maxsus ehtiyojga ega bo’lgan bolalar uchun oddiy maktablarga borish imkoniyati yaratilsin.
2000 yilning 26-28 aprel kunlari Dakar-Senegalda o’tkazilgan Xalqaro forumda “Ta’lim hamma uchun” milliy harakat reja - dasturini bajarish maqsadida keng qamrovli ishlarni hamkorlikda va halqaro miqyosida olib borilishi lozimligi hamda barcha rivojlangan mamlakatlar 2015 yilga qadar hamma uchun teng majburiy ta’limga o’tishlari ta’kidlangan. Bu muammo bo’yicha tajribalarni o’rganish va tashabbusni qo’llab-quvvatlash YuNESKO va YuNISEF tashkiloti tomonidan amalga oshirilmoqda.
Nogironlarni umumta’lim tizimida o’qitish masalalariga e’tibor berish Respublikamizda 1996 yilda O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi, Respublika ta’lim markazi va YuNESKO tashkiloti bilan hamkorlikda respublika seminari o’tkazilishi bilan islohotlar amalga oshirila boshladi. Shu davrdan boshlab olimlar, maxsus ta’lim tizimidagi rahbar xodimlari, pedagoglar, umumta’lim mussasalarining rahbarlari va nodavlat jamoa tashkilotlarining nogironlar ta’limi ehtiyojini qondirishga qaratilgan munosabatlari o’zgara boshladi.
Respublika Ta’lim Markazining maxsus ta’lim bo’limi hodimlari imkoniyati cheklangan bolalarni integrasiyalashgan ta’lim jarayonida ta’lim olish strategiyasini keng joriy qilish maqsadida YuNESKO tashkiloti bilan 1996 yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda. O’zbekistonda integrasiyalashgan inklyuziv ta’lim tizimini amaliyotga tadbiq qilish maqsadida YuNESKO xalqaro tashkiloti loyihasi asosida bir necha Respublika seminar-treninglari va xalqaro konferensiyalar o’tkazishga muyassar bo’lindi. Konferensiyalarda ko’tarilgan dolzarb muammolar, masalalar, tavsiyalar va ishtirokchilarning ma’ruzalari xalqaro to’plamda chop etildi va ommaga tarqatildi. Hozirgi kunda Respublikamizda inklyuziv ta’lim konsepsiyasini joriy qilishda asosiy dasturamal bo’lib kelmoqda.
1998 yilda YuNESKO tashabbusi bilan Buxoro shahrida yirik Konferensiya o’tkazildi. Konferensiyaning maqsadi alohida yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy qo’llash, reabilitasiya qilish, ta’limga jalb qilish, moddiy, texnikaviy yordamlarni tashkil qilish va ularni to’laqonli jamiyatga moslashtirishga oid turli tashkiliy uslubiy ishlarni amalga oshirishda Markaziy Osiyoda ko’p tarmoqli aloqalar o’rnatish edi.
Ushbu Konferensida BMT, YuNISEF, VAZ tashkilotlarining ekspertlari Shuningdek Rossiya, Qozog’iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg’iziston Respublikasi hamda O’zbekiston Respublikasidagi turli xil davlat va nodavlat tashkilotlar, ma’muriy organlarning mutasaddi xodimlari ishtirok etdilar. Imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy qo’llash va barcha qatori teng huquqli sharoitda ta’lim olishi va biron bir bola ta’limdan chetda qolmasligiga jiddiy muhokama etildi va rezolyusiyalar qabul qilindi. Ushbu halqaro konferensiyada O’zbekiston Republikasi XTV va uning tasarrufidagi turli ma’muriy tashkilot vakillari ham ishtirok etib, o’z tajribalari bilan fikr almashdilar va respublikada ushbu muammoni hal qilish masalalari bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Shu bois O’zbekistonda alohida yordamga muhtoj bolalarni to’laqonli maxsus ta’limga jalb qilish va integrasiya usulida ta’lim olish 2001-2002 yillarda birmuncha faollashdi. Bunga asos Xalq ta’limi vazirligi, Respublika ta’lim markazi, YuNESKO, YuNISEF, “Opereyshen Mersi”, “Mersi projekt” nodavlat xalqaro tashkilotlar va O’zbekistonda faoliyat ko’rsatuvchi milliy tashkilotlar, jumladan “UMR”, “Ziyo”, “Imkon”, “Hayot”, “Umidvarlik”, “Yorug’lik”, “Muruvvat”(Samarqand), “Mezon”, “Mehrigiyo”, “ShANS”, “Nihol”, “Korreksion pedagogik Reabilitasiya markazi”10 kabilar bilan hamkorlikdagi loyihalar bo’yicha amalga oshirib kelingan ishlar, chora – tadbirlardir.
2000 yil O’zbekistonda inklyuziv ta’limning ilk asosi sifatida Respublika ta’lim markazi maxsus ta’lim bo’limi tomonidan “O’zbekiston respublikasida alohida yordamga muhtoj bolalar ochiq ta’lim tizimining rivojlantirish chora-tadbir rejasi” ishlab chiqildi. Bu reja dasturda alohida yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim tizimga kiritishning quyidagi tashkiliy asoslari yoritib berildi:
ommaviy axborot orqali jamiyat ongini inklyuziv ta’limga tayyorlash;
Respublikadagi alohida yordamga muhtoj bo’lgan bolalar haqida axborot banki yaratish;
-barcha turdagi nuqsonli bolalar uchun umumta’lim va yakka tartibda oilalarda o’qitilishi bo’yicha turli xil o’quv metodik adabiyotlar, didaktik vasitalar ishlab chiqish va ta’minlash masalalari qayd qilingan.
Ayniqsa, 2001 yil 21-23 noyabr kunlari Toshkent shahrida o’tkazilgan “Alohida yordamga muhtoj bolalarni ma’naviy va estetik tarbiyalash” mavzusidagi xalqaro konferensiyada turli xorijiy mamlakatlar, Qozog’iston, Rossiya, SNG davlatlariing ekepertlari qatnashib, o’z fikr - muloxazalari bilan o’rtoqlashadilar. Konferensiyada qatnashgan shaxar va viloyat xalq ta’limi boshqarma vakillari, aholini ijtimoiy muxofaza qilish, sog’liqni saqlash vazirliklari, mutaxassislar, Oliy ta’lim professor o’qituvchilari, malaka oshirish institutlari xodimlari, nodavlat jamoat tashkilotlari, nogiron bolalari bo’lgan ota-onalar, matbuot va axborot vasitalari xodimlari, jurnalistlar qatnashib, hozirgi kunda vujudga kelayotgan muammolar ustida to’xtalib, bahs-munozara yuritdilar. Bu konferensiyada imkoniyati cheklangan bolalarning qobiliyatlari, mehnat natijalari, san’at, sportda erishgan yutuqlari va mahoratlari namoyish etildi. Uning tahlili shuni ko’rsatdiki alohida yordamga muhtoj bolalarni inklyuziv ta’lim tizimida ta’lim olishi ularni rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi yana bir bor ekspertlar tomonidan qayd etildi.
Inklyuziv ta’lim konsepsiyasini O’zbekistonda joriy qilish va undagi muammolarni hal qilish maqsadida turli xil chora-tadbirlar uyushtirish, matbuot-axborot vasitalari orqali targ’ibot-tashviqot ishlari bir muncha faollashdi.
Respublika ta’lim markazi YuNESKO tashkiloti bilan hamkorlikda 2001 yilda “Inklyuziv ta’lim” mavzusida seminar o’tkazib, uning tavsiyalariga asosan Respublika Ta’lim Markazi maxsus ta’lim bo’limi qoshida “Inklyuziv ta’lim resurs markazi” tashkil etildi. “Inklyuziv ta’lim resurs markazi”ning vazifalari quyidagilardan iborat qilib belgilandi:
-ta’limga jalb etilmagan imkoniyati cheklangan bolalar ta’limini tashkil etishga ko’maklashish;
-inklyuziv sinf va guruhlarni o’quv metodik majmualar bilan ta’minlash;
-joylardagi resurs markazlarga amaliy-uslubiy yordam ko’rsatish;
-imkoniyati cheklangan bolalarning ota-onalariga farzandlarini tarbiyalash, maktabga va ijtimoiy hayotga tayyorlashga oid turli shakldagi tadbirlarni tashkil etish, maslahatlar berish;
-imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarga ta’lim berish, kasb-hunarga o’rgatish ishlarini amalga oshirish maqsadida umumta’lim muassasalarida inklyuziv sinflar va guruhlar tashkil etish, ta’limni integrasiya asosida olib borish kabilar.
2002 yilning 31 may kuni “Ta’lim hamma uchun Dakar Deklorasiyasi”ning mohiyatini O’zbekistonda tadbiq etish yuzasidan Xalq Ta’limi Vazirligi, YuNESKO xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda “Ta’lim hamma uchun” mavzusida halqaro forum tashkil etildi. Forumda xalqaro YuNESKO tashkilotining eksperti janob Kotibxon ishtirok etib forum qatinashchilariga “Ta’lim hamma uchun” Milliy dastur rejasini ishlab chiqish mavzusida seminar tashkil etdi.
Natijada 2003 yil “Ta’lim hamma uchun” dasturining Milliy rejasi ishlab chiqildi. “Ta’lim hamma uchun” dasturining Milliy rejasi 2000 yilgi Dakar shartnomalari doirasida ishlab chiqilgan bo’lib, siyosatchilar, ta’lim tizimi, vazirlik va idoralar rahbarlari, pedagoglar, jamoat arboblari, O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish muammolari bilan qiziquvchi barcha shaxslar uchun mo’ljallangan. “Ta’lim hamma uchun” Milliy harakat rejasini ro’yobga chiqarish bo’yicha yaqin davrlar (2001-2015- yillar)ga mo’ljallangan tadbirlar belgilanib, u Ta’lim hamma uchun milliy harakati hamda umumiy o’rta ta’lim maqsad va vazifalarini ro’yobga chiqarish siyosati” deb nom olgan VI bandining IX yo’nalishi Maxsus ta’limga yo’naltirilgan bo’lib, unda maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb etishda qonunchilik va me’yoriy bazani takomillashtarish, maktabgacha va boshlang’ich ta’lim-tarbiya, maxsus ta’lim mazmunini, inklyuziv ta’lim jarayonining o’quv-uslubiy tomonini takomillashtirish, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, inklyuziv ta’limning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, inklyuziv ta’limni joriy etishda targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish va boshqa masalalar qayd etilgan.
Bu ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida 2003 yilda Inklyuziv ta’lim bo’yicha o’tkazilgan respublika seminarida xorijiy davlatlar ekspertlari, mutaxassislar, olimlar, Xalq ta’limi vazirligi, joylardigi viloyat Xalq ta’limi boshqarmalari va bo’limlarining ta’limga mas’ul vakillari, Tashxis markaz raxbarlari, umumiy va maxsus ta’lim pedagog raxbarlari, jamoat tashkilotlar vakillari va boshqalar ishtirok etdilar.
Seminarga YuNESKOning eksperti Vakayto Unversiteti professori Devid Mitchel (Yangi Zellandiya) kordinatorlik qilgan. Devid Mitchel “Inklyuziv ta’limning tashkil etishning asl, mohiyati, umumta’lim tizimida alohida sinflar yoki guruhlar tashkil etish bilan chegaralanib qolmay balki ularni me’yorida rivojlangan bolalar kabi ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishdir”. Shuningdek inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy etishda xalqaro ish tajribalari bilan fikr almashdi.
2005 yilning 19 sentyabr kuni XTVning 234-sonli buyrug’i bilan «Imkoniyati cheklangan bolalalar va o’smirlar uchun inklyuziv ta’lim to’g’risida muvaqqat Nizom»i tasdiqlandi. Ushbu Nizomda inklyuziv ta’lim tizimining maqsad, vazifalari belgilab berilgan. Unda qayd qilinishicha, imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlar quyidagi tartibda inklyuziv ta’limga qamrab olinadi:
-ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar;
-harakat muvozanati buzilgan;
- o’z-o’ziga xizmat qila oladigan debillik darajasidagi oligofren bolalar va o’smirlar;
-nutqida nuqsoni bo’lgan (muloqoti cheklanmaydigan darajadagi) bolalar;
-zaif ko’ruvchi bolalar va o’smirlar;
-zaif eshituvchi va kech (5 yoshdan keyin)kar bo’lgan bolalar;
-ko’zi ojiz (Brayl yozuvi va o’qishni egallagan) bolalar va o’smirlar;
-kar (muloqot darajasida nutqi bo’lgan, o’qish va yozishna egallagan) bolalar va o’smirlar.
«Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlar uchun inklyuziv ta’lim to’g’risida muvaqqat Nizom»ning 4-bandida inklyuziv ta’lim tizimida o’quv tarbiya jarayonini tashkil etishning quyidagi masalalari qayd etilgan:
1.Inklyuziv ta’limni tashkil etilgan barcha umumta’lim maktablarida imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarga nisbatan do’stona munosabat ruhi shakllanadi.
2. Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktablarida Davtlat Ta’lim standartlariga ilova sifatida imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlar uchun korreksion dastrlar ham inobatga olinadi, maxsus korreksion ishlarni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi (maxsus jixozlangan korreksiya xonasi, maxsus infrastruktura).
3. Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktablarida tayorlov guruh va birinchi sinflarida 35 daqiqa boshqa sinflarad 45 daqiqadan darslar olib boriladi;
4. Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarning bilimlari ularning shaxsiy xususiyatlari va qobiliyatlariga asoslangan holda belgilangan tartibda baholanadi.
5. Ta’lim jarayonida zamonaviy umumdidaktik tamoyillar bilan bir qatorda maxsus tamoyillar ham e’tiborga olinadi.
6. Korreksion ta’lim o’quvchilarning ehtiyojlariga ko’ra tabaqalashtirilga holda tashkil etiladi.
7.Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktabiga o’quvchilar ota-onalarning arizasi hamda “Tibbiy-psixologo-pedagogik komissiya”lari xulosalari asosida qabul qilinadi va ta’lim muasasalari rahbarlarining buyrug’i bilan tasdiqlanadi.
8.Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktabidagi sinflarida integrasiya qilingan o’quvchilar soni 4 nafardan oshirilmaydi hamda o’quvchilar umumiy soni 25 nafargacha belgilanadi.
Shuningdek mazkur Nizomda inklyuziv ta’lim ishtirokchilari, inklyuziv ta’lim mutaxassislarining ota-onalar yoki boshqa qonuniy vakillar bilan hamkorligi, xalqaro hamkorlikda qatnashish xususiyatlari batafsil bayon etilgan.
“Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smrlar uchun nklyuziv ta’lim muvaqqt Nizom” asosida Respublikamizda inklyuziv ta’lim tizimining quyidagi huquqiy-ijtimoiy asoslari yaratildi:
-bolani ijtimoiy hayotga tayyorlashda yoshi, jinsi irqi, millatidan qat’iy nazar O’zbekiston Konstitusiyasining moddasiga asosan barcha bolalar umumta’lim jarayoniga kiritish va ijtimoiy hayotga moslashtirish lozimligi belgilangan;
-har bir bola o’zining qiziqishi qobiliyati, va ehtiyojiga ko’ra mos ravishda bilim olishi huquqiga ega;
-ta’lim dasturini ishlab chiqishda va amalga oshirishda o’ziga xoslik va ehtiyojlarning turli-tumanligini nazarda tutish;
-har bir bola tengdoshlar qatori bilim olish huquqiga ega bo’lishi;
-bolani ta’limga emas, balki ta’limni bolani ehtiyojiga ko’ra tashkil etilishi;
-bolan muhtojligi va imkoniyatini e’tiborga olgan holda ta’lim metodologiyasini, o’quv rejalarni ixcham bo’lishini qo’llab-quvvatlash hamda baholash;
-inklyuziv ta’lim muammoni bolada emas, tizimda ekanligini aniqlaydi, bolaga qulay shart-sharoit yaratishni ta’minlaydi;
-bolani shaxsiy ehtiyojiga qarab korreksion-pedagogik va ijtimoiy yordamni tashkil qiladi va hokazo.
Yuqorida keltirilgan inklyuziv ta’limnig huquqiy asoslarga tayangan holda bu ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, uni amaliyotga joriy etishni jadallashtirish maqsadida 2005 yilning 14-15 dekabr kunlari Toshkent shahrida “Ta’lim hamma uchun” Milliy dasturini joriy qilish bosqichlari” mavzusida yirik xalqaro Konferensiya o’tkizildi. Ushbu konferensiyada xalqaro tashkilotlarning O’zbekistondagi vakolatxonalarining vakilliri ham o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. YuNISEF tashkiloti vakili Reza Xosseyn, YuNESKO tashkiloti vakili Bari Layn, “Mersi Projekt” , “Opereyshn Mersi”, Kosta Rika davlatlari xalqaro vakillari shular jumlasidandir.11
“Ta’lim hamma uchun” Milliy dasturini joriy qilish bosqichlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy amaliy konferensiyada quyidagi vazifalar hal etildi:
-“Ta’lim hamma uchun” umummilliy dasturining mohiyatini targ’ibot qilish;
-Respublikada imkoniyati cheklangan bolalar inklyuziv ta’limini tashkil etish bo’yicha me’yoriy metodik hujjatlarni ishlab chiqish;
-imkoniyati cheklangan bolalarni erta tashxis qilishning zamonaviy uslublarni muhokama qilish;
-psixologo-tibbiy-pedagogik komissiya, Tashxis markazlari, psixologik xizmat faoliyati samaradorligini oshirish;
-sog’liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy muxofaza vazarligi tashkilotlarining imkoniyati cheklangan bolalarni aniqlash hisobga olish, davalash, ijtimoiy himoyalash borasidagi faoliyatini jonlantirish;
-imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim berish, ularni ijtimoiy himoyalash borasidagi davlat va nodavlat tashkilotlarning hamkorligini kuchaytirish;
-inklyuziv ta’lim jarayonida uchraydigan to’siqlarni bartaraf etish yo’llari bilan tanishtirish.
Konferensida nafaqat Respublikamizning soha vakillari, balki qardosh Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya davlatlar vakillari ham ishtirok etib, o’z davlatlarida inklyuziv ta’lim tizimi modayellari, bu sohada qo’lga kiritilgan yutuqlar bilan konferensiya ishtirokchilarini tanishtirishga muvaffaq bo’ldilar.
“Ta’lim hamma uchun” milliy harakat reja dasturini amalga oshirish bo’yicha erishilgan yutuqlar va muammolar konferensiya kun tartibida quyidagi mavzular bo’yicha guruhlarda ishtirokchilar tomonidan muhokama etildi:
-“Nuqsonlarni ilk tashxis qilish va korreksion pedagogik yordam ko’rsatish-alohida yordamga muhtoj bolalar integrasiyasining muhim omili sifatida”.
-“O’zbekistonda alohida yordamga muhtoj bolalar integrasiyasining milliy modeli”
-“Imkoniyati cheklangan bolalar oilalarining ijtimoiy reabilitasiyasi” va shu kabi.
Bugungi kunga qadar Respublikamizda o’tkizilgan seminar treninglarda 500dan ortiq ishtirokchilar inklyuziv ta’lim tizimining mazmun mohiyati, uni joriy qilish bosqichlari xususida mukammal ma’lumotlarga ega bo’ldilar.
Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim tizimida ta’lim olishini yanada takomillashtirish, amaliyotda uchraydigan muammolarning yechimlarini davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligida hal qilish masalalari yuzasidan quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:
-korreksion ta’lim strukturasini sifat jihatdan yangilash;
-respublikaning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini hisobga olgan holda bosqichma-bosqich to’liq integrasiyasiga amal qilish;
-davlat normativ hujjatlariga inklyuziv ta’limni joriy etish bo’yicha qo’shimchalar kiritish yoki tadbirlar ishlab chiqish va tasdiqlash;
-binoni ularga mos ravishda rekonstruksiya qilish;
-umumta’lim tizimida ta’lim olayotgan maxsus ehtiyojli bolalar uchun zaruriy moddiy texnik ba’zani yaratish;
-inklyuziv ta’limni tashabbuskorliq mehr-muruvvat tarzida tashkil etish;
-maktabning ish faoliyatiga inklyuziv ta’limni amalga oshirish borasida o’zgarishlar kiritish;
-umumta’lim muassasa pedagoglarini inklyuziv ta’lim bo’yicha qayta tayyorlash;
-barcha pedagogika oliygohlarida va o’rta maxsus o’quv yurtlarida korreksion pedagogik kurslarni kiritilishi;
- korreksion Davlat ta’lim talablari va dasturlarni imkoniyati cheklangan bolaning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda moslashtirishirilgan, ishlab chiqish;
-umumta’lim, maxsus maktab pedagoglari, ota-onalar uchun o’quv metodik va ilmiy ommabop, ixcham turdagi o’quv adabiyotlar va individual dasturlar yaratish;
-nogiron bolani ilk yoshidan tashxis qilish va korreksion pedagogik yordam berish;
-imkoniyati cheklangan bolalarni umumta’lim tizimida umumiy va korreksion ta’lim olishini ilmiy asoslari, standart talablar, o’quv metodik majmualarni yaratish va ta’minlash;
-kasb-hunarga o’rgatish, reabilitasiya qilish va bu ishda oilani bevosita ishtirokini ta’minlash kabi bir qator dolzarb masalalarni kelajakda keng qamrovli bajarish uchun davlat tasarrufida muvofiqlashtiruvchi ilmiy-pedagogik resurs markazi, boshqarma, ilmiy labaratoriyalar tashkil qilish kabi tashkiliy, ilmiy-uslubiy, amaliy ishlarni bajarish inklyuziv ta’limni joriy qilish muvaffaqiyatini ta’minlaydi.
Shu bilan birga qator nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda inklyuziv ta’limni joriy qilish va unda nodavlat tashkilotlarning ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari ham boshlanib ketdi. Bunda UNICEF bolalar jamg’armasining faoliyati alohida o’rin egallaydi.


1 Тиббий нуқтаи назарда, яъни касал одам сифатида қараш.

2 Stephen Kidd, An Overview of Uzbekistan’s National Social Protection System, UNDP, 2013.

3 Nogironlarni rеabilitatsiya qilish va protеzlash milliy markazi ma’lumotlari bo‘yicha.

4 O‘zbеkistonda ilk aralashuv хizmati tashkil etilishi. Chichеrina Y.Е., Nurkеldiеva D.A. va boshqalar. T:RTSSAD, “Tafakkur-bo‘stoni”, 2012, 135 b., RTSSAD sayti

5ЧичеринаЯ.Е. ОбеспечениеправлюдейсинвалидностьювУзбекистане: проблемыирешения//УзбекистонРеспубликасиБошпрокуратурасинингОлийУкувкурслариАхборотномаси, 2010, №2.

6 Ijtimoiy хizmatlar intеraktiv хaritasini ishlab chiqish doirasida 2012 yilda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Mеhnat vazirligi, BMTTD tomonidan o‘tkazilgan so‘rov ma’lumotlari bo‘yicha.

7Yuneskoning 2003 yil O’zbekistonda 2 – 4 oktyabr kunlaridagi «Inklyuziv ta’lim» ga oid seminarii xujjatlari.



8 “Bola huquqlari to’g’risida” konvensiya. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi 2003 9-bet.

9Shu manba

10J.Ismailov, Yа.Chicherina, B.SharapovIjtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning holati va istiqbollari – Toshkent: 2016 yil. – 39 bet.

11J.Ismailov, Yа.Chicherina, B.SharapovIjtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning holati va istiqbollari – Toshkent: 2016 yil. – 19 bet.


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin