O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə32/37
tarix20.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#88849
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
bob. Nogironlar ishi

  1. modda. Nogironlarning ishlash shart-sharoitlari.

Ish bilan mashgul nogironlarga nogironlarni individual davolash dasturiga mos ravishda kerakli shart-sharoitlar yaratib beriladi.
Jamoaviy va individual ishlash nizomida ko’rsatilgan ish shart- sharoitlari, ish haqi, ish vaqti va dam olish vaqti, yillik va qo’shimcha nafaqa davomiyligi, ko’rsatilgan me`yoriy-huquqiy akgdan quyidagilar bo’lmasligi hamda nogironlarning huquqini cheklamasligi va buzmasligi kerak.

  1. modda. Nogironlarning ishlash huquqlarini amalga oshirish.

Nogiron odatiy ish shart-sharoitiga ega bo’lgan muassasalarda, maxsus muassasalar, tsexlarda va nogironlar xizmatidan foydalanuvchi qonuniy qiziqishlari, ularning talablarini bajarishga imkon yaratish lozim.
30 modda. Nogironlarga ijtimoiy yordam beruvchi moliyaviy manbalar.
Nogironlarga ijtimoiy yordam Respublika va joylardagi byudjet manbalari, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshidagi byudjetdan tashqari nafaqa fondlari, nogironlarni ijtimoiy himoyalash fondlari hamda uyushmalar va fuqarolarning ko’ngilli to’lovlari bilan qonunga asosan amalga oshiriladi.
MAVZU№6. NOGIRONLIKKA EGA BO‘LGAN INSONLARNI HIMOYA QILISHNING XORIJIY TAJRIBASI
Reja
1. Nogironlikni ijtimoiy ko’rinishi
2. Nogironlikning tibbiy ko’rinishi
3. Nogironlikni kamaytirish chora tadbirlari

  1. Bolalarning bilim olishiga majruhlik va noto’kislik sababli uchraydigan to’siqlar.

  2. Nogiron bolalarning ta`lim olish jorayonidagi ta`limiy qiyinchiliklarni kamaytirish yo’llari.

  3. Bolalarda uchraydigan umumiy noto’kisliklar va ularni tabiiy mahsulotlar bilan ovqatlanish, sog’lom muhit, muhabbat va e`tibor orqali bartoraf etish.

  4. Turli xalqaro deklaratsiyalarda ifoda etilgandek ularni jomiyatga jalb etilish va ta`lim olish xuquqlari.

  5. O’qituvchilar uchun ularning inklyuziv o’qitish faoliyati davamidagi kundalik amaliyoti uchun tavsiyalar.

Ta`lim olishdagi to’siqlar
O’quvchilar maktablarda turli narsalarni o’rganishlari kerak. Ba`zi o’quvchilar saboqlari tez o’zlashtira oladilar, boshqalari esa sustroq. Ayrim fanlar bo’yicha bola boshqalarga nisbatan yaxshiroq o’zlashtirishi mumkin. Masalan, ba`zi o’quvchilarning o’qishdagi o’zlashtirishlari yaxshi bo’lsa, matematikada o’zlashtirishlari sustroq bo’lishi mumkin. Ko’p hollarda biz nima sababdan bunday bo’lishini bilmaymiz. Bunday holatga turli izohlar mavjuddir. Masalan:
Ba`zi odamlar o’ylaydilarki, barcha muommolarning echimi bolaning majruh joyini tuzatib, uni qayta yuradigan qilishdir. Ko’pincha faqat tibbiy davalash yullari izlanadi.
"Ehtimol, shifokorlar ularning oyoqlarini operatsiya qilarlar" yoki "ularning oyoqlari yaxshi yura olishlari uchun maxsus mashqlar ham belgilaydilar". Bunday harakatlar so’zsiz ba`zi odamlarga yordam beradi, lekin ular ishlamasalar yoki bunday tadbirlar yashayotgan joydagi bolalar va oilalarning shoroitiga to’g’ri kelmasa-chi? SHunday holda chekinishimiz kerakmi? Aslo, orqaga qaytish joiz emas.
Biz majruhlikni bevasita davaloy olmasak-da, uning solbiy asoratlarini komaytirish uchun juda ko’p vasitalar mavjud.
Bulardan bir nechtasini sizga havala etamiz, siz o’zingizdan yana birorta fikr qo’shasiz deb umid qilamiz.
Biz bunday shaxsni qo’ltiqtayoq yoki tayoqlar yordamida yurishga o’rgatamiz.
Biz binolarga ko’tarilib chiqishning shart emasligiga ishonch bildira olamiz.
Biz hojatxonani bola o’z arovasidan qulay tushib o’tirishi uchun mosloshtira olamiz. Biz bolaning aka-uka, opa-singillari bilan o’ynay olishiga ishonch bildira olamiz.
Biz majruhlikni davalamadik, lekin biz majruhlikning ta`sirini kamaytirish uchun bolaning atrof muhitini o’zgartirdik.
Bunday tarzda mushohada yuritish maorif xodimlari va jamoaga ma`lum darajada ma`suliyat yuklaydi. Agar biz aytib o’tilgan narsalardan birortasini bojarmasak, u holda bolalarning ahvali yanada og’irlashadi. Aytish joizki, shaxsni «ushlab turgan» majruhlik emas, balki aslini olganda jamiyat unga qay yo’sinda munosabat ko’rsatishidadir.
SHu sababli, insonlar o’zlarini «nogiron shaxslar» deb atashni afzol ko’rishadi, chunki aynan ular yashayotgan jamiyat va atrof muhit ularni nogiron bo’lishlariga sababchi deb his etadilar. Bunday ijtimoiy nuqtai nazar butun bunyo tomonidan toboro ko’proq tan olinmoqda.
Nogironlikni ijtimoiy ko’rinishi
Barcha bolalar boshqa odamlar, ota- onalari, tengdoshlari bilan o’zaro muloqat orqali va hayotlaridagi turli muhit, uy, mohappa va maktabdagi orttirgan tajribalari orqali ta`lim oladilar.
Bunday holat xastaliklari bo’lgan bolalarga ham taalluqlidir. Lekin bunday bolalar «boshqacha» ko’rinishga ega bo’lganlari sababli, bu narsani ko’pincha unutib qo’yamiz. Haqiqatdan, ularning past o’zlashtirishlari yoki cvct vayaga etishi ularning boshqalar bilan birga o’zaro muloqatda yoki muhitda bo’lishdan orttirgan tajribalaridagi cheklanishlarga nisbatan ertaroq bo’lgandir.
Agar bolalar quyidagi imkoniyatlarga ega bo’lsalar, majruhikniig salbiy ta`sirlarini kamaytirish mumkin:

  • O’z jamoalaridagi tengdoshlari va yoshi kattalar bilan muloqatda bo’lsalar

  • Ularning majruhlik holati ta`sirini pasaytirishga qaratilgan qator qulayliklardan iborat bo’lgan muhit yaratilsa, masalan, zinapoyalari bo’lmagan binolar qad ko’tarsa.

  • Ota-ona va o’qituvchilar ularga yangi ko’nikmalarni o’zlashtirishga yordam bersalar

Zero, ta`lim olishni barcha bolalarga moslashtirishning ahamiyati beqiyosdir.
Nogironlikning tibbiy ko’rinishi
Ba`zan nogironlikning ijtimoiy ko’rinishi uning «tibbiy ko’rinishi» bilan uyg’unlashib ketadi. Bu hopatda nogironlikning kelib chiqish sabablarini test orqali aniqlash talab etilib, keyingina majruhik jarrohlik operatsiyasi orqali yoki dori-dormonlar qabul qilishning asoratlari tufayli kelib chihani ma`lum bo’ladi. Lekin ko’p hollarda nogironlikning faqat tibbiy tomoni e`tiborga olinib, shunga ko’ra, davalash natija bermasa, odamlar buning boshqa chorasi yo’q degan fikrga boradilar.
Tibbiy ko’rinishning eng xavfli xususiyati shuki, boladagi xastalikning yagana sababi faqat unda deb bilishadi. SHuning uchun ham nogiron bolalar oddiy maktablardan chiqarilib, o’zlaridagi xastalikka o’xshash bolalar uchun maxsus maktablarga yuboriladi, agar bolalar uchun qulay bo’lsa. albatta. O’sha maktablarda xastaliklarga maxsus «muolajalar» qilinishiga ishonch zo’r bo’ladi.
Lekin biz yuqorida aytib o’tganimizdek, nogironlik nafaqat majruhlikdan, balki sharoitning yomonligidan, ijtimoiy muhit, ta`lim olishdagi kamchiliklardan ham kelib chiqadi.
Majruhlikdan kelib chiqadigan nogironlikni kamoytirish niyatida ota-onalar, o’qituvchilar uchun ulkan ishlarni bajarmoq lozim.
Nogironlikni kamaytirish
Bolalarda turli majruhliklar-ko’rish va eshitish qobiliyatida muommolar, jismoniy majruhliklar yoki epilepsiya kabi holatlar va ularning fikrlashiga ta`sir etuvchi intellektual majruhiklar bo’lishi mumkin.
Tibbiyot ilmi ko’p majruhliklarning sabablarini aniqladi. Ba`zi majruhliklar genetik jihatdan bo’lsa, ba`zilarga esa bolaning ona qornida bo’lgandagi infektsiya sabab bo’ladi, boshqalari esa tug’ilayotgan vaqtda bo’lishi mumkin. Bolalikdagi xostaliklar va noxush vaqealar ham boladagi jismoniy jarohatga sabab bo’ladi. Biz bu haqda Bo’lim 3 da batofsilroq izoh beramiz.
Biz endi eshitish qobiliyatini yo’qtish, ko’rish muommolari, epilepsiya kabi xastaliklardan kelib chiqadigan nogironlik, intellektual nogironlik va xokazolar haqida fikr yuritishingizni istaymiz. Bu ishni yuqoridagi jismoniy majruhik haqida fikr yuritish kabi bajarish mumkin.

  1. O’zingizga tanish bo’lgan biror majruhlikni tanlab oling. Bu balki oila a`zolaringizdan birortosida yoki do’stlaringiz yoki qo’shnilaringiz o’rtasida bo’lishi, yoki o’zingiz o’qitayotgan birorta bolada bo’lishi mumkin.

  2. Majruhikdan kelib chihan noqobil xususiyatlarni yozib boring; bunga majruhlik tufayli shaxs bajara olmaydigan harakatlarni aytish mumkin.

  3. So’ngra ota-ona, o’qituvchi va boshqalarning nogironlikning ta`sirini kamaytirish uchun nimalar qila olishlari mumkinligi to’g’risidagi fikrlarini yozib qo’ying.

  4. Bu ishni ikkita turli majruhlik bo’yicha bajaring.

Keyin quyidagi ikkita savalga javab bering.
O’z javoblaringizni shy joyga belgilang
Majruhlik: Nogironliklar:
Nogironlik ta`sirini quyidagi omillar orqali kamoytirish mumkin: Nogironlik ta`sirini quyidagi omillar orqali kamaytirish mumkin:
Nogironlik xususiyatlari o’xshashmi?
Nogironlik ta`sirini kamaytirish uchun omillar o’xshashmi?
Ota-ona, o’qituvchilar shifokor emas-ular majruhliklarni davalay olmaydilar. Lekin ular nogironlikning ta`sirini kamaytirishlari mumkin!

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin