O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti


-MAVZU NOGIRONLIKGA EGA BO‘LGAN INSONLARNI REABLITATSIYA QILISHNING ASOSLАRI



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə34/37
tarix20.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#88849
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
8-MAVZU NOGIRONLIKGA EGA BO‘LGAN INSONLARNI REABLITATSIYA QILISHNING ASOSLАRI
Reja
1.Hamma uchun ta`limni birdek amalga oshirish.
2. Sog’liqni saqlash jamiyati xodimlari va nogironlar tashkilotlari xodimlari.
3. Maktablararo hamorlik.
4. O’zbekistondagi inklyuziv ta`lim.

  • Hamma uchun ta`limni amalga oshirish uchun maktablar bir-birlariga va o’qituvchilarga qanday yordam bera oladi.

  • Maktablar doirasiga jamiyat bilan ishlay olish uchun zarur o’zgarishlarni kiritish.

  • O’z jamiyatingizdagi boshqa guruhar bilan aloqa o’rnatish. Bu ish o’z tarkibiga ota-ona va tarbiyachilar, sog’liqni saqlash xodimlari, jamiyat a`zolari, nogironlar tashkilotlari va maktabni tugatgach, shu bilan birga ta`minlashga yordam beruvchi jamiyat xodimlarini oladi.

  • O’qituvchi va maktablarning jamiyatdagi boshqa guruhlar bilan birgalikda faoliyat ko’rsatishlarining amaliy yo’llari. Mazmun.

Qism 1 da tumandagi maktablarning bir-birlariga yordam yo’llari
tasvirlanadi.
Qism 2 da maktab doirasida amalga oshirish zarur bo’lgan o’zgarishlar
ko’rib chiqiladi.
Qism Z da jamiyatdagi yordam berishi mumkin beshta guruh bilan ishlash bo’yicha fikrlar havola etiladi. Bular quyidagilar:
Ota-ona tarbiyachilar.
Sog’liqni saqlash xodimlari.
Jamiyat xodimlari.
Nogironlar tashkiloti.
Jamoa homiylari.
1. Maktablararo hamkorlik
Barcha uchun ta`lim tizimini bitta maktabning yolg’iz o’zi yarata olishi
mumkin emas. Bu faoliyat tumandagi barcha bilim o’choqlari - maktabgacha,boshlang’ich va o’rta maktablarning faol hamkorligi va ishtirokini talab etadi. Maxsus ehtiyojli bolalarga ta`lim berishda davomiylikka e`tibor berish muhimdir. Agar o’quvchi oddiy maktablarga o’tkazilsa va o’sha qabul qiluvchi maktab bola ehtiyojlariga ko’ra moslashmagan bo’lsa, juda ko’p yaxshi ishlar qilinishi mumkin.
Agar maxsus maktablar tumanda joylashgan bo’lsa, maktablararo hamkorlik yanada samarali bo’ladi. Umumiy va maxsus maktablar birga ishlamsalar, har ikkala maktabdagi o’quvchi va o’qituvchilar bunday hamkorlikdan faqat yutadilar.
Lekin ko’p davlatlarda shunday an`ana mavjudki, har bir maktab o’quvchi va o’qituvchilari musobaqa o’yinlari vaqtida yuzaga keluvchi aloqa va muloqotlardan qanoat hosil qilishadi.
Maorif xodimlari albatta maktablarni hamjihat bo’lishiga katta ahamiyat berishlari lozim. Lekin hamkorlik haqiqiy amalga oshmasa, o’qituvchilar, ayniqsa sinf rahbarlarining ishonchlari yo’qoladi.
Butun jahon bo’yicha maktablar o’rtasida inklyuziv ta`lim tizimini barpo etish uchun o’zaro hamkorlikni amalda rivajlontirishga etaklaydigan ba`zi fikrlarni taqdim etmoqchimiz.

  • Maktab rahbarlari va boshqarmalarining vakillari echimini kutib turgan masalalarni ko’rib chiqish uchun kamida yilda bir marta bir joyga to’planmoqlari zarur. Bunday uchrashuvlarda nohiyadagi barcha bolalarning maktablarga jalb etilganligi, maxsus ehtiyojli bolalarning oddiy maktablarga qabul qilinishi, maktablar uchun binolar va jihozlarni ajratish, o’qituvchilar malakasini oshirish, ularga yordam berish kabi dolzarb masalalar ko’rib chiqiladi.

  • SHuningdek, o’qituvchilar barcha o’quvchilarga bilim berishda tajribali va tashabbuskor o’qituvchilar faoliyati bilan tanishmoq uchun boshqa maktablarga tashrif buyurishlari kerak.

  • Maktablar o’z tumanlarida o’qituvchi va oilalar foydalana oladigan kitob, jurnal va videodasturlar kabi o’qitish vasitalari va jihozlari bilan to`minlangan markazlarni ochish tashabbuskori bo’lishlari mumkin.

  • Agar bu markaz mahalliy o’qituvchilarning malakasini oshirish instituti bilan bog’liq bo’lsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi.

  • O’qituvchilarni ma`lum bir vaqtga boshqa maktabga jo’natish mumkin. Masalan, maxsus maktabning o’qituvchisi qo’shni boshlang’ich maktab xodimiga yordam berishi mumkin. Bu safar ikki haftada bir marta ma`lum bir kunga mo’ljallanishi mumkin. SHu kabi, oddiy maktab o’qituvchilari ham maxsus maktabga tajriba almashish uchun kelib tursalar bo’ladi.

  • Ba`zi mamlakatlarda maorif rahbarlari maxsus ehiyojli bolalarga yordam berish uchun maxsus o’qituvchilar ajratadilar. Ular bir qator maktablarni qamrab olishlari mumkin. Bunday o’qituvchilar muallimlarning uchrashuvlarini o’tkazadilar; o’zlari ma`sul bo’lgan maktablardan kelgan o’qituvchi guruhlari uchun kichik malaka oshirish kurslarini tashkil etish ham ularning faoliyat doirasiga kiradi.

  • Maxsus maktablarning o’qituvchilar guruhi ikki tomon uchun qiziqarli mavzular ustida o’ylash va o’ziga borchani jalb etadigan bilim maskanlarni rivajlantirish zaruriyati kabi masalalarni muhokama etadilar, mavzular - dasturni moslashtirish, o’qitish uslublari va bolalarga ta`limiy yordam va hokazo bo’lishi mumkin. Bu ishchi guruhlarining maxsus markazi hamda chegaralangan vaqti bo’lishi kerak. Ma`qullangan tadbir faqat bir maktabda qolib ketmay, balki barchasida o’tkazilishi kerok. O’z-o’zidan ma`lumki, bu ish boshqa maktabga aynan o’zi emas, balki shakllari o’zgartirilgan holda qo’l kelishi mumkin.

  • Agar bir maktab o’qituvchilari malaka oshirish kursiga qatnashsalar, o’z o’rnida ular tumanlaridagi boshqa maktab o’qituvchilari uchun monba bo’ladilar. Masalan, ular o’qituvchilar yoki ota-onolar majlislarida so’zga chiqishlari, joylarda o’qituvchilar uchun kichik malaka oshirish kurslarini tashkil etishlari mumkin.

  • hududdagi maktablar mahalliy ekspertlarni taklif etib, barcha o’qituvchilar uchun seminarlar uyushtirishlari mumkin. Bunday tadbirlar malaka oshirish kollejlari, universitetlari, maorif vazirligi yoki nodovlat tashkilotlarida bo’lishi mumkin. Boshqa maktablar bilan birga o’tkazilgan bunday tadbirlarga ko’pchilik jalb etiladi. O’qituvchilar o’rtasida aloqa rishtalari mustahkamlanadi.

  • Maxsus va oddiy maktablardagi o’qituvchilarning o’zaro almashishini tashkil etish mumkin. Bu turlicha - kontsertlar kabi ijtimoiy tadbirlarga borish va sa`nat, jismoniy tarbiya yoki musiqa kabi aniq fanlarni o’zaro kuzatish shaklida bo’lishi mumkin. SHuningdek, maxsus maktabning bo`zi o’quvchilari ma`lum bir muddotga oddiy maktabdagi darslarga yoki deyarli barcha darslarga qatnashsalar yaxshi bo’ladi. SHu kabi tadbirlarga bolalar ehtiyojlarining o’zgarishi deb qaralishi, bola bir yoki boshqa joyga ko’p yoki kamroq vaqtini o’tkazgani kelishi mumkin.

Misollar
Ummon, Iordan davlatlaridagi olti maktabda o’qituvchilarga madad guruhi o’z faoliyatini boshladi. Besh yil o’tgandan so’ng mazkur tadbirga yana o’nbitta maktab jalb etildi. Bu guruhning faoliyati qiyinchilik va yutuqlarni muhokoma etish orqali o’qituvchilarga yordam berishdon iborat. SHuningdek, o’qitish bilan bog’liq bo’lgan boshqa mutaxassislarning uchrashuvlarida ishtirok etib, o’z tajribolarini so’zlab beradilar. Har olti haftada bir marta ikki sootlik uchrashuv tashkil etiladi. har bir tadbirning bayoni yozilib, madad guruhi doirosiga kirodigan maktablarga yuboriladi. Muhokama etilgan masalalar - oto-onalarning boladagi qiyinchilikni tushunishlari, o’quvchilarni o’zi va tengdoshlariga ko’ra toifalash, yuqori sinfga o’tgan o’smirlar bilan qandoy munosabat o’rnatish, malaka oshirishni tashkil etish bo’yicha ehtiyojlar va oddiy maktablarda maxsus ehtiyojli bolalarni o’qitayotgan o’qituvchilarning jamiyatini tuzish kabilar dolzarb ahamiyatga molikdir.
Siz maktablarning bir-birlarini qo’llab-quvvatlaydigan boshqa yo’llar haqida fikr bildira olasizmi?
Bu fikrlarning qaysi biri tumaningizdagi maktablarda qo’llanishi mumkin?
Qism 2. Maktab madaniyati
Maktabda o’qituvchilar maxsus ehtiyojli o’quvchilarga ko’p jihatdan yordam bera oladilar. Ular oto-onalar, sog’liqni saqlash xodimlari, ijtimoiy xodimlar va nogironlar tashkilotlari bilan bir qatorda ishlashlari kerak.
Bu boshqacha so’z bilan aytganda, maktablar o’z madaniyatini o’zgartirishlari lozim. Ko’p davlatlarda maktablar tilga olingan guruhlar bilan mustahkam aloqa o’rnatgan emaslar.
Lekin bunday munosabatlar o’zgarmaydi
> Bolalarning hayotini osonlikcha «maktab hayoti», «uydagi hayot» va
«ijtimoiy hayot» ga bo’lish mumkin emas. Hayotining bir jabhasidagi - muammolar boshqa jabhaga ham ta`sir etadi.

  • Maktab bola hayotidagi bir davrni tashkil etadi. Maktabgacha bo’lgan davrda maktab va oilalar o’rtasida mustahkam aloqa o’rnatilishi kerak. SHy kabi, maktablar o’quvchilarini maktabdan keyingi hayotga tayyorlashlari zarur.

  • Jamiyatda muvaffaqiyat bilan hayot kechirish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalarni faqatgina maktabda hosil etishning iloji yo’q. Ularni jamiyatga etaklab kirishi kerak.

  • Ta`lim uchun ma`suliyat har bir kishida mavjuddir va bu ish faqat o’qituvchilarning zimmasiga yuklanishi o’rinli emas.

Maktabning nima uchun jamiyat bilan uzviy bog’liq bo’lishi zarurligi uchun yana qanday sabablar bor, deb o’ylaysiz?
Ilk qadam tashlab
Maktabning madaniyati va an`analari tezlikda o’zgarib qolmaydi. Bir shaxsning o’zi bu ishni uddalay olmaydi. Ta`sir kuchiga ega bo’lgan odamlar bu o’zgarishlarni amalga oshira oladilar. Bunday shaxslar:
- maktab rahbari
- maktab boshqarmasi xodimlari
-maktab inspektorlari
- maktabdagi katta o’qituvchilar
- mahalliy va markaziy doiradagi siyosatchilar
Lekin bu kabi nufuzli insonlar ham bunday o’zgarishlarni o’qituvchilar, ota-onalar va hatto o’quvchilarning ishtirokisiz amalga oshira olmaydilar.
O’zgarishlarni amalga oshirish uchun bu guruhar o’zaro muloqotda bo’lishlari kerok. YA`ni:

  • O’qituvchilar maktab va uning jamiyatda tutgan o’rni haqidagi fikrlarini uchrashuvlarda bildirib turishlari lozim.

  • Maktab boshqarmasi xodimlari o’qituvchilar bilan uchrashuvlar o’tkazib turishlari lozim.

  • Ota-onalar bilan uchrashuvlar o’tkazilib turilishi kerak.

  • Inspektor kabi maorif bo’limining rasmiy xodimlari bilan munozoralar o’tib turilishi lozim.

Natijada, maktabning keng jamootchilik bilan uzviy aloqasi haqida mutanosib yo’nalish ishlab chiqilishi mumkin. Bu kishilarga maktabda ro’y berayotgan o’zgarishlarni tushunishga yordam beradi. SHuningdek, bu individual o’qituvchilar uchun maktabda mehnat qilmasa ham uning faoliyatiga befarq qaromaydigan odamlar bilan ishlash uchun ham yo’l ochib beradi.
Misollar
Janubiy Afrikaning shahardan tashqaridagi maxsus maktabda jamiyat amalga oshirishiga mo’ljallangan lavha ustida ish olib borilyapti. Nogironlikka ogahpt dasturi amalga oshirilandi. Maxsus maktab o’qituvchilari oddiy maktablar bilan sahna o’yini uyushtirdilar. Bu o’yinga maxsus maktab va o’sho erdagi oddiy maktablarning bolalari jalb etildi. Ular yakshonbo kuni o’z erlaridagi cherkovdo sahna o’yinini ijro etdilar, ingliz va mahalliy zulu tilido bosma usul bilan «Nogironlik-layoqatsizlik emas» degan so’zlar bitilgan kiyimlarni kiyib olishgan yozuvni bostirdilar. Bu kiyimlar esa, jamoa ichida sotuvga ham qo’yildi. Ulardon bu kiyimni kiyishni iltimos qilishning hojati yo’q. Ular bu kiyimlarni turli yig’ilishlarda namoyish etmoqdalar.
Maktabingizda jamoa bilan aloqa bog’lash uchun aniq yo’nalish mavjudmi? Agar yo’q bo’lsa, Sizning bu yo’ldagi birinchi qadamingiz nimadan iborat bo’lar zdi?
Qism 3. Jamoa guruhlari
Ushbu qismda biz besh guruhning jamoada ishlashi haqida fikrlarni bayon etamiz. Balki Siz alla qachon ulardan biri bilan ishlayotgandirsiz, lekin urinib ko’rishingizga arziydigan boshqa fikrlar ham mavjuddir.
Ukituvchilar uchun ba`zi bir masalalar buyicha boshqa guruhlar bilan ishlash zarurdir.
Masalan:

  • Bolalarni maktabga olib borib qo’yish va qayta olib kelish. Jismoniy va ko’z qobiliyatda shikastlanishlar mavjud bo’lgan bolalar intellektual nogiron bolalarq kabi yolg’iz o’zlari maktabga boro olmaydilar. Ularning maktabga havf-xatarsiz kelib-ketishlarini ta`minlash kerak. Ba`zi bolalar uzoq yo’l yurib, maktabga charchagan ;qolda etib kelishlari mumkin.

  • Bolalarning salomatligi va jismoniy to’laqonligi masalasi boshqa odamlarning ham ma`suliyat doirasiga kirishi kerak.

  • Bolalar maktabni tugatgach, nima bo’ladi? O’qituvchilar ularga keyin ma`sul bo’lmasalar-da, bolalarni o’z ma`suliyatiga oluvchi odalllarga topshirmoqlari lozim.

Qo’shimcha qilib shuni aytish joyizki, boshqa odamlar bolalar va o’qituvchilarga o’qitish ishlarida yordam bera oladilar. SHunday qilib, o’qituvchilar jamoatchilik bilan hamkorlik qilishlari uchun juda salmoqli sabablar mavjuddir. Bu yumushlarni amalga oshirish bo’yicha bir necha fikrlar havala etiladi.
Oilalar bilan ishlash
Oila bolaning o’qishiga kotta qiziqish bilan qarasa, farzandning maktabdagi o’zlashtirishi yaxshi bo’ladi. Ba`zi ota-onalar yoki kattalar o’zlarini go’yo maktab ishlariga halaqit berganday sezib, o’hituvchilar bilan aloqa qilishni ixtiyor etmaydilar. YOki, ehtimol, ular maktabda yomon tajribani boshidan kechirgandirlar.
Ota-ona va buvi-buvalar bolani hammadan ko’ra yaxshi biladilar. Ular o’qituvchi yoki uning yordamchilariga foydali maslahat berishi mumkin bo’lgan yaxshi manbadirlar.
Maktablar ota-onalaryi xush ko’rishlari lozim, quyida bu xususda jahon miqyosida maktablar foydalanadigan ba`zi fikrlar aytiladi. Ba`zi ota-onalar bu ishga boshqalarga nisbaton ko’proq jalb etishlarini istaydilar. Ishtiyoqi bo’lgan ota-onalar bilan ish boshlang va ularni
shunga o’rgatingki, boshqalarni hom o’z saflariga qo’shib olsinlar. O’qituvchi bolaning ota-onasini kamido yiliga bir marta farzandining fanlarni o’zlashtirishini muhokama etish uchun taklif etadi.

  • Ota-onalar maxsus ehtiyojli bolalar uchun individual ta`limiy reja tuzishga jalb etiladi.

  • Bolalarning o’zlashtirishi haqidagi hisobotlar ota-onalarga har chorak yuboriladi.

  • O’qituvchilar bolaning oilasini ko’rish uchun tashrif buyuradilar. Bu esa ularga bolani uyda o’zini qanday tutishini bilish uchun imkon beradi.

  • Ota-onalar sinfga kelishga taklif etiladilar. Ular darsda o’qitish uslublarini kuzatadilar.

  • Ota-onalar maktablarga amaliy yordam berish va maxsus tadbir va madaniyat festivallarida faol qatnashish orqali madaniyat va etnik turfalikni boyitishga salmoqli hissa qo’shadilar.

  • Ota-onalar bolalarning uy vazifalarini tushunishlari va bajarishlari uchun yordam berishlari kerak. Ulardan bolaning ishiga imzo chekishni ham so’rash mumkin.

  • Uy va maktab o’rtasidagi har kuni yoki haftasiga bir marta olib yuradi. O’qituvchi va ota-onalar bolaning maktabda va xonadonda o’zini tutishi, hatti-)5arakatlari to’g’risida o’zaro mo`lumot almashib turadilar.

  • Ota-onalardan sport, xorda qatnashish va ekskursiyalar kabi maktabdan tashqari mashg’ulotlarni o’tkazish uchun yordam so’raladi.

  • Ota-onalar uchun qisqa moloka oshirish kurslari tashkil etilishi mumkin.

  • Ular nogiron bolalarning ota-onalari uchun tuzilgan milliy uyushmolar bilan aloqa bog’lashlari mumkin. Ko’pincho ular ota-onalarga yuboradigan bukletlarga ham ega bo’ladilar. Ularning oto-onalar yig’ilib turadigan mahalliy shahobchalari ham bo’lishi mumkin.

  • Nogiron bolalari bo’lgan ota-onalarga mahalliy uyushmalarni tashkil etishda yordam beriladi. Ular bir-birlaridan ko’p narsalarni o’rganishlari mumkin. Bu uyushmalarga tashrif buyurganlar esa, guruh a`zolari bilan suhbatlashib, savallariga javab bera olodilar.

  • Ota-onalarning vakillari maktabni boshqarishga ham jalb etilishlari mumkin.

Nogironlar tashkilotlari
Nogironlar tashkilotlarining ikki turi mavjuddir. Birinchisining faoliyatini sog’lom odomlar yuritadilar. Ular jamg’armalar tashkil etadilar, insonga hayri - ehsonlar qilib, bolalar va kattalar uchun turli xizmot ko’rsotadilar.
Ikkinchisining faoliyatini nogironlar yuritadilar. Ularning maqsadi jamg’armalar tuzish yoki xizmat ko’rsatishdon ko’ra ko’pincha nogiron odamlarning huquqlarini himoya qilishdan iborot. SHunga qaramasdan, ko’pchilik bu tashkilot a`zolari uchun o’qishlar tashkil etib, o’z yordamlarini ayamaydi.
SHuningdek, turlicha nogiron bo’lgan bolalarning ota-onalari ham uyushmalarga birlashadilar. Uyushmalar o’z o`zolariga uchrashuvlar va nashrlar orqali ma`lumot etkazib, maslahatlar beradilar. Ular turli xizmat shakllarini, mosalan, maktabgacha tarbiya yoki hunar o’rganish bo’yicha tashkil eta oladilar.
Bu kabi uyushmalar asosan markaziy shaharlarda tuziladi. Ba`zilarining mamlakot uzra shahobchalari ham mavjuddir.
Ko’pincha har bir uyushma nogironlikka o’z e`tiborini qoratodi. Ba`zi davlatlarda nogironlar tashkilotlarining federatsiyasi tuzilib, ular teng xuquqli bo’lish, yaxshiroq xizmat ko’rsatish va jamoatchilikka nogironlar haqida ma`lumot etkazib berishni maqsad qilib qo’yganlar.
Maktablar bilan nogironlar tashkilotlari yoki oto-onalar uyushmalari o’rtasidagi mustahkam aloqalarning o’rnatilishida quyidagi ijobiy xususiyatlar mavjuddir:

  • Uyushmalar o’quvchilarga ma`lum nogironliklar bilan qanday ishlash mumkinligi haqida maslahat va qo’llonmalar berishlari mumkin.

  • Ular ota-onalarni ma`lumotlar bitilgan varaqalar bilan ta`minlashlari mumkin.

  • Ular o’quvchilarni maktab yoki uydo yordam bera oladigan maxsus jihoz va qurilmalar bilan ta`minloy oladilar.

Uyushma a`zolari o’qituvchi va ota-onalarning bilimlarini oshirish uchun o’qishlar uyushtira oladilar. Masalan, kar odamlar imo-ishorali tilni o’rgatishlari mumkin.


Uyushma a`zolari nogiron yoshlarga ibrat uchun namuna bo’lo oladilar. Maktab bitiruvchilari uyushmalarga jolb etilib, tashkil etilgan kurslarda o’qishni dovam ettirishlari mumkin.
Uyushmalar maktablar uchun mahoppt yoki xalqaro pul jamg’ormolarini tashkiq etishlari mumkin.

  • YOshi katta nogironlarni o’quvchi va o’qituvchilar bilan uchrashuvlarga taklif eting.

  • YAshash joyingizdo nogiron odamlardan iborat bo’lib, o’z-o’ziga yordam beradigan guruhni tashkil etish tashabbusini o’rtaga tashlang. Jamoatchilik bu ishda Sizga yordam beradi.

  • Ota-onalar uyushmalarining tuzilishi bolalar ehtiyojlarini qondirishda maktablarga har tomonlama yordam va madad beradi.

Misol
Nenio - qulog’i eshitmaydigan o’quvchi SHvetsariyadagi mahalliy o’rta maktabga qatnar edi. To’rtinchi sinfda unda ba`zi fanlarni tushunishda qiyinchiliklar paydo bo’ldi, o’qituvchilar unga yordam berishga harakat qildilar. Ota-onasi o’g’lini etaklab maorif vazirligidagi maxsus muvafiqloshtiruvchining huzuriga bordilar. Bu erda o’tkazilgan seminar ishtirokchilari eshitish qobiliyatido shikastlonishlari mavjud odamlardagi muammolar va Nenio kabi o’quvchilarning oddiy maktablarda duch keladigan qiyinchiliklar haqida ko’p narsalarni bilib oldilar. SHuningdek, ota-onalarga imo-ishorali tilning asoslari haqida ma`lumotlar va ayrim moslohatlar berildi. Seminardan so’ng o’qituvchilar ko’p ma`lumotlarga ega bo’ldilar, Nenio esa yuqori sinfda o’qishini muvaffaqiyatli davam ettirdi. Hozir u universitetda o’qish niyatida, shu vaqtning ichida karate bo’yicha qora kamar egasi bo’ldi va u erkaklar modeli sifatida ishlash uchun ham vaqt topadi.
YAna qanday vasitalar maktablarni nogironlar tashkilotlari va ota-onalar uyushmalari bilan bog’lab turadi?
YAshash joyingizda qanday fikrlarni amalga oshirishga o’rgandingiz?
Jamoa madadkorlari
Maxsus ehtiyojlari mavjud yosh odamlar jomiyatda o’z o’rinlarini topishlari qiyindir. Maktabni tugatgach, bu ayniqsa yahol seziladi. Maktab bitiruvchilari uchun umumiy muammolar quyidagilar:

  • Ishsizlik

  • Do’stlarning kamligi va o’ziga jufti-halolni topish qiyinchiligi

  • Uzlariga taalluqli turar-joyning yo’qligi

Maktablar maxsus ehtiyojlari movjud o’smirlarga bu masalalarni hop etishga yordam berish uchun biror narsa qila oladilarmi? Jahon bo’yicho bu savalga javab bor: ha, qila oladilar! eng muhimi, o’qit/vchilar maktabdan tashqariga ham nozor toshlab, yoshlarga modad beruvchi insonlar bilan hamkorlik qilishlari zorur.
Agar maktab bitiruvchilari ish bilan ta`minlonsalar, ular uchun do’stlar orttirish va o’zlarining uylariga ega bo’lish imkoniyati yaratilar edi.
Quyida biz bu ishni amolga oshirish uchun o’qituvchilar foydalanayotgan
ba`zi yo’llarni namuna toriqasida havola etmoqchimiz.
Hunar darslari: ko’pgina o’rta maktablar maxsus ehtiyojli o’quvchilar uchun amaliy dasturni yanada takomilloshtirganlar. Bu dastur nozoriy ko’nikmalardon ko’ra hayotiy ko’nikmalarni hosip etish va mustahkamlashga qaratilgandir. Uquvchilar o’z kiyimlarini yuvish, ovqat tayyorlash kabi kundalik yumushlarni qilishni o’rganadilar. SHuningdek, ular ba`zi hunarlarni egalloydilar. Tiklash, durodgarlik kabi hunarlar misol bo’la oladi.
Kasbiy ko’nikmalar jamiyat ehtiyojlariga javob berishi kerak. Ular pul bilan to’g’ri munosabatda bo’lishga ham o’rgatiladi. Jamootchi valontyorlar ushbu dasturlarni bajarishga yordam beradilar.
Ish tajribasi o’qituvchilar yoshlarga o’z hunar va tajribasini o’rgata oladigan ish beruvchi todbirkorni izlaydilar. Ularga ish haqi to’lanmaydi, lekin tadbirkor o’quvchilarning qo’lidan keladigan bir necho ishlarni o’rgatishi kerak bo’lodilar. Bu o’smirda o’ziga ishonch tuyg’usini uyg’otib, hayotda kutilmagan sharoitlarga tushib qolgan taqdirda, o’zini tuto bilishni o’rgatadi.
Kasb-zqnar ta`limi Maktab bitiruvchilarini ishga o’rgatuvchi kurslarga jolb etish mumkin. Agar bu morkazlar oldin nogironlarni olmagan bo’lsalar, ularga biroz yordam va modod zarur. Bitiruvchilar ishchilar va ustozlar bilan tanishish maqsodido qisqartirilgan ish kuni asosida mehnat qilishlari mumkin.
Oilaviy tadbirkorlik Ota-onalar farzandiga o’z biznesini boshlash yoki oilaviy biznesga yordam berish uchun yo’l qo’yadilar. Bu o’smirlikdon boshlonib, bolada avval eslatib o’tilgandek, hayotiy ko’nikmolarni rivajlantirishga yordam beradi.
Keyingi ta`lim "SHaxsning ish topish imkoniyatlari uning keyinchalik ta`lim olishiga bog’liqdir. Maxsus ehtiyojli yoshlarni kollej yoki universitetlarga kirishga yo’naltirish kerak.
Ish topish Maxsus ehtiyojli yoshlar boshqo tengdoshlari qatori ishga kirishlari kerak. Lekin ular mehnot qilish uchun zarur ko’nikmalarni
va ishni bajarish imkoniyatlarini bilishlari lozim. Ularga ishga kirish
oldidan varaqa to’ldirishni va suhbatdan o’tishni o’rgatish kerak.
Ezuv yosh odamlar quyidagi imkoniyatlardon foydalana olsalar, o’zlarini ijtimoiy to’loqonli, deb hisoblashlari mumkin. Bunga shaxsiy ehtiyojlarini o’zlari qondirib, muloqot qila olish, ommaviy transport vasitalaridan foydalana va pulni tuta bilish kiradi.
Misol
Zambiyaning Lyuzaka shahrida yosh odamlar kasb-hunar tayyorgarlik dasturlariga muntazam jalb etilganlar. Bu yashash joylardagi bir yillik kurslar bo’lib, yoshlar ish faoliyatining turli tizimida birorta hunarni tanlab olishlari mumkin. Bu - to’qish, tikish, temirchilik va qishloqda hayvanlarni boqish qilish. Ular, shuningdek, mahalliy fermer va tadbirkorlar bilan mehnat qilish masalasi ustida ham o’ylaydilar. Qishloq joylarida yashovchilarga ham o’z pul jamg’armasini tuzish uchun xodimlar madad beradilar.
Maxsus ehtiyojlari mavjud yosh odamlarni ish topishga tayyorlash uchun maktabingizda qanday ishlar qilinmoqda?
Bu ishni yaxshiroq amalga oshirish uchun sizga kim yordam bera oladi?
Hamkorlikda ishlash o’qituvchilar oldiga qo’shimcha talablar qo’yadi. Lekin Siz o’quvchilaringiz uchun qancha ko’p imkoniyatlar yarata olsangiz, undan ming chandon ziyod rag’batlanasiz. SHu yo’sinda faoliyat ko’rsatuvchi o’qituvchilar o’z ishlaridan ma`naviy qoniqish hosil qilodilar. Masalan, tonzaniyalik o’qituvchilarning fikricha, mahalliy jamootchilik va hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlayotgan maktablar yaxshiroq mavqega ega, jihoz, havfsizlik vasitalari bilan ta`minlanadilar.
> O’qituvchilar o’zlarini bunday ishlashga o’rgatilmagan deb his etishlari mumkin. Bu haqiqatdir. Lekin endi ko’p o’qituvchilar o’zlari
o’rganmoqdalar! Tajribali o’qituvchi boshqolarni bu ishga etaklashi
va ularga madad berishi mumkin.
> Ushbu bo’limda bayon etilgan fikrlarning ro’yobga chiqishidan maktabdagi barcha o’qituvchilar bahramond bo’ladilar. Bu fikrlar faqat maxsus ehtiyojli bolalarga qaratilgan emas.
> Bu yondashuvlar maktab va o’qituvchilarni o’z o’rni hamda vazifalarini qayta ko’rib chiqishga undaydilar. Ular maktablarga katta umid bog’laydilar. Ularning erishgan yutug’ini tekshirish osondir.
O’qituvchilar mehnati o’quvchilarning maktabda va maktabni bitirgandan
so’ng yanada baxtliroq, yanodo to’laqonli bilan hoyot kechirishlarido
notija berdimi?
O’zaro aloqa o’rnatish
YAkuniy faoliyatda Sizga o’qituvchi sifatida maktabingiz jamoasidagi boshqa guruhlar bilan o’zaro qanday bog’langanligingiz haqida savol beriladi. Bu maktabdagi barcha o’qituvchilarga ham qaratilgan savoldir. Maxsus ehtiyojlari mavjud bolalar bilan olib boriladigan faoliyat hammamizdan bir tan bir jon bo’lib ishlashni talab etadi!
Ushbu bo’limda savollarga javoblaringizni qayta o’qib chiqing Sizning maktabingiz ushbu bo’limda nomi qayd etilgan qaysi rypyhlap bilan qay tarzda bog’langandir?

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin