O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti


-MAVZU: NOGIRON BOLALAR VA O‘SMIRLARNI TARBIYALAYOTGAN OILALAR BILAN IJTIMOIY ISH OLIB BORISHNING TEXNOLOGIYALARI



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə33/37
tarix20.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#88849
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
7-MAVZU: NOGIRON BOLALAR VA O‘SMIRLARNI TARBIYALAYOTGAN OILALAR BILAN IJTIMOIY ISH OLIB BORISHNING TEXNOLOGIYALARI
Reja:
1.Imkoniyati cheklangan bolalardagi noto’kislik va uni yuqotish choralari.
2. O’zaro muloqot va rag’batlantirish.
3. ehtiyojlarni baholash turlari.
Barcha bolalalar mehr muhabbatga, kimgadir yaqin bo’lmoq, xotirjamlik, yaxshi ovqat, sog’lom muhit va yashash joyi kabi asosiy ehtiyojlarga muhtoj. Agar shu ehtiyojlarning birortasi bo’lmasa, yoki to’kis bo’lmasa, bolalarning o’sib ulg’ayishi sustlashishi mumkin. Oddiy misol tariqasida ularning bilim olish qobiliyatining pasayib ketishini ham aytish mumkin. SHuning uchun ham o’qituvchilar va maktablar o’z o’quvchilarining asosiy ehtiyojlari to’liq bo’lmagani sababli, ularning o’sish va rivajalanishlari sustlashib ketmasliklariga ishonch hosil qilmoqlari darkor.
Nogiron bolalarning ko’p qismida asosiy ehtiyojlari to’kis emas. Ularga o’zlari so’ramaganlari uchun ovqat etorlicha berilmasligi mumkin; ularinng sog’ligidagi boshqa biror o’zgarishlar ulardagi majruhlikning hisobidan degan fikr nuqtai nazaridan etorlicha e`tibor berilmaydi yoki boshqacha bo’lganlari uchun ularga etarlicha qlehr muhabbot, muruvvat ko’rsatilmaydi.
Bolaning noto’kislik illatlarini uning atrof muhitidan qanday qilib olib tashlaymiz?
Bu savolga javob aniq - yaxshi ovqat, bexovatir yashash joyi, tozo suv, sog’ligini asraguvchi va mehribon, dava beruvchi insonlar zarur. Maktablar yakka holda bu muammoni echa olmaydilar, lekin shu bilan mumkin. Agar bolalarning ma`naviy ehtiyojlariga etarli e`tibor berilmasa, ularning bilim olib qobiliyati sustlashib ketadi.
1. O’zini bexavatir va xavfsiz his etish zaruriyati
Barcha bolalar yoshi kattalar yoki ularni davalovchi yoshi kattalar bilan yaqin, samimiy va mehr-muhabbatga to’la bo’lgan munosabatga muhtojdirlar, bu esa boladagi xavfsizlik, o’ziga ishonch va boshqa odamlar, umuman butun olam bilan muloqot qila olish qobiliyatini rivajlantirishning asosiy zaminidir.
Bolalar bilan shug’ullanuvchi odamlar o’z harakat va so’zlarida muhim bo’lsalar, ular bexavatirlik his-tuyg’usiga ega bo’ladilar. SHuningdek, ular insonlararo munosabatlarni anglab, to’g’ri va noto’g’ri narsalarni ajratish ko’nikmalarini rivajlantiradilar.
Ma`lum qoida va cheklanishlar bolaga aniq - ravshan tushuntirilishi va izohlanishi zarur. Bola bilan shug’ullanuvchi shaxslar bolaning hulqidan ko’zlagan natijalarida juda sabrli bo’lmoqlari dorkor.
Oiladagi g’azab va kamsitish bolaning ichki dunyosi shakllanishiga salbiy ta`sirini ko’rsatadi. SHunisi muhimki, bola g’azab va norozilikni muvafiq tarzda izohlay olishni o’rganadi.
2. O’zaro muloqot va rag’batlantirish
Bola ongining tanasiga monand o’sishi uchun yordam berish zarurdir. Ong o’sishi uchun eng muhim uchta «ozuqa» mavjuddir bu- til, o’yin va mehr-muhabbatdir.
Bola dunyoga kelgan ilk oylaridanoq yaxshi so’zga muhtoj, uni bag’ringizga olishni, unga jilmayishni, uni tinglashni, ovaz yoki harakat orqali javab berishga undashingizni yoqtiradi. Barcha bolalar boshqa odamlar bilan muloqot qilishlari kerak. Ular odamlarni jajji qo’llari bilan ushlab his etishlari, ular bilan so’zlashishlari, birga kulishlari, ularga jilmoyishlari, javab berishlari va ulardan javab olishlari zorur.
E`tiborning kam bo’lishi bolani baxtsiz qiladi. e`tiborsiz qolgan bola hayotda qiziqishni yo’qotadi, ishtahasi bo’g’iladi, ongi yoki tanasi normol holatda rivajlanmaydi.
Bolalar faoliyat ko’rsatish orqali o’rganadilar. Bola o’sar ekan, u izlanishi va o’ynashi zarur. O’yin maqsadsiz bo’lmaydi. U o’sishning eng muhim qismlaridan biri bo’lib, gapirish va yurishni o’z ichiga olgan aqliy, ijtimoiy va jismoniy ko’nikmalarni rivajlanishiga yordam beradi. U bolalarga qiziquvchan, bilarmon va ishonchli bo’lib o’sishga yordam beradi. U maktab fooliyati va kelajakdagi zarur ko’nikmalarni o’rganish uchun zamin yaratadi.
O’yin har doim ham muommolarni echish yoki ko’zlagan katta maqsadga erishishga vasita bo’la oladi degan ma`noni anglatmaydi. Ota-onalar va bola bilan shug’ullanuvchilar o’yinni turli materiallar va fikrlar bilan boyitib, yo’naltira olishlari zarur. O’yin materiallari qimmat bo’lishi shart emas. Bo’sh qutilar yoki uydagi ba`zi buyumlar qimmatli o’yinchoqlar kabi yaxshidir. Tasavvurli o’yin, masalan, bolalar katta yoshdagilarga o’xshamoqchi bo’lganlarida, ularning rivajlanishida juda muhimdir.
Bolalarning ijodiy rivojlanishlariga yordam berish zarur. Bolalar muammolar echimini topishda va qaysi echim eng yaxshi ekanligi haqida bir qarorga kelishda aynan ularni tanloshlariga muxojdirlar. Bola o’zining fikr va qarorlarini amalga oshirishni va xavfsizlikda nima bo’lishini ko’rishi zarur.
Qo’shiqlar aytish va she`rlar yodlash, rasmlar chizish va baland ovaz bilan himoya so’zlab berish bola ongining o’sishga yordam berib, ularni o’qish va yozishga tayyorlaydi.
Barcha bolalar kundalik oilaviy va uy ishlarida ishtirok etish orqali o’rganadilar. Maxsus ehtiyojlari bo’lgan bolalar ham bunday ishlarga o’z hissalarini qo’shishlari zarur. Agar oila bu ishlarni engillashtirib, kundalik hayotning ijtimoiy mazmunini ularga ijodiy yondashgan holda etkazib bera olishning uddasidan chiqa olsa, albatta.
Sog’lom o’sish uchun barcha bolalarning harakatlarini maqtash va ularni tan olish zarurdir.
Bolalar o’zlarini bexavatir va xavfsiz his etishlari, ulariing o’zaro harakat va rag’batlantirishlarga bo’lgan ehtiyojlari bilan ta`minlash uchun maktablar nimalarga qodir?
Bu xususda maktablar kim bilan ishlashlari mumkin? O’qituvchilar bolalarning harakatlarini maqtashlari lozim. Siz biror boshqa fikr qo’sha olasizmi?
Suhbatlashish, o’ynash va mehr-muhabbat bilan munosabatda bo’lish bolaning jismoniy, aqliy va ma`naviy o’sish jarayonida ahamiyati bebahodir.
Nima uchun biz noto’kislikni kamaytirishga harakat qilishimiz lozim yoki nima sababdan 6u xususda bezovtalik bor?
Nima uchun ba`zi bolalar kechirayotgan noto’kislik yoki nogironlikni kamaytirishga biz harakat qilishimiz lozim? Bu qismda biz bu savalga bir necha javablarni taqdim etamiz. e`tibor bering, biz «kamaytirishga harakat qilamiz» degan iborani ishlatamiz. Biz shu narsani aniqladikki, ba`zi bolalardagi nogironlik yoki noto’kisliklarni kamaytirish imkoniyati bo’lmas ekan.

  • Ehtimol, muommolar haddan ziyod murakkabdir- boladagi shikastlanish juda ayanchli yoki ular juda kambag’aldir.

  • Ehtimol, ish uchun vaqt va manbalarni topish juda qiyindir.

  • Ehtimol, yordam berishni istagan insonlar yo’rdir.

Bu ishni qila olmasligimizga ko’p sabablar mavjud. Lekin bu harakatni to’xtatib qo’yish kerak degani emas! Harakat qilish uchun sabablar ustunlik qiladi.
Ishtirok etish huquqi
Jahondagi barcha mamlakatlarda nogironlarga ko’pincha oddiy insonlardan pastroq pog’onada deb munosabat bildirilgan va ular jamiyatda katta mavqega sazovar emaslar deb hisoblanib kelgan. Bugungi kunda bu munosabat bunday shaxslarni hurmat qilish bilan o’zgardi. Birlashgan Millatlarning Nogiron SHaxslar huquqlari to’g’risidagi Deklaratsiyasida (1975) ta`kidlanadi:
Nogironlar shaxsiyatini hurmat qilish huquqi ularda tug’ilishdan movjud bo’ladi. Nogironlikning kelib chiqishi, tabiati va jiddiylik darajosidan qat`iy nazar, fuqaro o’z yoshidagi tengdoshlari bilan bir xil xuquqlarga egadirlarkim, shu bilan birga ular mumkin qadar to’laqonli yaxshi hayot kechirish huquqiga ham egadirlar. (Modda 3)
SHuningdek, jahon davlatlari barcha bolalarga majruhik va atrof muhitidan qat`iy nazar shu Huquqlari taalluqlidir degan fikr yuzasidan hamjihatlik bildirdilar. SHunga ko’ra, Bola huquqlari bo’yicha Konventsiyada (1989) quyidagilar ta`kidlanadi:
Nogiron bolaning maxsus ehtiyojlarini aniqlab, uni ijtimoiy hayotga qo’shilishi va shaxs sifatida rivajlana olishga etaklovchi vasita hisoblanadigan ta`lim olishiga har tomonlama yordam berilishi lozim. (Modda 23)
Har ikkala deklaratsiyadan shu narsani aniq tushunish mumkinki, fuqarolar uchun jamiyat hayotida to’liq ishtirok etish, ayniqsa bolalar uchun uning madaniyatga hamohang bo’lib o’sish, uning boyligidan bahra olish, unga ishonish va rivajlanishga o’z hissasini qo’shishning ahamiyati beqiyosdir. Bolalarda o’ziga xoslik, atrof muhiitga bog’lanish kabi tuyg’ularni uyg’otish va kuchaytirish ayniqsa muhimdir.
Oila, maktab va jamoa vakillari bunday ishni bajarishda jamiyatning birlamchi vasitalari hisoblanadilar. Lekin ular o’z oilasi va jamoasining ijtimoiy jihatdan tarkibiy qismi bo’lib, uning hayotida faol ishtirok etsalargina, bu fikr amalga oshishi mumkin.
YUqorida bayon etilgan fikrlar jamiyatlardagi chetlab o’tilgan boshqa guruhlarar: sayohatchilar, (etnik jihatdan kamchilikni tashkil etgan guruh) va qochoqlarga ham tegishlidir. Agar bolalarning o’z jamoalari va butun jamiyat ijtimoiy hayotiga jalb etish imkoniyatlari rad etilsa, ularning to’kis inson sifatida to’laqonli hayot kechirish imkoniyatlari keskin kamayadi.
Ta`lim olish huquqi
Birlashgan Millatlar Bosh Assombleyasi 1993 yildo Nogiron shaxslar imkoniyatlarini tenglashtirish bo’yicha standart qoidalarni qabul qildi. Qoidada bayon etilishicha:
Davlatlar nogiron bolalar, yoshlar va kattalar uchun jamoa o’rtasidagi muhitda boshlang’ich, o’rta va uchinchi darajali ta`lim printsipini tan olmoqlari zarur. Ular nogiron shaxslar ta`lim olishlarini maorif tizimining ajralmas qismi sifatida ta`minlashlari zarur.
YUNESKO (Birlashgan Millatlarning Ta`lim, Fan va Madaniyat Tashkiloti) 1994 yildo Maxsus ehtiyojlar bo’yicha Umum Jahon Konferentsiyasida qobul qilingan «Salomonka Bayonoti va Ish Faoliyati Rejasi»ni nashrdon chiqardi.
Bu hujjatda huquqlar bo’yicha bayonotlar mazmunlarini yorituvchi fikrlar bayon etilgan. Hujjatda ta`kidlanishicha:

  • Har bir bola ta`lim olish va o’ziga muvafiq darajada bilimga erishish huquqiga ega.

  • Maorif tizim va ta`limiy dasturlar turli xususiyat va ehtiyojlarni hisobga olgan holda tuzilib, shu ishga yo’naltirilsin. Maxsus ehtiyojlari mavjud bo’lgan bolalar uchun oddiy maktablarga borish imkoni yaratilsin.

  • Maxsus ehtiyojlari mavjud bolalar bilan ishlash oddiy maktablarning ish faoliyati doirasiga kirar ekan, bunday yo’nalish quyidagi maqsadlarga erishishning eng samarali vasitasi bo’la oladi:

I ajratib qo’yish illotiga qarshi kurash,
I do’stona, insonparvar jomoalarni yarotish, o’z tarkibiga maxsus ehtiyojlari bo’lgan shaxslarni olgan jamiyatni qurish, barchaning ta`lim olishiga erishish.
YUqoridagilarga qo’shimcha ravishda shuni aytish mumkinki, oddiy maktablarda bolalarning ko’p qismi samarali ta`lim berish, umumiy ta`lim tizimi bo’yicha shu faoliyatning samoradorligini oshiradi.
Hamma uchun Ta`lim shiori deganda nogiron bo’lgan yoki jamiyat ichida ajratib qo’yilgan guruhlardan kelib chihan bolalarning ham ta`lim olishini tushunishimiz kerak.
Ehtiyojlarni baholash
Bu bo’lim bilan ishlab, Siz quyidagilarni bilib olasiz:
Bolaning bo’lishi mumkin bo’lgan eshitish, ko’rish qobiliyatidagi muammolar- yoki ruhiy nogironlikdan dololat beruvchi belgilar.
Bunday shikastlanishlarning umumiy sabablari.
Bunday bolalarning ehtiyojlarini ta`minlash uchun sinf xonalari va o’qitish uslublarini moslashtirish yo’llari. Takliflarning ko’p qismi sinfdagi barcha bolalarning yaxshiroq o’qishlari uchun yordam beradi.
Lozim bo’lgan taqdirda qaysi mutaxassisga murojaat etish mumkin.
Dasturni moslashtirish rejasi.
Bolalarning ta`lim olishida o’n uchta xastalik yoki sharoitlar.
Bo’lim uch qismdan iborat.
Qism 1. ehtiyojlarni aniqlash.
Bu qismda biz to’rtta eng ko’p uchraydigan shikastlanishlar-eshitish ko’rish kabi qobiliyati shikastlanishi, ruhiy nogironlik va tserebral falaj xastaliklarini ko’rib chiqamiz. Har bir nogironlik shakli uchun quyidagi jadvalga amal qilamiz.
Kasallikdan dololat beruvchi belgilarini tasvirlaymiz;
Bo’lish ehtimoli bo’lgan sabablarni qisqacha izohaymiz;
O’qituvchilar amalga oshira oladigan tadbirlarni tasvirlaymiz;
Bu harakatlar quyidagi guruhlarga bo’linadi: O’qituvchi o’z sinfini moslashtirish ishlari;
Bolalarni ta`lim olishlarda yordam berishi mumkin bo’lgan o’qitish uslublari. O’qituvchilarga maslahat va yordam bera olishi mumkin bo’lgan mutaxassislar.
SHuningdek, biz oddiy sinflarda o’qiyotgan ehtiyojli o’quvchilar hayotidan misollar keltiramiz.
Qism 2. Dasturni moslashtirish.
Ikkinchi qism maktab dasturiga va o’qituvchilarning o’sha dasturni o’quvchilarga qanday qilib moslashtirish masalasiga bag’ishlangan. Biz o’qituvchilar o’zgartirishga jazm qilgan dasturning loyihasini taqdim etamiz.
Qism 3. Umumiy bo’lgan kasallik va shikastlanishlar.
YAkuniy qism bolalardagi bo’lishi mumkin bo’lgan boshqa sharoitlarning qisqacha tasvirini beradi.
1. ehtiyojlarni aniqlash
Ba`zi bolalardagi nuqsonlar ko’zga yahol tashlanib turadi. Agar ular ozg’in yoki haddon tashqari semiz bo’lsa, bu ko’zga tashlanadi. SHu kabi, Siz darhol ularning qo’l-oyoqlarining harakatlarini boshqara olishda halaqit beruvchi biror bir shikastlanishni payqab olasiz.
Bu holatda bola maktabda qanday yordamga muhtojligi ayondir.
Masalan
Bola yura olmagani sababli nogironlar aravachasidan foydalanishga majbur. O’quvchining maktabga kelishini osonlashtirish uchun maktablar nima qilishlari lozim?
Siz bunday bolalar uchun sinf xonalari birinchi qavatda bo’lishi lozim ekanligini payqagandirsiz; sinf ostonalari baland bo’lsa, ularni pastroq qilib moslashtirish, (bu esa mahalliy jamoaning yordami bilan qilinishi mumkin) partalarni kursilarning harakatiga va hojatga borish uchun qulay qilib doira shaklida o’rnatish maqsadga muvafiqdir. Albatta, bu ishlarning barchasi maktabdagi hamma uchun, hatto yurishga qiynaladigan o’qituvchilar uchun ham ancha qulaydir! Odatda jismoniy nogiron bo’lgan bolalarda jiddiy qiyinchiliklar ta`lim olishda emas, balki ular maktab va sinflarga kirishda, ba`zan esa yozish va o’qishlarida yordamchi moslamalariga muhtoj bo’lishlarida sezilishi mumkin.
SHunga qaramay, ba`zi shikastlanishlar ko’zga tashlanmaydi. Ba`zan bolada hech qanday muammo yo’qdek tuyuladi. SHunga ko’ra o’qituvchilar, va maktablar ham o’z ish shakllarini moslashtirish haqida o’ylab ham ko’rmasliklari mumkin. Bo’limning bu qismida biz oila va o’qituvchilar sezmay qolishlari mumkin bo’lgan umumiy uchta shikastlanishi mavjud bolalar: eshitish qobiliyatidagi qiyinchiliklari bo’lgan bolalar; ko’rish qobiliyatidagi qiyinchiliklari va ta`lim olishda muammolari bo’lgan bolalarga e`tiboringizni qaratamiz. Jismoniy nogironliklar bilan bir qatorda, bunday shikastlanishlarga oddiy maktab o’qituvchilari ham duch kelishlari mumkin.
Esda tuting:

  • Ba`zi bolalarda bittadan ortiq shikastlanish bo’lishi mumkin.

  • Bunday shikastlanishning ko’p qismini bola birinchi marta maktabga kelganida aniqlash mumkin. SHunga ko’ra, maktabning boshlang’ichgacha ta`lim va boshlang’ich sinf o’qituvchilari 1-qismni ayniqsa e`tibor bilan o’qishlari lozim. Oila, sog’liqni qayta tiklash xodimlari bilan maslahatlashishingizni so’raymiz. Balki ularda Sizga yordam beruvchi ma`lumotlar bo’lishi mumkin.

  • O’qituvchilar uchun bolaning nogironlik xususiyatlari bilan birgalikda qobiliyatidagi ijobiy xususiyatlarini aniqlab olish juda muhimdir.

  • SHikastlanishlar mavjud bo’lgan bolalar sinfdan boshqa sinfga o’tganda o’qituvchilar o’z o’quvchilari haqida ma`lumot berishlari lozim. Ba`zan bola katta bo’lar ekan, undagi shikastlanishlar ham og’irlashishi mumkin bo’lsa, boshqa bolalar katta bo’lishlari bilan ularda muammo paydo bo’la boshlaydi. O’rta maktab o’qituvchilari bunday vaziyatlarning kelib chiqishiga ogah bo’lmoqliklari lozim.

Eshitish qobiliyatidagi nuqsonlar
Biz «eshitish qobiliyatidagi nuqson» degan iborani ishlatamiz, lekin yana «yomon eshitish» yoki «kar bo’lmoq» degan birikmalar ham mavjuddir. Ko’pincha, eshitish qobiliyatida qiyinchiliklari bor bo’lgan bolalarni bilmay qolamiz, bizning nazarimizda ular eshitayotgandek tuyuladi. Bolalar bizga eshitish qobiliyatidagi muammolarini aytib bera olmaydilar, chunki ular yaxshi eshitish qanday bo’lishini o’zlari hali bilmasliklari mumkin-da! eshitish qobiliyatining sustlashishi butkul eshitmaslik (karlik)ka nisbatan maktab o’quvchilarida ko’proq uchraydi. SHuni esda tutish lozimki, agar bolaning boshi shamollashga moyil bo’lsa, tez-tez quloqlari og’rib tursa, bunday holatlar ham eshitish qobiliyatiga ta`sir etadi.
Bizning e`tiborimiz asosan tug’ma kar bo’lgan yoki hayotining ilk yoshlarida, gapirish, o’qish va yozishni o’rgangandan so’ng kar bo’lib qolganlarga qaratilgandir.
Ogah beruvchi belgilar. Biz eshitish qobiliyatidagi shikastlanishlarning ba`zi umumiy belgilarini aytib o’tdik. Lekin bu belgilar bolada aniq eshitish qobiliyatida shikastlanish bor degan ma`noni anglatmaydi. Bolaning hulqida Sizni xavotirga soluvchi boshqa sabab ham bo’lishi mumkin. Siz o’z fikrlaringizni ota-onalarga etkazishingiz kerak. Ular keyinchalik bolaning eshitish qobiliyatida qiyinchiligi haqidagi shubhangizni tarqatuvchi ma`lumot berishlari mumkin. e`tiborsizlik: agar o’quvchi darsda e`tiborsiz o’tirsa, ehtimol, u aytilgan narsani eshitmagan yoki bola eshitayotgan tovushlar noto’g’ri talaffuz etilgan bo’lishi mumkin, shu sabablarga ko’ra, bola yoki o’qituvchining gaplaridan chalg’igan, yoki eshitishni hohlamagan bo’ladi. Juda kam hollardagina o’quvchi aytilayotgan narsalarni aniq eshitish uchun bor e`tiborini o’qituvchiga qaratishi kerak. Nutqning sust rivajlanishi: etarli darajada rivojlanmagan, odatdan tashqari yoki tushunib bo’lmaydigan nutq eshitish qobiliyatini yo’qotish natijasida ham yuzaga kelishi mumkin. YOki bola juda baland yoki juda past ovazda gapirishi mumkin.
Quyidagi yo’nalishdagi qiyinchiliklar: og’zaki nutqda odatdan tashqari qiyinchiliklarga duchor bo’lgan bolada ehtimol eshitish qobiliyatida nuqsonlar bo’lishi mumkin.
Bola o’qituvchi unga nisbatan yaqinroq tursa, belgilanadigan vazifalarga yaxshiroq javob berishi mumkin, yoki og’zaki javab talab etuvchi vazifalardan yozma topshiriqlarni afzalroq ko’radi.

  • O’quvchi yaxshiroq eshitishi uchun o’girilib olish yoki oldinga «cho’zilishi» mumkin.

  • Eshitishdagi muammolar o’quvchini topshiriq bajarishdan oldin nima qilayotganlarini kuzatishga yoki sinfdoshlar va o’qituvchilarni kuzatishga sabab bo’la oladi.

  • Bola boshqalar o’qigan matnni eshitishda qiynalishi, yoki o’z sinfdoshlari, o’qituvchilaridan balandroq ovozda gapirishlarini so’rashi mumkin.

  • Ba`zan bola savalga noo’rin javob berishi yoki umuman javob bermosligi mumkin.

  • Eshitish qobiliyatidan mahrum bo’lgan bolalar kichik guruhlarda ishlashni, sinfning nisbatan tinch bo’lgan joylarida yoki oldingi qatorlarda o’tirishni afzal ko’radi.

  • O’quvchi eshitish qobiliyatini yo’qotish ta`sirida uyatchan, qaysar yoki quloq solmaydigan bo’lib qoladi.

  • O’quvchi xazillarni tushunmay qolishidan havfsirab, og’zaki faoliyatda ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin.

  • O’quvchi o’zini ijtimoiy faoliyatdan olib qochishga urinishi mumkin.

  • O’quvchi gapirishdan ko’ra yuz ifodosi, gavda harakatlarini ifoda etishni afzal ko’radiki, harakatlardan esa noto’g’ri xulosa chiqaradi.

  • O’quvchi tez-tez bo’ladigan quloq og’riqlari, shamollashlar, aqaytalab turadigan tonzillit kasalliklaridan shikoyat qiladi.

  • O’quvchining qulog’idan suyuqlik oqishi mumkin.

Eshitish qobiliyatidagi nuqsonlarning sabablari
Ba`zi bolalarda eshitish qobiliyatidagi nuqsonlar tug’ma bo’ladi; ba`zilar esa eshitish qobiliyatidan keyinroq mahrum bo’ladilar. Biz eshitish qobiliyatida muammolari mavjud bolalarga ehtiyotlik bilan munosabatda bo’la olishingiz uchun bu xastalikning bir necha sabablarini keltirdik. eng ko’p uchraydigan sabablar:
Nasldon-naslga o’tish (eshitish qobiliyatidagi nuqson ma`lum oilada paydo bo’lishi mumkin, shu bilan bir vaqtda bolaning ota-onasida eshitish qobiliyati shikastlanmagan bo’lishi ham mumkin. Bunday holat qizlarga nisbatan ko’pincha o’g’il bolalarda uchraydi va bu holatni biz ko’proq boy momlakatlarga xos deb ayta olamiz).

  • Ona homiladorlikning boshida qizamiq bilan xastalansa

  • Ona ovqatida yod moddasining etishmasligi

  • O’z vaqtidan oldin tug’ish (barvaqt va vazni kichik tug’ilgan chaqaloq)

  • Quloq infektsiyalari, ayniqsa, uzoq muddat davom etadigan qaytalaydigan infektsiyalar, yiring

  • quloq kanalini berkitib qo’yuvchi quloq infektsiyasi

  • Meningit xastaligi (miyaning infektsiyasi)

  • TSerebral bezgak va davolashda ishlatilgan dorilarning meyoridan oshib ketishi.

SHunga qaramay, har uch holatdan bittasida eshitish qobiliyatining shikastlanish sababi noma`lumdir.
O’qituvchilar amal qila oladigan harakatlar
Sinflarni moslashtirish

  • Bola o’qituvchiga imkon qadar yaqinroq (uch metrdon nari emas) o’tirishi lozim.

  • O’qituvchilar o’quvchiga qarab turishlari yoki o’tirishlariga e`tibor berishlari lozim. O’qish vaqtida yuzingizni kitob bilan berkitmang, yoki sinf taxtasiga yozoyotganingizda gaplashmang.

  • YUzingizga soya tushmosligi uchun yorug’likka orqangizni tutmang. Bola Sizning yuzingiz, qo’llaringiz yoki lablaringizni ko’ra olishi uchun yaxshi yoritilgan xonada ishlang.

  • Ba`zi o’quvchilar uchun esa, bir vaqtning o’zida o’qituvchi va sinfdoshlarini ko’ra olishi foydalidir. Ular boshqa o’quvchilarning o’qituvchiga javob berishlarini ko’rib ham o’rgana oladilar. SHunga ko’ra, bolalar bir-birlarining yuzlarini ko’ra olishlari uchun partalarni shu maqsadga muvafiq ravishda joylashtirish lozim.

> Sinfda shovqinni iloji boricha kamaytirshga harakat qiling.
Maktabning tinch va sokin tarafidan sinfxonasi oling.
O’qituvchilarning uslublari

  • Agar bolaga eshitish moslamasidan foydalanish haqida ko’rsatma berilgan bo’lsa, bola uni taqib olganiga hamda batareyalarining sozligiga ishonch hosil qiling.

  • Aniq va baland ovazda, lekin baqirmasdan gapiring.

  • Nutqingizda sodda so’z va gaplardan foydalanib, gapirish vaqtida imo-ishora va rasmlarni ishlatishingiz bolaning mavzuni tushunishiga yordam beradi.

  • Eshitish qobiliyatida shikastlanish bo’lgan bolalar eshitib tushungandan ko’ra, ko’proq ko’rib tushunadilar, albatta o’qituvchi har ikki uslubdan ham foydalanmog’i zarur. Ulardan nima ish qilishini kutayotganingizni ko’rsating. Ko’proq tasviriy material, ramziy kartochkalardan foydalaning.

  • O’quvchini yaxshi eshitadigan o’quvchi bilan o’tirg’izib qo’ying. Uning partadoshi kerakli sahifani topish, topshiriqlaringizni takrorlash va hokazolarga yordam beradi.

  • Eshitish qobiliyatida shikastlanish mavjud o’quvchini boshqa o’quvchilar Sizga javob berishlarini kuzatishga va tinglashga yo’naltiring. Agar ular boshqa o’quvchilarni ko’rib, javoblarini eshita olmasalar, Siz eshitish qobiliyatida shikastlanish mavjud o’quvchiga yuzlanib, aytilganlarni takrorlashingiz mumkin.

  • O’quvchining o’zi bilan birga topshiriqni to’g’ri tushunganligini tekshiring.

  • Eshitish qobiliyatida shikastlanish mavjud o’quvchilar guruh bo’lib to’plangan vaziyatda qiyinchilik sezadilar, chunki bir vaqtning o’zida turli odamlarning gaplarini qabul qilish ular uchun mushkul. Bunday holatlarda o’qituvchilar vaqtdan samaroli foydalanish uchun shikastlangan o’quvchilarni bir-birlariga yuzma-yuz qilib, topshiriqni bajarishlarini tashkil etish mumkin.

  • Agar bolaning nutqi aniq bo’lmasa,uning nima demoqchi ekanini bilish uchun vaqt ajrating. Unga to’g’ri so’zlarni ishlatishga va grammatikaga amal qilib gapirishga yordam bering, lekin ularni gapirishga urinishlarini faqat olqishlang. eshitish qobiliyatidan mahrum bo’lgan o’quvchilarga ta`lim berishda o’qitish strategiyalari.

Umuman eshitmaydigan yoki birozgina eshitadigan bolalar bilan muloqotda imo-ishoralardan foydalanish lozim; lablar harakati orqali o’qish, yoki o’qish va yozishdai muloqotda qo’shimcha vasitalar sifatida foydalanishi mumkin. YUqoridagi takliflarning barchasi eshitmaydigan bolalar uchun mavjuddir, lekin quyidagilar haqida o’zingiz fikr yuritib ko’rishingiz mumkin.

  • O’qituvchilar o’z davlatlarida ishlatiladigan imo-ishoralar tili bo’yicha dars olishlari kerak. Imo-ishorolar bo’yicha o’rgatilgan instruktorlar sifatido yoshi katta bo’lgan eshitmaydigan shaxslar odatda eng yaxshi o’hituvchilar hisoblonadilar. Bu xususda o’zingizdogi karlar milliy jomiyati bilan bog’laning.

  • YOsh bolalar o’qituvchi, ota-onalarining o’zlari juda yaxshi bilmasalar-da, imo-ishoralarini tez o’rganib oladilar. Imo-ishoralar bilan qancha ko’p ishlasangiz, tajribangiz shuncha ortadi.

  • Imo-ishoralar tili bo’yicha tarjimon- o’qituvchilarni maktabga taklif etib turish ham maqsadga muvafiq bo’lar edi. eshitmaydigan yoshi kattalardan, valontyorlardon sinfda eshitmaydigan bolani qo’llab-quvatlashda, o’quvchi, o’qituvchi va sinfdoshlari o’rtasidagi muloqotni engilloshtirish maqsadida foydalanish mumkin,

* Bolalarning gapira olishko’nikmalari rivojlanar ekan, o’qishni bola uchun ta`lim olishning va boshqalar bilan muloqot qilishning eng muhim vositasi ekanini tushuntirishga harakat qiling.

  • Eshitmaydigan o’quvchi Sizdan yoki sinfdoshlaridan darslarning yozma nusxasini olishiga yordam bering. Ularni imkon qodar tez-tez kitob va yozma material bilan ta`minlab turishga harakat qiling.

  • Ko’p davlatlarda, odatda shahar hududlarida oddiy maktablarda eshitmaydigan bolalar uchun maxsus bo’limlar tashkil etiladi. eshitmaydigan yoshi kattalar o’qituvchi yoki o’qituvchi yordamchilari sifatida ishga olinadilar. Bunday sinflarda o’quvchilarga darslar imo-ishoralar tili orqali o’tiladi va ular bir-birlari bilan muloqotda bu tildan erkin foydalona olodilar. SHu bilan bir vaqtda borcha boshqa bolalar bilan ham muloqot qila oladilar.

Mavzuga taalluqli maslahatlar

  • Bolaning qulog’ini tekshiruvdan o’tkazish uchun sog’liqni saqlash xodimi yoki shifokorga murojoat qilish mumkin. SHifokor quloqda biror infektsiya yoki iflos borligini aniqlaydi.

Bolaning eshitish qobiliyatini audiolog tekshiruvdon o’tkazadi. U bolaning eshitish darajasini va shaklini aniqlaydi. eshitish moslamalari haqida ko’rsatma berishi mumkin. Bu moslamalar bola uchun tovushlarni kuchaytirib berishi mumkin, lekin ular eshitishdagi ba`zi qiyinchiliklarga yordam bera olmaydi. SHuningdek, moslamalar

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin