O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə35/37
tarix20.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#88849
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37

9- INKLYUZIV TA’LIM

Reja:


1.Nogironlikni belgilashning qonuniy asoslari.
2.Alohida ehtiyojli kishilarning nogironlik darajalari.
3.Imkoniyati cheklanganlarning reablitatsiya qilinishi.
Alohida ehtiyojli kishilarning jamiyatda ishtirokini tibbiy-ijtimoiy jihatdan reablitasiya va integrasiya qilish Respublikamiz ijtimoiy siyosatida asosiy masalalardan biri bo’lib hisoblanadi. ,,Har kim qariganida, mehnat faoliyatini yo’qotganida, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo’lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega’’. (O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 39- modda).
Nogironlarni ijtimoiy himoyalash chora- tadbirlari quyidagilardir:
-imtiyozlar va kafolatlar berish;
-sanatoriy va oromgohlarga tekin yo’llanmalar berish;
-yolg’iz yashaydigan nogironlarga ularning uylarida va tibbiy-ijtimoiy muassasalarda ijtimoiy xizmat ko’rsatish.
Qonunchilikka mivofiq, nogironlikning tayinlanishi shaxsga ijtimoiy yordam olishga, imtiyozlarga ega bo’lishda, tegishli kasbiy vazifalarni bajarishdan ozod bo’lishini ta’minlaydi. Respublikamizda nogironlikni tayinlashning quyidagi qonuniy asoslari amal qilmoqda:
1.O’zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrdagi ,,Nogironlarni ijtimoiy himoya qiliosh to’g’risida’’gi qonuni.
2.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 17-iyul 328-sonli «O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish masalalari» Qarori.
3.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-iyun 317-son ,,Tibbiy mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) va mehnat jarayonida jarohatlanish, yoki kasbiy kasallik tufayli tayinlangan pensiyalarni ko’chirish tartibi to’g’risida’’gi Qarori.
4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-iyun 319-sonli ,,Bolalikdan nogironlarga, qariyalarga, mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi’’ Qarori.
5. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2007-yil 27-iyun 1695-sonli,,16 yoshgacha bo’lgan bolalarga nogironlikni tayinlash tartibi to’g’risida’’gi Nizomi.
Ijtimoiy himoyalash bo’yicha tadbirlarning o’ziga xos maqsadidan kelib chiqib O’zbekiston qonunchiligida nogironlikning quyidagi sabablari belgilab quyilgan:
-umumiy kasallanganlik tufayli;
-ish jarayonida jarohatlanish yoki kasb-hunar tufayli orttirilgan kasallik;
-frontda qatnashgan chog’ida orttirilgan kasalik;
-harbiy xizmatni o’tash davomida kasallikka chalinganlgi tufayli;
-O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilish bilan bog’liq bo’lmagan holdagi kasallik tufayli;
-O’zbekiston Respublikasini himoya qilishda yaralanish (jarohatlanish, kontuziya) tufayli;
-harbiy xizmat vazifasini ado etishda yarador bo`lish(jarohatlanish, kontuziya) tufayli;
-harbiy xizmat vazifasini bajarish bilan bog`liq bo`lmagan baxtsiz hodisa natijasida yarador bo`lish(jarohatlanish,kontuziya)tufayli;
-O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidagi xizmat bilan bog`liq bo`lmagan yaralanish(jarohatlanish,kontuziya)tufayli;
-Chernobil AESdagi falokat oqibatida jabr ko`rganlik tufayli;
-bolalikdan nogiron shaxslar.
Nogironlarning har birguruhi uchun ularning hayot kechirishlarini hisobga olgan holda minimal ijtimoiy kafolatlar ro`yxati belgilangan.
Daromadlarning kamayib ketishiga yo`l qo`ymaslik sohasida qonunchilik nogironlarga pensiya ta`minotini nazarda tutadi.
Tibbiy xizmatniamalga oshirish sohasida nogironlarga quyidagilar kafolatlangan;
-Davolash va profilaktika muassasalarida davolanish chog`ida bepul ovqatlanish;
-Har yili(yilda 1 yoki 2 marta)sanatoriya-oromgohda bepul davolanish;
-Protez-ortopediya predmetlari, uskunalari va harakatlanish vositalari(kreslo-aravachalari,qo`ltiqtayoqlar,hassalar va boshqalar),eshitish asboblari bilan tibbiy xulosaga muvofiq ta`minlanish.
Bulardan tashqari Ikkinchi jahon urushi nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar,shuningdek, Chernobil AES falokati oqibatida nogironlikka duchor bo`lgan shaxslar vrachlar tomonidan yozib berilgan doriqog`ozlar bo`yicha dori-darmonlarni bepul olishlari,o`zlari yashab turgan joydagi poliklinikalarda tish qoplama-protezlarini bepul tayyorlatishlari mumkin.
Shu bilan birga Chernobil AESfalokati oqibatida nogiron bo`lgan shaxslar sanatoriya,kurort muassasalarida davomalanmaganliklari chog’ida yillik kompensatsiya olishlari, I va II guruh nogironlari sog’lomlashtirishlari uchun yiliga mehnatga haq to’lashning minimal hajmining 3 baravari miqdorida kompensatsiya olish huquqiga ega.
Nogironlik, uning sabablari va muddatlarini tayinlash vazifasi TMEKga yuklatilgan.
Mehnat va Aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi tizimida 11ta reablitatsiya markazi ishlab turibdi. Nogironlarni reabilitatsiya va protezlash markazida (200o’rinli) , tibbiy-ijtimoiy va kasbiy reabilitatasiya hududiy markazlarida (50tadan o’rin) har yili 15 mingdan ziyod nogiron reabilitatsiya tadbirlaridan foydalanadilar. Ularning 44% dan ko’prog’Ida har yili mehnatga layoqatlilik qisman yoki to’liq tiklanadi. Bu ko’rsatkich ilgari 10-15 %ni tashkilo qilgan bo’lsa, oxirgi 10-12 yil ichida 44%ga oshganligining sababi TMEK xodimlari va rebilitatasiya markazlari tomonidan reblitatsiya o’tkazilishi uchun yuqori reblitatasiya salohiyatiga ega nogironlarni tanlashning yaxshilanganligi, sog’liqni saqlash xizmati va reablitatasiya markazlari tomonidan dasturlarning tuzib chiqilganligi va amalga oshirilganligi, shuningdek, reblitatsiyaga oid zamonaviy samarali usulllarning tatbiq etilishi va sog’liqni saqlash xizmati, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sistemalari o’rtasidagi birgalikdagi faoliyatning yaxshi yo’lga quyilganligidir.
O’zbekiston Respublikasida 180ta TMEK ishlab turibdi, ulardan 27 tasi markaziy, 38 tasi ixtisoslashtirilgan, 115 tasi umumiy profil muassasasi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qayta tiklash markazlarida hammasi bo’lib 700 o’rinli nogironlarni tibbiy- ijtimoiy va kasbiy jihatdan qayta tiklash amalga oshiriladi. Barcha hududiy reablitatsiya markazlarida ,,Ortopediya reabilitatsiyasi’’MCHJ ning shu’balari ishlab turibdi va joylarda nogironlarning ortopediya- protez ashyolariga bo’lgan ehtiyojini qondirmoqda. Reablitatsiyaning dolzarb masalalari , yangi, yuqori darajadagi samarador usullarini yaratish bo’yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda.
O’tgan 10 yil mobaynida nogironlarni rebilitatasiya qilish va ekspertizani amalga oshirishning dolzarb masalalari bo’yicha 108 ta uslubiy nashrlar chop etilib, ishga joriy etildi. Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo , Navoiy, Xorazm, Andijon viloyatlarida tibbiy- ijtimoiy va kasbiy reabilitatasiya hududiy Markazlarida axborot resurs xonalari ochilgan. Ushbu axborot resurs markazlaridan nogironlar, ota-onalar, vrachlar, TMEK ekspertlari, vrach-reabilitolog va boshqalar foydalanmoqdalar. Oxirgi 8 yil ichida Buyuk Britaniya, Rossiya, Ukraina ,Isroil ning yetkchi klinika va reabilitatasiya markazlarida 45 nafar mutaxassis nogironlarning dolzarb masalalari bo’yicha maxsus malaka oshirib qaytdilar.
Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy Markazi davlat organi bo’lib hisoblanadi. Markaz 1996-yil 31-oktabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qarori bilan tashkil qilingan. Markazning tashkil qilinishi Inson huquqlari bo’yicha BMTning Ikkinchi xalqaro konferensiyasining (Vena 1993-yil) har bir mamalakatda Inson huquqlari bo’yicha milliy institutlarni tashkil etish murojaatiga va O’zbekiston Respublikiasida huquqiy davlat va fuqaroliik jamiyatini shakllantirishning strategic vazifalarini hal etishga qodir demokratik institute tuzish taklifiga javob bo’ldi.
Tashkilot faoliyatining asosiy vazifalariva yo’nalishlari quyidagilardir:
-Huquqiy madaniyat sohasidagi ta’lim va jamiyat hayotining turli jabhalarida demo-Inson huquqlarini himoya qilish sohasida hatti-harakatlarni muvofiqlashtirish;
kratlashtirish jarayonlarida ishtirok etishga jalb etish.
Ushbu markaz bepul yuridik konsultasiyalar beradi. Jmoatchilik bilan aloqalar bo’limi har kuni 9:00dan 18:00 gacha ishlaydi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin