4-rasm. Tanlov birligining teng ehtimolli taqsimlanishi o’xshash modeli
Katta miqdordagi bosh majmualar uchun tartibli (mexanik) tanlov metodini qo’llash qulayroq bo’lib, uning asosiy mazmuni shundaki, bosh majmuaning barcha elementlari yagona ro’yxatga kiritilib, undan ma’lum bir oraliq (interval)da kerakli respondentlar soni tanlab olinadi. Bunda tanlov odimi K quyidagi formula asosida hisoblab chiqiladi:
bunda N – bosh majmua kattaligi; n – tanlov majmui kattaligi. Masalan, aytaylik N = 2000 kishidan iborat, n, ya’ni tanlov majmui esa 200 kishi belgilangan. Unda K=2000/200=10. Bu esa, ro’yxatdan har bir o’ninchi birlik (respondent) tanlab olinishi lozimligini bildiradi. Tanlov alfavitli ro’yxatning boshidan yoki oxiridan amalga oshirilishi mumkin. Bunday asosda respondentlarni tanlash uchun shaxsiy tarkib ro’yxati (agarda so’rov o’tkazish qo’shilma, batalon masshtabida mo’ljallangan bo’lsa) va boshqalardan muvaffaqiyatli foydalanilishi mumkin.
Stratifikasiyali metodi (lotincha stratum – qatlam, qavat) yetarlicha qulay va aniq metoddir. Uning mohiyati quyidagicha. Agar bosh majmuani ma’lum belgilar asosida bir xil o’xshash qism (strata)larga «taqsimlash» imkoni bo’lsa, unda respondentlar tanlovi har bir stratadan alohida amalga oshirilishi mumkin (5-rasm). Bunda stratalardan tanlab olinadigan respondentlar soni undagi elementlarning umumiy soniga proporsional bo’ladi.
5-rasm. Tanlov birligining stratifikasiyali taqsimlashning o’xshash modeli
Keltirilgan 5-rasmda uchta strata keltirilgan. Ularning har biridan ayni tasodifiy yoki mexanik tanlov yordamida kuzatish birliklarini saralab olish mumkin. Har bir stratadan tanlanishi lozim bo’lgan ni respondentlar soni quyidagi nisbatda aniqlanadi:
bunda i – bosh majmuada ajratilgan strata soni;
Ni – i stratadagi birliklarning umumiy soni.
Masalan, 2000 ta shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilardan iborat bosh majmuani olamiz. Bunda ularning 1000 tasi oddiy askarlar tarkibidagi shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilar, 700 tasi serjantlar tarkibidagi shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilar va 300 tasi ofiserlar tarkibidagi shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilar. Tanlov majmui, ya’ni so’rovda 200 ta harbiy xizmatchi ishtirok etishi mo’ljallangan. Demak, har bir seriya (strata)dan tanlanishi va so’ralishi lozim bo’lganlar quydagini tashkil etadi:
Tanlov majmuining umumiy kattaligi teng bo’ladi:
Dostları ilə paylaş: |