O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə32/50
tarix08.06.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126802
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50
Samarqand davlat universiteti

n = n1 + n2 + n3, ya’ni:
n = 100 + 70 + 30 = 200 shartnoma asosidagi harbiy xizmatchi.

Uyali tanlov metodini amaliyotda ko’p holatlarda qo’llashga to’g’ri keladi. Ushbu metod kuzatish birligi sifatida alohida respondetlar emas, balki guruhlar tanlanib, keyinchalik ular to’liq so’rov bilan qamrab olinishi nazarda tutadi. Masalan, har birida 15 kishi bo’lgan 100 kursantlar guruhidan tasodifiy tanlov asosida 10 ta guruh tanlab olinishi lozim. Unda 150 kishining so’rovda ishtirok etishi kerak bo’ladi. Uyali tanlov qachonki guruhlarning tarkibi maksimal darajada respondentlarning asosiy demografik belgilari bilan o’xshash bo’lganda reprezentativ (o’rganish natijalarining bosh majmuaga tatbiq etish mumkinligini kafolatlasa) hisoblanadi (6-rasm).

6-rasm. Tanlov birliklarining uyali taqsimlanishi o’xshash modeli

Uyali tanlov metodida ro’yxat yoki kartochkalar faqatgina guruh uchun (har biri mustaqil tanlov birligini aks ettiradi) ularni nomerlash yo’li bilan tuziladi. O’rganilish uchun tanlanuvchilar sifatida u yoki bu muammoni sosiologik nuqtai nazardan yaxlit obyektni ifodalovchi kursantlar, tinglovchilar, muddatli harbiy xizmatchilar guruhi va boshqa birliklar belgilanishi mumkin.


Maqsadga yo’naltirilgan (fokuslashgan) tanlov sosiologik tadqiqotlarda tasodifiy (ehtimolli) tanlov bilan bir qatorda qo’llanilishi mumkin. Ushbu tanlovga ehtimollar nazariyasi qoidalarini qo’llab bo’lmaydi. Uning ko’rinishlari: stixiyali va kvotali tanlov hisoblanadi. Stixiyali tanlovning namunasi sifatida jurnal va gazetalar o’quvchilarini pochta orqali so’rovi xizmat qilishi mumkin. Bu holatda anketani qaytargan respondentlar massivining tuzilishini oldindan belgilash mumkin bo’lmay, bu esa tabiiyki tanlovning reprezentativligini baholashni qiyinlashtiradi. Shuning uchun bunday tadqiqot xulosalari odatda so’rovda ishtirok etgan majmuaga nisbatan qo’llaniladi.
Ozdan ko’pga qarab (snejnыy kom) metodi – stixiyali tanlovning ko’rinishi. Masalan, agarda ko’psonli bo’lmagan, biroq hududiy jihatdan haddan ortiq tarqoq bo’lgan konfessiyaning 300 ta a’zosi bilan so’rov o’tkazish lozim. Biroq ulardan faqatgina o’ntasining manzili aniq bo’lib, qolgan respondentlarni izlashni ularning ko’rsatmalari asosida davom ettirish mumkin. Taxmin qilaylik so’rovda ishtirok etgan o’nta respondentning har biri o’zining ikkita dindoshining manzilini ma’lum qildi, ular esa o’z navbatida ikkitadan manzilni berishdi va shu tartibda davom etadi. Bu holda tanlov majmuining belgilangan hajmiga tanlovning beshinchi pog’onasida erishiladi. Bunda respondentlarning bosqichlar bo’yicha tanlovi quyidagi nisbatda amalga oshadi: 10 + 20 + 40 + 80 + 160 = 310 (so’rovda 300 kishi ya’ni 10 kishiga kam ishtirok etishi mumkin).
Asosiy massiv metodi razvedka qiluvchi tadqiqotlarda qaysidir bir nazorat savolini tekshirish, aytaylik u yoki bu jamoatchilik tashkilotlari faollari uchun rejalashtirilgan tadbirlarning tayinlangan vaqti qulay yoki noqulayligini aniqlash uchun qo’llaniladi. Bunday holatlarda ushbu tadbirlar potensial ishtirokchilarining 30-60% so’rovda ishtirok etilishi ko’zda tutiladi.
Kvotali tanlov metodi – nisbatan aniq, keng, xususan jamoatchilik fikrini o’rganishda qo’llaniluvchi metoddir. Ushbu metod tadqiqotni boshlashdan oldin bosh majmua elementlarining nazoratli belgilari to’g’risida statistik ma’lumotlar mavjud bo’lgan hollarda qo’llaniladi. U yoki bu nazorat qilinuvchi belgi to’g’risidagi barcha ma’lumotlar kvota sifatida, ularning alohida sonli ko’rsatkichlari esa kvota parametri sifatida ifodalanadi. Kvotali tanlovda respondentlar kvota parametrlari inobatga olingan holda maqsadli tarzda saralanadi. Kvota sifatida saralanuvchi belgilar soni odatda to’rttadan oshmaydi. Gap shundaki, qayd etilgan belgilarning soni ko’p bo’lganda respondentlarni tanlash haddan ortiq ko’p mehnat talab qiladi. Kvotalar ham bir-biridan mustaqil va ham o’zaro bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlar asosida belgilanishi mumkin. Masalan, bosh majmua va tanlov majmuasi tuzilishining o’zaro mosligi ikki belgi – malaka darajasi va xizmat muddati bo’yicha ta’minlanadi. Respondentlarning ushbu belgilar bo’yicha bosh majmuadagi (N-2000) taqsimlanishi ma’lum va foizlarda aks etgan. Tasavvur qilamiz so’rovda 200 kishining ishtirok etishi belgilangan. Bunda ularning tarkibi shunday shakllantirilishi lozimki, tanlov majumasi elementlarining qayd etilgan ikki belgi bo’yicha foiz hisobidagi tuzilishi bosh majmua elementlarining o’sha belgilar bo’yicha taqsimlanishi tuzilishiga aynan mos bo’lishi kerak. Quyidagi 7 va 8-jadvallarda so’rovda ishtirok etishi lozim bo’lgan respondentlarning kvotaning «malaka» va «xizmat muddati» ko’rsatkichlariga muvofiq soni aks ettirilgan.


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin