O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə27/50
tarix08.06.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126802
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50
Samarqand davlat universiteti

1

2

3

4

5

6

7

8

9




























Test savollar chiziqli, ro’yxatli yoki birlashtirilgan tuzilishga ega bo’ladi.
Masalan: Iltimos, mulohazaning har ikki juftida o’zingiz ko’roq fikran qo’shiladiganingizni tanlang va uni belgilang:
A)
1 - Hayotida inson, o’zida doimo sof vijdon va ruhiy muvozanat bo’lishiga intilishi lozim.
2 - Hayotida inson, o’zida doimo hokimiyatga, boshqalarga ta’sir ko’rsatish imkoniga ega bo’lishga intilishi lozim.
B)
1 – Hayotda eng asosiysi – oilasi va do’stlar bilan yaxshi munosabatlar.
2 - Hayotda eng asosiysi – jamoatchilik tomonidan e’tirof etilish va muvaffaqiyat.

Semantik11 savollar baholash obyektini bildiruvchi tushunchalar hamda bahoning yo’nalishi va intensivligini tavsiflovchi u yoki bu tarzdagi verbal antonimlar orasidagi assosiasiya (bog’liqlik) tamoyiliga asoslangan Ch. Osgud tomonidan ishlab chiqilgan semantik differensialga tayanadi. Namuna sifatida quyidagilarni keltirib o’tish mumkin: johil inson – quvnoq inson, ajoyib – juda yomon ob-havo, insoniy – g’ayriinsoniy harakat va shu kabilar.
Masalan: Siz odatda alkogol ta’siri ostida o’zingiznip qanday his qilasiz? (ko’rsatilgan xarakter xususiyatlarining namoyon bo’lish darajasini aks ettiruvchi sonni aylana bilan belgilang. Bunda, 0 xususiyat o’zgarmasligini, 3 soni esa uning u yoki bu tomonga nisbatan ahamiyatli o’zgarishini bildiradi).

quvnoq

3

2

1

0

1

2

3

g’amgin

tajovuzkor

3

2

1

0

1

2

3

tinchliksevar

sergap

3

2

1

0

1

2

3

kamgap

qaysar

3

2

1

0

1

2

3

ko’ngilchan

mehribon

3

2

1

0

1

2

3

darg’azab

Timsolli yoki grafikli savollar imo-ishora, mimikani, vaziyatli holatni aks ettiruvchi surat yoki tasvirga asoslanadi.
Masalan: «Siz o’zingizning moddiy ahvolingizni qanday baholaysiz?»

Shakliga ko’ra savollar ular ifodalanganidan so’ng ehtimoliy javoblar kertirilishi yoki keltirilmasligiga qarab ochiq va yopiq savollarga bo’linadi.
Yopiq savollarga respondentga bir yoki bir nechta ehtimoliy javoblar taklif qilingan savollar tegishli bo’ladi. Bunda respondentga anketadagi tanlangan javob yoki javoblarni qaysidir ko’rinishda belgilash yoki tagiga chizib qo’yish taklif qilinadi. Yopiq savollarning bir necha: «ha-yo’q», muqobil (alternativ) va «savol-menyu» turi mavjud.
Tuzilishi shakliga ko’ra ochiq savollar shu bilan tavsiflanadiki, bunda savollar yopiq savollar tuzilishidagidek javob variantlari to’plami bilan to’ldirilmaydi.
Ochiq va yopiq savollarning ustunligi va kamchiliklari nisbiy hisoblanadi. Ochiq savollarga javoblar nisbatan individuallashgan va turli-tuman bo’ladi. Ular o’rganilayotgan muammo bo’yicha respondent tasavvurining barcha jabhasini aniqlash imkonini berib, bu jamoatchilik fikrini o’rganish, razvedka qiluvchi tadqiqotlarda so’rov vazifalarini bajarishda juda muhim hisoblanadi. Biroq, bunday savollarga javoblarni qayta ishlash va izohlash yopiq savollarga nisbatan murakkabroq hisoblanadi. Yopiq savollar qo’llanilishi natijalarini qayta ishlashning qulayligi bilan birga shuningdek, uning yordamida tadqiqotni yanada chuqurroq amalga oshirish imkoniyati bilan to’ldiriladi. Ammo, bu holda respondentning javob berishdagi erkinligi chegaralanib, ularning javoblari «dag’allashadi». Ma’lum doirada bu qiyinchilik yarim yopiq savollar qo’llanilishi bilan yengib o’tilib, ularda javob variantlarida erkin savollar uchun o’rin (kodlar) belgilanib qo’yiladi.
Yopiq savollar har doim tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqilishi lozim bo’lgan ma’lum bir ehtimoliy javob varianti yoki kategoriyaga ega bo’ladi. Xizmatdan ketish motivlarini o’rganishda xizmat faoliyati tuzilishini tahlil qilish, uning asosiy tarkibiy qismlarini, mazmunini, tashkil etilishi jarayoni va shart-sharoitlarini aniqlashdan boshlash lozim bo’ladi. Keyingi tasniflash esa xizmat faoliyatining aniqlangan tuzilishiga muvofiq bo’lishi lozim.
Agarda respondentning o’z fikrini bildirishi uchun keltirilgan ehtimoliy javob variantlarining ro’yxati yetarliligiga ishonch hosil bo’lmasa, yarim yopiq savollarning qo’llanilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu holda respondentga aynan keltirilgan to’plamdan, shu jumladan ehtimolli javoblar ro’yxatiga «aniq aytolmayman», «bu haqida o’ylab ko’rmaganman», «yodimda yo’q» kabilarni kiritish yoki o’z javobini berish imkonini beruvchi «agar boshqa narsa bo’lsa iltimos o’zingiz yozing» kabi muqobil variantni kiritish orqali o’zini chetga olish imkoni beradi. Biroq, tajriba shundan guvohlik beradiki, odatda respondentlar keltirilgan javoblar varianti bilan chegaralanadi. Shuning uchun yarim yopiq savollar ko’pgina hollarda yopiq savollarga teng bo’ladi.
Olingan indikator va shkalalarni qo’llagan holda quyidagi tuzilishdagi savollar qo’llanilishi mumkin:
Ochiq savol: «Mutaxassislik bo’yicha tayyorgarlik jarayonida o’rganish uchun ko’pincha qaysi turdagi adabiyotlardan foydalanishingizni ko’rsating?», yoki:
Yarim yopiq savollar (variativ yoki savol-menyu): «Mashg’ulotlarga tayyorlanish uchun ko’pincha qaysi turdagi adabiyotlardan foydalanishingizni ko’rsating».
001 – asosiy adabiyotlar ro’yxatidagi darslikdan;
002 – qo’shimcha adabiyotlar ro’yxatidagi darsliklardan;
003 – uslubiy qo’llanmalardan;
004 – buyruq va direktivalar;
005 – boshqa javob (iltimos o’zingiz yozing):_________________________
Yopiq savol: «O’z xizmatingizni qanday ta’riflagan bo’lardingiz?»
027 – xizmat ijodiy izlanishni talab qiladi, qiziqarli;
028 – xizmat alohida zo’riqishni talab qilmaydi, tinch;
029 – xizmat bir xil, bir maromli, zerikarli;
030 – xizmat og’ir, qiziq emas.
Yopiq va yarim yopiq savollarning xarakteriga ko’ra turi sifatida: muqobil (alternativ), muqobilsiz (alternativsiz) savollar bo’lishi mumkin.
Muqobil (alternativ) savol, bunda uning shkalasi taklif etilganlardan faqatgina bitta varinatni tanlashga imkon beradi (respondent tomonidan ikki yoki undan ortiq variantning tanlanishi javoblar qarama-qarshiligini keltirib chiqaradi).
Muqobil savol: «Siz o’z vzvodingiz (bo’linmangiz) harbiy xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik darajasini qanday baholagan bo’lardingiz?»
074 - yuqori darajada;
075 - o’rtachadan yuqori darjada;
076 - o’rtacha darajada;
077 - o’rtachadan past darajada;
078 - javob berishga qiynalaman.
Muqobilsiz savol (variativ yoki savol-menyu), bunda uning shkalasi taklif etilganlardan bir nechta varinatni tanlashga imkon beradi (respondent tomonidan hattoki barcha variantning tanlanishi ham javoblar qarama-qarshiligini keltirib chiqarmaydi).
Muqobilsiz savol: «Shartnoma bo’yicha harbiy xizmatchilarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish chora-tadbirlarining qaysi biri samarali deb hisoblaysiz. (2-3 ta javobni tanlashingiz mumkin)»:
057 - «Serjantlar statusi haqida»gi Qonunning qabul qilinishi;
058 - moddiy ta’minotning ahamiyatli tarzda oshganligi;
059 - uy-joy ijarasi uchun moddiy kompensasiya miqdorining oshganligi;
060 - oziq-ovqat payokining berilishi;
061- shahar transportida bepul yurish;
062 -oziq-ovqat payoki o’rniga xizmatda ovqatlanish;
063 - javob berishga qiynalaman.
Ochiq savollarga javoblarni hisoblab chiqish va statistik tahlil qilishdan oldin, ularni tasniflash va kodlashtirish lozim bo’ladi. Ushbu jarayon ma’lumotlarni ajratib chiqish lozim bo’lgan ma’lum bir guruhlarni belgilashdan iborat bo’ladi. Ushbu kategoriyalarni belgilash yopiq savollar javoblari to’plamini ishlab chiqishda qo’llaniladigan tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Ammo, bu yerda ahamiyatli farqlar mavjud bo’ladi. Agar, yopiq savollarda kategoriyalar so’rovdan avval ajratilsa, ochiq savollarda - so’rov o’tkazilganidan so’ng va uning asosida amalga oshiriladi.
Ochiq va yopiq savollar o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Savollar turini tanlashda tadqiqotchilar odatda tejamlilik va ishonchlilik mezoniga amal qilishadi.
Uslubiy adabiyotlarda ustivorlik qiluvchi nuqtai nazarga ko’ra, yopiq savolarning qo’llanilishi nisbatan tejamli hisoblanadi. Agar bunda «ha-yo’q» savollar, dixotomik12 muqobil savollar haqida so’z boradigan bo’lsa, bunga shak-shubhasiz qo’shilish mumkin. Bu holat shkalali savollarga eng kam jihatdan taaluqlidir. Lekin, qo’llash uchun ko’pincha ehtimolli javoblar variantlarini ishlab chiqishga katta mehnat talab qiluvchi «savol-menyu»lar haqida so’z borganda bunday fikrga qo’shilish qiyin. Ba’zan, u yoki bu savolni «yopish» uchun maxsus tadqiqot o’tkazish zarur bo’ladi.
Tadqiqotda u yoki bu savolni qo’llashning asosiy mezoni uning ishonchliligi bo’lib qoladi. Yopiq savollarda taklif etiladigan javoblar to’plami xohlaymizmi yo’qmi respondentning ongini u tomonidan savollarni qabul qilish jarayonini tizimlashtirib, uning tasavvurini bir oqimga yo’naltiruvchi kategoriya (tushunchalar)lar majmuini o’zida aks ettiradi. Ushbu jarayon tahlilida uning asosiy ikki tarkibiy qismini: respondent tushunchalari tizimi va unga taklif etilayotgan tushunchalarni ajratib ko’rsatish lozim. Agarda respondentda sosiolog uchun qiziqarli bo’lgan muammo bo’yicha barqaror, aniq va ongli tushunchalar (kategoriyalar) tizimi mavjud bo’lmasa, uning tasavvurini tizimlashtirish lozim bo’ladi.
Yosh ko’rsatkichlari haqidagi ochiq yoki yopiq savollar tahlili yopiq savollarni ochiq savollardan afzal ko’rish uchun hyech qanday asos bermaydi. Bu o’rinda yosh ko’rsatkichi haqida so’z borganda ochiq savollar o’zining ham ishonchliligi va ham tejamliligi jihatdan yopiq savollardan kam emas.
Har qanday savol bo’yicha insonning fikri ko’p yoqlama bo’lishi mumkin. Mehnatdan qoniqish masalasi ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik va boshqa jihatlarga ega bo’ladi. Xizmat - nufuzi, obro’-e’tibori jihatdan yoqishi va moddiy daromad jihatidan esa qoniqtirmasligi mumkin. Jamoada ideal o’zaro munosabatlar va chidab bo’lmas sanitar sharoitlar bo’lishi mumkin. Shuning uchun, xizmatga munosabat respondentdan ko’p hollarda yuqori darajadagi onglilik, o’z-o’zini tahlil qilish va umumlashtirishni talab qiladi.
Turli bo’linmalar shaxsiy tarkibini sosiologik o’rganish jarayonida zarur bo’lgan ma’lumotlarni to’plashning nisbatan eng samarali metodlaridan biri bu so’rov metodi hisoblanadi.
So’rov metodining asosini so’raluvchi (respondent)ga taklif etiladigan savollar majmui tashkil etib, uning javoblari tadqiqotchiga zarur bo’lgan ma’lumotni shakllantiradi. So’rov qanday ko’rinishda bo’lmasin, o’zida ijtimoiy-psixologik muloqotning eng murakkab turlaridan birini aks ettiradi. Uning asosiy ishtirokchilari – tadqiqotchi va respondent o’rtasidagi aloqa – to’planadigan ma’lumotlar sifatiga ta’sir o’tkazuvchi turli «oraliq bo’g’inlar» ko’magida ta’minlanadi.
Birinchidan, bu anketa yoki intervyu rejasi, ya’ni o’rganilayotgan muammo empirik jihatdan bayon etiladigan, so’raluvchining kundalik ongi tiliga «o’girilgan» savollar ro’yxatidir.
Ikkinchidan, bu har bir respondent tomonidan so’rovnomalar to’ldirilishini bevosita ta’minlovchi anketachi yoki intervyuyerdir. Bu o’rinda agar intervyu o’tkazish so’raluvchi bilan imntervyuyerning shaxsan muloqotda bo’lishini nazarda tutsa, anketa so’rovi jarayonida so’rovnoma anketachi tomonidan zaruriy ko’rsatma berilgach respondentning o’zi tomonidan to’ldiriladi.
Aynan anketachi va intervyuyerlar tadqiqotchi tomonidan nazarda tutilgan namuna asosida so’rovning standart vaziyatini aks ettirishadi. Biroq ular bu ishni o’z oldilarida turgan vazifani tushunishlari darajasida, o’z malakalariga, mas’uliyatliklari, psixologik xususiyatlariga muvofiq amalga oshirishadi.
Va nihoyat, uchinchidan, bu so’rov vaziyati, shart-sharoiti bo’lib, u respondentlarning aynan so’rov paytidagi turmush vaziyati, ularning emosional holati, me’yorlari, urf-odat va an’analari, so’rovga nisbatan munosabati va tasavvurlaridan tarkib topadi.
So’rovning asosini tashkil etuvchi ijtimoiy-psixologik o’zaro faoliyat olinadigan ma’lumotlar sifatiga ta’sir ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’lgan ko’plab omillarni qamrab oluvchi murakkab va favqulodda harakatchan va o’zgaruvchan tuzilishga ega bo’ladi. Insondan ma’lumot olishga hamrohlik qiluvchi, o’zgaruvchan birikuvlarda uchrab turuvchi bunday ko’rinishdagi ijobiy va salbiy omillarning turli tumanligiga so’rov metodidan tashqari amaliy sosiologiyaning boshqa biror bir metodi ega bo’lmasa kerak. Har bir konkret tadqiqotda ushbu omillarni o’rganish va ta’sirini inobatga olish sosiologdan so’rov metodikasini sinchkovlik bilan nazariy asoslash, shuningdek ommaviy so’rov boshlanishidan oldin so’rov instrumentariysining ishonchliligini eksperimental jihatdan tekshirishni talab qiladi.
Shunday qilib, so’rov jarayonidagi tashkiliy-iqtisodiy ustunlik (tezkorligi, oddiyligi, tejamkorligi) sosiologdan dasturni va metodik instrumentariyni ishlab chiqish, ularning tekshiruvi va ishonchliligini ta’minlash bosqichida jiddiy qo’shimcha harakatlarni amalga oshirishni talab qiladi.
Aytilganlarni umumlashtirgan holda ta’kidlash mumkinki, so’rovbu mazmuni tadqiq etilayotgan muammoni empirik darajada aks ettiruvchi savollar bilan o’rganilayotgan odamlar majmuiga og’zaki yoki yozma ravishda murojaat qilishga asoslangan dastlabki sosiologik ma’lumotlarni to’plash metodidir. Bu o’rinda tadqiqotchining zarur bo’lgan ma’lumot manbai (respondent) bilan muloqoti maxsus metodik instrument (anketa yoki intervyu rejasi), shuningdek ushbu instrument bilan ishlovchi, operatorlar vazifasini bajaruvchi anketachi yoki intervyuyer vositasida amalga oshirilishi mumkin.
Dastlabki sosiologik ma’lumotlarni to’plash uchun mo’ljallangan instument sifatidagi so’rovnoma, qachonki ular quyidagi talablarga javob bersa ishonchli hisoblanadi:
a) qo’llanilishi nazarda tutilgan maqsadga nisbatan asoslangan, ya’ni izlanayotgan ma’lumotlarni to’planishini ta’minlagan bo’lsa;
b) ishonchli, ya’ni ijtimoiy voqyelikning o’rganilayotgan sohalarini muvofiq ravishda aks ettiruvchi ma’lumotni bersa;
v) barqaror ma’lumotlar, ya’ni aynan o’xshash sharoitlarda takroran tadqiq etilganda qaytariladigan ma’lumotlarni bersa.
Ma’lumotning ishonchliligi – bu metodning o’lchanayotgan ko’rsatkichlar bo’yicha o’rganilayotgan voqyelikni muvofiq ravishda aks ettiruvchi ma’lumotni berish xususiyatidir. So’rovni amalga oshiruvchi har qanday sosiolog oldida olingan ma’lumotlarning yetarlicha yuqori ishonchliligini ta’minlash uchun zarur bo’lgan axborot to’plash sharoitini tashkil etish vazifasi turadi.
Ishonchli ma’lumotlar olinishi uchun respondent:
1) zaruriy axborotni qabul qilishi;
2) uni to’g’ri tushunishi;
3) agar zarur bo’lsa o’tmishda bo’lgan voqyealarni xotirlay olishi;
4) o’zining fikriga yoki amaldagi holatga mos keladigan javobni tanlashi yoki ifodalay olishi;
5) tanlagan javobini so’zlarda muvofiq holda ifodalay olishi lozim.
Ishonchli ma’lumotlarning olinishi uchun buning o’zi yetarli emasligi tushunarli hol. Bu o’rinda respondentning nafaqat samimiy javob bera olishi, balki buni o’zi xohlashi ham zarurdir.
Shunday qilib, tadqiqotchi so’rovni shunday tashkil qilishi kerakki, uning jarayonida respondetlar imkoniyatining faollashuvi va tadqiqotda ishtirok etish motivasiyasi shakllanishi lozim. Dastlabki ma’lumotning sifati uni to’plash uchun qo’llaniladigan metodikaning sifatiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun dastlabki ma’lumotlar sifatini baholashni instrumentariyning sifatiga bog’liq ravishda amalga oshirish lozim.
Ekspertli so’rov. Intervyu, anketa, pochta, ommaviy axborot vositalari orqali so’rov, telefon orqali intervyu eng avvalo ommaviy tekshiruvlar uchun mo’ljallangan.
Ularning tashkilotchilari respondentlarning ustanovkalari, qadriyatlari yo’nalishi, fikrlari, bilimlarini, u yoki bu hodisalarga bo’lgan munosabatlarini va boshqalarni aks ettiruvchi ma’lumotlarni to’plashga intilishadi. Mukammal axborot esa faqatgina kompetent shaxslar – tadqiqot obyekti va predmeti haqida chuqur bilimlarga ega bo’lgan ekspertlardan olinishi mumkin. Ekspertlar guruhini qanday shakllantirish kerak? Eng avvalo, mezonlar sifatida asosiy uch ko’rsatkich – mashg’ulot turi, ish staji va sosiologni qiziqtiruvchi ixtisoslik bo’yicha malaka darajasini qo’llash maqsadga muvofiqdir (3-rasm).




Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin