2-rasm. Savollar turlari mantiqiy chizmasi Tuzilishiga ko’ra: chiziqli, ro’yxatli, jadvalli, shkalali, test, grafikli, semantik, timsolli kabi savollarga ajratilishi mumkin.
Chiziqli savollarda javoblar varianti ketma-ketlikda joylashadi va respondent ulardan birini yoki bir nechtasini tanlashi mumkin. Barcha variantlar savolda ifodalangan predmetgagina tegishli bo’ladi.
Ro’yxatli savollar tahlil predmetining baholanishi lozim bo’lgan turli variantlarini nazarda tutib, ham yopiq (javoblarning to’liq to’plami sifatida) va ham ochiq savollardan iborat bo’lishi mumkin. Bunda: respondentning shaxsga (siyosatchilar, artistlar, sportchilar va boshqalarga) nisbatan munosabatini aniqlab, ya’ni ularning reytingini o’lchash; faoliyat turlarining afzalligi darajasini (masalan, dam olish paytida); iste’molchilik ehtiyojlarini; hodisalar, insonlar to’g’risida ma’lumotga egalik darajasini aniqlash imkoni tug’iladi.
Masalan: Siz qanday o’ylaysiz, jamoangiz a’zolaridan kimlar o’rtoqlari orasida eng yuqori hurmatga sazovorlar? 1 – Kamolov A.
2 – Pardayev B.
3 – Soatov V. va boshqalar.
Respondent tomonidan javoblar variantining tanlanishi chegaralanmagan bo’lishi yoki 3 tadan ortiq bo’lmagan, 5 tadan ortiq bo’lmagan variantni tanlash bilan chegaralash shaklida bo’lishi mumkin. Bunday chegaralashlar ustanovkalar barqarorligini yanada aniqroq aniqlash maqsadida kiritiladi.
Jadvalli savollar ikki holatda: birinchisida, predmetiga ko’ra farqlanuvchi, biroq baholashning bir xil shkalasiga ega bo’lgan bir qancha savollar tuzilish bo’yicha birlashtirilganda; ikkinchisida, ro’yxatli savol har bir baho, tanlov predmeti uchun foydalaniladigan o’lchov shkalasi asosida qurilganda qo’llaniladi
Masalan: Iltimos, aytsangiz, Siz qismingizdagi turmush sharoitlaridan qoniqasizmi?