1. O’rganilayotgan predmet to’g’risidagi ommaviy tasavvurni aks ettiradi.
2. Anketachining shaxsiy ustanovkalari va qarashlari respondentning javoblariga ahamiyatli ta’sir o’tkazmaydi.
3. Javoblarning samimiyligi anketaning anonimligi bilan rag’batlantiriladi.
4. Savollarga javoblarning ketma-ketligi va tempi respondentning ixtiyori bilan tanlanadi.
5. Anketachiga maxsus malakaga ega bo’lish talabi belgilanmaydi va boshqalar.
1. Predmetni ommaviy tasavvurlar orqali emas, balki uning mohiyatiga kirib borish orqali yetarlicha yaxshi o’rganish imkonini beradi.
2. Intervyuyerning mahorati tufayli samimiylikka moyil qiluvchi ishonchli sharoit yaratilishi mumkin.
3. Respondentning intervyuyer bilan muloqoti javoblarni yanada jiddiy asoslanishi ta’minlaydi.
4. Respondentning ba’zi savollardan o’zini olib qochishi imkoniyati minimumga keltirilishi mumkin.
5. Intervyuni o’tkazi metodikasining yaxshi o’zlashtirilishi zarur bo’lgan holatlarda uning yo’nalishi va mazmunini o’zgartirish imkonini beradi va boshqalar.
Sosiologik anketani tuzish texnologiyasini ko’rib o’tamiz.
Anketa – strukturaviy tashkil etilgan savollar to’plami bo’lib, ularning mazmun va mohiyati sosiologik tadqiqotning vazifalari (farazi) bilan belgilanadi.
So’rovnomani tuzilishi (konstruksiyasi) uchun boshlang’ich asos bo’lib tushunchalarni operasionalizasiyalashtirish5 natijasida shakllantirilgan model hisoblanadi. U savollar sonini, ularning yo’nalishini, joylashish mantiqini belgilaydi.
Har bir savolning tuzilishi indikatorlar6 tanloviga bog’liq bo’ladi. Odatda so’rovnoma asosiy uchta blok: asosiy (muammoli) savollar, yordamchi (aniqlashtiruvchi, nazorat etuvchi) savollar va «pasport» qismi – respondentning ijtimoiy-demografik tavsifini aniqlab beruvchi savollardan iborat bo’ladi (2-jadval).