O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə21/50
tarix08.06.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126802
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50
Samarqand davlat universiteti

Ekspertlar so’rovi – kompetentli ma’lumot tashuvchilar (ekspertlar) bilan anketa so’rovi yoki intervyu o’tkazish. Shaxsni guruhiy baholash metodi kichik guruhlardagi munosabatlar va shaxs xususiyatlari to’g’risida ma’lum bir balli shkala asosida tuzilgan baholarni umumlashtirish orqali ma’lumot to’plash.
O ’z navbatidaa so’rov metodlari orasida anketa so’rovi va intervyu metodlari alohida ajralib turadi (Ris. 1).

1-rasm. So’rov turlari mantiqiy chizmasi
So’rov metodi – sosiologlar ixtirosi bo’lmagan. Bilishning hamma tarmoqlarida kimdir boshqa bir insonga ma’lumot olish uchun savol bilan murojaat qilar ekan, ushbu metodning turli ko’rinishdagi modifikasiyalariga to’qnash keladi. Masalan, shifokorlar kasallikning kechish jarayonini va bemor sog’lig’ining bundan avvalgi holatini aniqlashda anamnestik so’rov o’tkazishadi. So’rov metodidan huquqshunoslar – guvohdan tekshirilayotgan hodisaning yuz berishi shart-sharoitlarini aniqlashtirishda, jurnalistlar aholining u yoki bu tarzdagi voqyea va hodisalarga munosabati to’g’risida o’zlarini qiziqtirgan ma’lumotni olish maqsadida foydalanishadi.
Instrumentariylarning3 turi va mazmuni dastlabki ma’lumotlarni to’plash metodi va tadqiqotda ijtimoiy obyektni qamrash metodlari (bosh majmua yoki tanlov guruhi (vыborka) asosida tadqiq etish)ga bog’liq bo’ladi. Instrumentariy tarkibiga sosiologik ma’lumotni to’plash va qayta ishlash uchun foydalaniladigan hujjat va materiallar kiradi.
Anketa metodi orqali so’rovni o’tkazish uchun: anketa, savollarga javoblar varaqasi (anketani ko’p marotaba qo’llash maqsadida ham tuzilishi mumkin), anketani qayta ishlash matrisasi yoki anketani qayta ishlashga moslashtirilgan kompyuter dasturi ishlab chiqiladi.
Intervyu metodiga nisbatan qo’llaniluvchi instrumentariy: intervyuni o’tkazish rejasi, so’rov varaqasi, natijalarni ishlash uchun mo’lljallangan matrisa (kompyuter dasturi) hisoblanadi. Agar antketa so’rovi (intervyu) tanlov guruhi (vыborka) asosida o’tkaziladigan bo’lsa, unda tanlov hisob-kitobi (chizmasi) tuziladi. Sosiometrik tadqiqotlarni instrumentar ta’minotini sosiometrik kartochka, sosiomatrisa, sosiogramma va boshqalar tashkil etadi.
Ularning o’ziga xos belgilari so’rovning boshqa shakllaridan bir qator ustunliklari mavjudligidan guvohlik beradi4 (1-jadval).

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin