114
qismdan iborat bo„lganligi uchun, qutbsiz harakatsiz fazada (alkillangan
silikagel) yaxshi yutiladi. Shunday modifikatsiyadan keyin sorbent
yuzasi ion-almashuvchi moddaga aylanadi.
Ion-juft reagentning tabiatiga qarab, modifikatsiya qilingan sorbent
kation-almashuvchi
yoki
anion-almashuvchi
sorbentga
aylanadi.
Masalan: perxlorat va alkilsulfat
ionlari
bilan modifikatsiya
qilingan sorbent kation-almashuvchi sorbent bo„ladi. Harakatli fazaga
tetrabutilammoniy gidrosulfat kiritilishi harakatsiz fazani anion-
almashuvchiga aylantiradi. Ushbu sorbent yordamida sianid anioni
sifatida qaralgan kumush, mis, nikel, kobalt,
oltin ionlarini bir-biridan
ajratish mumkin.
Ionli birikmalar ajralishining boshqa mexanizmlari ham ma‟lum.
Agar ajralayotgan komponentlar ion-juft reagent bilan ion assotsiatlari
hosil qilsa, silikagel yuzasida qanday qonuniyatlar bilan tutilgan bo„lsa,
xuddi shunday ajralishlar yuzaga keladi.
Ligand- almashinish xromatografiyasi
1961 yili F. Gelferix diamin ajratib olish uchun ligan-almashinish
xromatografiya usulini taklif etdi. Ion-almashuvchi va mis ammiakatining
to„yingan eritmasi bilan to„ldirilgan kolonka orqali diaminnning
aniqlanayotgan eritmasi o„tkazildi. Bunda
diaminning bitta molekulasi
ikki molekula ammiak molekulasini siqib chiqaradi. Keyin kolonkani
ammiakning to„yingan eritmasi bilan yuvilganda, kolonkadan toza
diaminni siqib chiqarish mumkin.
Ligand-almashinish xromatografiyasida harakatli va harakatsiz
fazalar kompleks hosil qiluvchi metallarni saqlashi mumkin. Metall ionini
mustahkam ushlab turuvchi ion-almashtiruvchi tanlab olinadi.
Bunday
holatda moddalarning bir-biridan ajratishning eng asosiy talablari :
kompleks hosil qilish konstantalarining va moddalarning harakatli va
harakatsiz fazalar o„rtasidagi taqsimlanish koeffitsiyentlarining bir-
biridan farq qilishidir. Ligand sifatida kompleks hosil qiluvchi ion bilan
koordinatsion bog„ hosil qiluvchi molekula yoki anion bo„lishi mumkin.
115
Asosan ajratuvchi agent sifatida ko„pchilik hollarda mis (II), rux va
nikelning L-prolin, L-gidrooksiprolin
yoki L-fenil-alanin hamda
kadmiy, simob (II) va kumush (I) ning ligandlari qo„llaniladi.
Ligand-almashuvchi xromatografiya asosan aminokislotalarning
atsemik aralashmalarini ajratishda katta samara beradi. Bu ajratishda ion-
almashinish, ion-juft va teskari-fazali variantlari bo„lishi mumkin.
Ligand-almashuvchi xromatografiyada sorbent sifatida organik va
noorganik
sorbentlar
hamda
organik
va
noorganik
moddalar
kombinatsiyalari ( alkil radikallari bilan modifikatsiya qilingan silikagel)
qo„llaniladi. Harakatli faza sifatida atsetonitrilning ammiak yoki piridin
bilan aralashmasi qo„llaniladi. Ba‟zi bir hollarda harakatli fazaga
kompleks
hosil
qiluvchi
metall
tuzlari
qo„shiladi.
Masalan,
aminokislotalarni sulfolangan polistirolda
ajratishda harakatli faza
sifatida rux ionlari qo„shilgan pH qiymati 4,1 bo„lgan bufer eritmalar
ishlatiladi.
Ligand-almashuvchi
xromatografiyasi
aminokislotalarni,
peptidlarni, fenollarni, nitrofenollarni aniqlashda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: