O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/160
tarix16.09.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144150
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

 
 
41
The Global Competitiveness Report 2015 – 2016: World Economic Forum. Geneva, 2017. 


85 
5.3.2-jadval 
2016-2017 yillarda Mamlakatlarning global raqobatbardoshlik ko’rsatkichi 
Reyting 
Mamlakatlar 
GCI
 
 

Shveysariya
 
5.8 

Singapur
 
5.7 

AQSh
 
5.7 

Niderlandiya 
5.6 

Germaniya
 
5.6 

Shvesiya
 
5.5 

Buyuk Britaniya
 
5.5 

Yaponiya
 
5.5 

Gonkong
 
5.5 
10 
Finlyandiya
 
5.4 
11 
Norvegiya
 
5.4 
12 
Daniya
 
5.3 
13 
Yangi Zelandiya
 
5.3 
14 
Tayvan
 
5.3 
15 
Kanada
 
5.3 
16 
BAA
 
5.3 
17 
Belgiya
 
5.3 
18 
Qatar
 
5.2 
19 
Avstriya
 
5.2 
20 
Lyuksemburg
 
5.2 
21 
Fransiya
 
5.2 
22 
Avstraliya
 
5.2 
23 
Irlandiya
 
5.2 
24 
Isroil
 
5.2 
25 
Malayziya
 
5.2 
26 
Janubiy Koreya
 
5.0 
27 
Islandiya
 
5.0 
28 
Xitoy
 
5.0 
29 
Saudiya Arabistoni
 
4.8 
30 
Estoniya
 
4.8 
31 
Chexiya
 
4.7 
32 
Ispaniya
 
4.7 
33 
Chili
 
4.6 
34 
Tailand
 
4.6 
35 
Litva
 
4.6 
36 
Polsha
 
4.6 
37 
Ozarbayjon
 
4.6 
38 
Quvayt
 
4.5 
39 
Hindiston
 
4.5 
40 
Malta
 
4.5 
41 
Indoneziya
 
4.5 
42 
Panama
 
4.5 
43 
Rossiya
 
4.5 
44 
Italiya
 
4.5 
45 
Mavrikiy
 
4.5 
46 
Portugaliya
 
4.5 
47 
JAR 
4.5 
48 
Baxreyn
 
4.5 
49 
Latviya
 
4.4 
50 
Bolgariya
 
4.4 
51 
Meksika
 
4.4 
52 
Ruanda
 
4.4 
53 
Kozog‘iston
 
4.4 
54 
Kosta-Rika
 
4.4 
55 
Turkiya
 
4.4 
56 
Sloveniya
 
4.4 
57 
Filippin
 
4.4 
58 
Bruney
 
4.3 
59 
Gruziya
 
4.3 
60 
Vyetnam
 
4.3 
61 
Kolumbiya
 
4.3 
62 
Ruminiya
 
4.3 
63 
Iordaniya
 
4.3 
64 
Botsvana
 
4.3 
65 
Slovakiya
 
4.3 
66 
Ummon
 
4.3 
67 
Peru
 
4.2 
68 
Makedoniya
 
4.2 
69 
Vengriya
 
4.2 
70 
Marokash
 
4.2 
 


86 
O’z-o’zini nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi tushunchasini izohlang. 
2.
Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini baholash uslubiyati nimalarga 
asoslangan? 
3.
Butunjaxon iktisodiy forumi bo‘yicha mamlakatlar raqobatbardoshligini 
baholash uslubiyati qanday ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi? 
4.
R.A.Fatxuddinov metodikasi mamlakat raqobatbardoshligi. 
5.
Jahon banki tomonidan taklif qilingan uslubiyat qanday ko‘rsatkichlarni o‘z 
ichiga oladi? 
6.
Global raqobatbardoshlik indeksi nima? 
7.
Mamlakatlarning global raqobatbardoshlik ko‘rsatkichi qanday shkalada 
aniqlanadi? 
8.
Menejmentni 
rivojlantirish 
Xalqaro 
instituti 
uslubiyatiga 
ko‘ra 
raqobatbardoshlik qanday aniqlanadi? 


87 
6-BOB: MILLIY IQTISODIYOT RAQOBATBARDOSHLIGINI 
OSHIRISHNING IJTIMOIY OMILLARI 
 
6.1. Milliy iqtisodiyotda inson kapitali rivojlanishining asosiy 
yo’nalishlari 
6.2. Milliy iqtisodiyotning ijtimoiy raqobatbardoshligini baholash 
uslubiyati 
6.3. Inson taraqqiyoti indeksi va uning tarkibiy qismlarini hisoblash 
uslubiyoti 
 
6.1. Milliy iqtisodiyotda inson kapitali rivojlanishining asosiy yo’nalishlari 
P. Druker ―ish bilimlari‖ atamasini muomalaga kiritar ekan, keyinchalik 
―bilimlar jamiyati‖da bazis iqtisodiy resurs kapital, tabiiy resurslar yoki ish kuchi 
emas, balki bilimlar deb tasdiqlagan. U ―bilimlar xal qiluvchi iqtisodiy resurs va 
dominanta bo‘lib, ehtimol tutilgan raqobat ustunligining yagona manbaiga 
aylandi‖
42
deb ko‘rsatgan. 
XIX asrning oxirida klassik nazariya qarashlarini rivojlantirib, neoklassik 
yo‘nalishni shakllandi. Kembrij universiteti professori A.Marshall butun talabni 
pirovard natijada tartibga solishni iste‘mol talabi bajaradi va bunday tartibga solish 
bozor tomonidan hyech qandar aralashuvlarsiz amalga oshiriladi degan fikrni ilgari 
suradi. A. Marshall ish kuchi sifati ta‘limga bog‘liq ekanligiga alohida urg‘u 
bergan holda ―Ta‘lim nom- nishonsiz yo‘q bo‘lib ketishi mumkin bo‘lganlar uchun 
o‘z salohiyatlarini namoyon qilish imkonini beradi‖ 

deb qayd etgan
43

Iqtisodiyot nazariyasi moddiy ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishning ikki 
tarkibiy qismi – moddiy resurslar (xomashyo, asbob-uskunalar va hokazolar) 
hamda mehnat resurslari (muayayn mehnatni bajarish uchun yetarli bilim, malaka 
va ko‘nikmaga ega xodim) alohida ajratib ko‘rsatiladi. S.Fisher, R.Dornbush, 
R.Shmalenzi kapital va yer resurslarini moddiy boyliklar, ishlab chiqarishning 
ashyoviy omillari, deb hisoblashadi
44
. K.R.Makkonnell va S.L.Bryularning fikricha 
iqtisodiy resurslar moddiy va inson resurslaridan iborat. Moddiy resurslar - yer va 
kapital, inson resurslari - mehnat va tadbirkorlik qobiliyatidir
45
.
Mehnat faoliyatining asosiy sharti – ish kuchi mavjudligi bo‘lib, mehnat 
iqtisodiyoti ish kuchini takror hosil qilish (tayyorlash, ta‘lim berish, malakasini 
oshirish va hokazolar), taqsimlash, ayriboshlash va iste‘mol qilish ro‘y beradigan, 
xodimlar, mehnat vositalari va predmetlari o‘zaro munosabatda bo‘lish sharoitlari 
va jarayonlari ta‘minlanadigan ijtimoiy tashkillantirilgan dinamik tizim 
hisoblanadi. 
42
Piter Ferdinand Druker (Peter Ferdinand Drucker, 1909-2005) 

amerikalik iqtisodchi, zamonaviy menejment 
nazariyasi asoschilaridan biri, global bozor nazariyasi va ―axborot xodimi‖ konsepsiyasi muallifi. 
43
Маршалл А. Принципы экономической науки. – М.: Прогресс, 1993.- С.294. 
44
Фишер С., Дорнбуш Р., Шмалензи Р. Экономика/ Пер. с англ. со 2-го изд. –М.: Дело ЛТД. 1995. –с.323. 
45
Макконнелл К.Р., Брю С.Л. Экономикс: Принципы, проблемы и политика. В 2 т./ Пер. с англ. 2-е изд. Т.1. 
–М.: Республика, 1992. –С.37. 


88 
Insonning bilim, malaka va ko‘nikmasi ishchi kuchidan inson kapitaliga 
aylanishigacha uzoq davom etgan jarayonni o‘zida aks ettirdi va quyidagi taraqiyot 
bosqichlarini bosib o‘tdi: 
Bugungi kunda ―ish kuchi‖ atamasini insonlarning tovar(xizmat)lar ishlab 
chiqarish(ko‘rsatish)dan iborat mehnat jarayonida foydalaniladigan jismoniy va 
ma‘naviy salohiyati, mehnat qilish va ne‘matlar yaratish layoqati sifatida talqin 
etiladi. 
A. Smit tomonidan kiritilgan ―iqtisodiy odam‖ (homo economicus) o‘z 
shaxsiy manfaati va maqsadini ko‘zlab, turmushini yaxshilashga intiladi. Shu 
boisdan, inson bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarilayotgan mahsulotining qiymati 
yuqori bo‘lgan va ko‘p foyda keltiradigan faoliyat turini, sohasini tanlashga 
harakat qiladi. Faqatgina ―ko‘zga ko‘rinmas qo‘l‖, ya‘ni erkin raqobat, bozor 
qonunlarigina o‘z maqsadlarini ko‘zlab faoliyat yurituvchilarni tartibga solingan 
tizimga birlashtiradi. Shu boisdan ―iqtisodiy odam‖ o‘z manfaatini ko‘zlagani 
holda jamiyat manfaati uchun ham mehnat qiladi. 
XX asr boshlarida ish kuchini qayta hosil qilish jarayoni ko‘rsatkichlarini 
baholash maqsadida ―mehnat resurslari‖ atamasi muomalaga kiritildi.
Bugungi kunda ―mehnat resurslari‖ deyilganda aholining mehnatga layoqatli 
qismi tushuniladi. ―Mehnat resurslari kategoriyasi ―aholi‖ va ―jamlanma ish kuchi‖ 
iqtisodiy 
kategoriyalari 
oralig‘ida 
joylashgan 
bo‘lib, 
ularni 
o‘zida 
mujassamlashtirgan. Mehnat resurslari – aholining mehnatga layoqatli qismi bo‘lib, 
ular jismoniy va intellektual qobiliyatlari orqali moddiy boylik ishlab chiqaradi va 
xizmatlar ko‘rsatadi‖
46
.
Xalqaro Mehnat Tashkilotining uslubiyotiga muvofiq mehnat resurslari 
mehnatga layoqatli yoshda bo‘lgan mehnatga layoqatli aholi hamda mehnatga 
layoqatli yoshdan tashqari yoshda (pensionerlar va o‘smirlar) mehnat qilayotgan 
shaxslarning yig‘indisidir.
Inson kapitali konsepsiyasi XVII asrda V.Petti tomonidan kiritilgan bo‘lib, 
boylik va uning manbalari tarkibiga yer, renta, kapital va undan olinadigan foyda 
(foiz) bilan bir qatorda odamlarning mehnati, malakasi va sog‘lig‘iga bog‘liq 
ravishda, u yoki bu turdagi daromad keltirishini ko‘rsatgan. Uning fikricha ―inson 
kapitalining miqdori xodimning butun umri davomidagi ish xaqining 
kapitallashuvi bilan baholanadi‖. 
A.Smit va klassik iqtisodiy nazariyaning boshqa vakillar ham inson kapitali 
konsepsiyasi asosan ishchilar soni va ularning ko‘nikmasi sifati bilan belgilanishini 
ko‘rsatgan.
A.Marshall inson kapitalining uzoq muddatli investisiyalar samarasi va bu 
jarayonda insonning rolini tahlil etdi. 
Zamonaviy bozor munosabatlari sharoitida etish inson kapitali iqtisodiyot va 
jamiyatni rivojlantiradigan asosiy ishlab chiqarish va ijtimoiy omilga aylandi. 
Yuqorida qayd etilganlar umumlashtiradigan bo‘lsa, inson kapitali tor 
ma‘noda
 
– bu insonning intellekti, sog‘lig‘i, bilimi, sifatli va unumli mehnati 
hamda uning turmush sifati. Keng ma‘noda esa iqtisodiy rivojlanishning intensiv 
46
Экономика труда: Учебник. / под ред. П.Э. Шлендера и Ю.П.Кокина. –М.: Юристъ. 2002. - С.75. 


89 
ishlab chiqarish omili, jamiyat va oilani rivojlantirish, mehnat resurslarining 
bilimli qismi, intellektual va boshqaruv mehnati, yashash va ish joyi muhitidir. 
Ular inson kapitalini rivojlantirishning ishlab chiqarish omili sifatida samarali va 
oqilona amal etishini ta‘minlashi kerak. 
Inson kapitali nazariyasiga muvofiq odamlar o‘zlariga investisiya kiritib, 
imkoniyatlarini kengaytirishlari, davlat esa inson kapitalini boyitish uchun mablag‘ 
sarflab, milliy daromadni ko‘paytirishi mumkin. Bunday investisiyalarning 
samaradorligi sarf qilingan mablag‘larning mehnat unumdorligi ortishi va ish xaqi 
ko‘payishi orqali qoplanishida o‘z ifodasini topadi. 
G.Bekker
47
inson kapitali tushunchasini mikrodarajada qo‘llab, korxonadagi 
inson kapitalini inson ko‘nikmalari, bilim va mahoratining jamlanmasi deb 
belgilagan. Bunda u xodimlarni maxsus o‘qitish, ularda maxsus bilim va 
ko‘nikmalar hosil qilishga alohida ahamiyat bergan. G.Bekker ―Xodimlarning 
maxsus tayyorgarligi firmaning raqobat ustuvorligini shakllantiradi. Bu bozorlarda 
mahsulotlarning ma‘lum va mashhur bo‘lishi, pirovard natijada firmaning nufuzi, 
nou-xausi va savdo belgisida o‘z ifodasini topadi. Xodimlarni maxsus 
tayyorlashdan, eng avvalo, firma va kompaniyalarning o‘zlari manfaatdor, shuning 
uchun ular o‘zlari moliyalashtiradilar‖ 

deb hisoblaydi. U ta‘limga kiritilgan 
investisiyalar yiliga 12,0 – 14,0 % atrofda foyda keltirishini hisoblagan.
G. Bekker tadqiqotlarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, u inson 
kapitaliga investisiyalar rentabelligining miqdorini aniqladi va uni AQSh dagi 
ko‘pgina firmalarning rentabelligi bilan taqqosladi. Xususiy ta‘lim muassasalari 
sonining ko‘payishi, qisqa muddatli seminarlar va maxsus kurslar tashkil etadigan 
konsalting firmalari faoliyatining kengayishi natijasida ta‘lim faoliyatining xususiy 
sektordagi rentabellik darajasi tijorat faoliyatining boshqa turlari rentabelligi 
darajasidan 10,0 – 15,0 % ortiq ekanligini ko‘rsatdi. 
Inson kapitalining shakllanishi manbalaridan (davlat, oila, xususiy shaxslar va 
boshqalar) qat‘i nazar undan foydalanish va bevosita daromad olish insonning o‘zi 
tomonidan nazorat qilinadi. 
Alohida shaxsning inson kapitali
uning salomatligi, sog‘lig‘i, qobiliyati, bilimi 
va ko‘nikmalaridan iboratdir. ―Insonning qiymati‖ uning hayoti bosqichlarida ortib 
boradi, bu qiymatdan mehnat unumdorligini oshirish maqsadida foydalaniladi, ayni 
paytda shaxsiy kapital daromadlarini ko‘paytiradi va insonni o‘z qobiliyatini 
yanada oshirishga shaxsiy investisiyalar kiritishga rag‘batlantiradi. 
Korxonaning inson kapitali
da xozirgi vaqtda savdo belgisi, personal va yangi 
texnologiyalar sifatidagi nomoddiy aktivlar alohida rol o‘ynaydi. Bu kapitalga, 
shuningdek shaxsiy inson kapitali aktivlarini (lisenziyalar, patentlar, mualliflik 
guvohnomalari), firmaning nomoddiy aktivlarini (tovar belgilari) tashkiliy kapital, 
tarkibiy, kapital, brend-kapital va ijtimoiy kapitalini kiritish mumkin. 
Milliy inson kapitali
ijtimoiy, siyosiy kapitalni, milliy intellektual 
ustuvorliklarni, milliy raqobat ustunliklarini va millatning tabiiy salohiyatini 
47
Geri Stenli Bekker (Gary Stanley Becker) 

amerikalik iqtisodchi, ―mikroiqtisodiy tahlil sohasini insonning qator 
xususiyatlariga qo‘llash uchun‖ 1992 yilgi Nobel mukofoti laureati.


90 
qamrab oladi. Milliy inson kapitali har bir rivojlanayotgan mamlakat milliy 
boyligining yarmidan ko‘prog‘ini, jaxonning taraqqiy etgan davlatlarida esa 70,0-
80,0 % dan ortig‘ini tashkil etadi. 
O‘rni kelganda inson kapitali nazariyasida ham amaliy, ham nazariy darajada 
qator baxsli masalalar mavjduligini ham ko‘rsatish lozim. Nazariyaga ko‘ra har bir 
shaxs inson kapitaliga kiritilgan investisiyalar kelgusida ish xaqi ortishi hisobiga 
qoplanishini to‘g‘ri baholaydi deb hisoblanadi. Ammo bunda muayyan ko‘nikma 
va kasblarga ega bo‘lganda, ish haqi miqdoriga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan 
juda ko‘pgina iqtisodiy va hatto siyosiy omillar hisobga olinmaydi. 
Ikkinchi muammo inson kapitali nazariyasining empirik ahamiyati bilan 
bog‘liqdir. Ayrim tadqiqotchilar ta‘lim sohasi kabi inson kapitaliga xarajatlar 
odamlar ish xaqi miqdori o‘zgarishiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkinligini isbotlagan. 
Agar motivasiya kabi omillar hisobga olinmaydigan bo‘lsa inson kapitalga 
investisiyalar kiritilishining kelgusida o‘zini qoplashiga ortiqcha baho berib 
yuborilishi mumkin. 
Odatda faqat ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida kiritiladigan 
investisiyalar shaklidagi jismoniy kapitaldan farqli ravishda inson kapitaliga 
investisiyalar qisman samarasiz foydalanilishi mumkin. Shuning uchun bu 
xarajatlarning hammasini investisiyalarga kiritib ham bo‘lmaydi. Masalan, tarix, 
tasviriy san‘at va adabiyot bilan shug‘ullanadigan studentlarning ko‘pchiligi buni 
o‘z mehnati samaradorligini oshirish maqsadida qilmaydi. Bu kabi masalalar inson 
kapitaliga kiritilgan mablag‘larning qiymati va ularning qoplanishini hisoblab 
chiqishni murakkablashtiradi. 
Shu bilan bir qatorda har qanday investisiyalar bozori kabi inson kapitali 
bozori ham kamchiliklardan holi emas: 

ish kuchining nisbatan erkin harakatlanishi ish beruvchilarni ish kuchini 
rivojlantirishga mablag‘ sarflashga intilishlarini kamaytiradi; 

ayniqsa yoshlar o‘rtasida ta‘limning qimmati to‘g‘risidagi axborot 
yetishmasligi inson kapitaliga yetarli bo‘lmagan darajada yoki noto‘g‘ri investisiya 
kiritilishiga olib keladi; 

aholining kattagina qismida o‘ziga investisiya kiritish uchun mablag‘ 
yetishmaydi. 
Inson kapitaliga investisiyalar bozorining bu va ayrim boshqa kamchiliklari 
sababli bozor mexanizmlari o‘z-o‘zidan buni eng maqbul tarzda tartibga soladi, 
degan fikrga olib kelmasligi kerak. Shuning uchun ham davlatning inson kapitaliga 
investisiyalar kiritishda bevosita ishtirok etishi nixoyatda muhimdir. 
Bunday yondashuvning alohida muximligini Jaxon bankining tadqiqotlari 
isbotlab turibdi. Jahon banki ekspertlari 192 mamlakatda amalga oshirgan 
tadqiqotlari natijasida quyidagi xulosalarga kelgan:

iqtisodiy o‘sish umumiy miqdorining 64,0% dan ko‘prog‘i inson kapitali 
bilan bog‘liqdir; 

mamlakatning tabiiy resurslari iqtisodiy o‘sish umumiy miqdorining faqat 
20,0% gacha bo‘lgan qismini ta‘minlaydi; 


91 

o‘tish iqtisodiyotiga ega davlatlarda mamlakatning ishlab chiqarish 
salohiyati iqtisodiy o‘sish umumiy miqdorining faqat 16,0 % ni ta‘minlaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin