b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI
davlat tomonidan narx belgilash Vazirlar Mahkamasi tomonidan tartibga solinadigan tovar (ish, xizmat)lar ro’yxati (yadro yoqilg‘isi, turli
energiya tashuvchi mahsulotlar, mudofaa ahamiyatiga ega tovar va xizmatlar, neft
va neft mahsulotlarini magistral trubalar orqali tashish va boshqalar);
–
mahalliy boshqaruv organlari tomonidan tartibga solinadigan tovar (ish, xizmat)lar (masalan, aholi iste‘mol qiladigan tabiiy gaz, ko‘mir, yo‘lovchi va
yuk tashishning barcha turlari, mahalliy transport yo‘nalishlari, jamoat transporti,
ta‘lim muassasalari qoshidagi ommaviy ovqatlanish korxonalari tomonidan
sotiladigan mahsulotlar va shu kabilar);
Davlat narx shakllanishiga bevosita va bilvosita ta‘sir etadi. Bevosita usullar
orqali tartibga solish:
–
qat‘iy belgilangan narxlar (masalan, jamoat transportida yo‘lovchi va yuk
tashish);
–
chegaraviy (yuqori va quyi) narxlarni belgilash (masalan, monopol
korxonalarning mahsuloti uchun);
–
bazaviy narxlar va ularning o‘zgarish chegarasini belgilash (masalan,
aloqa, pochta, xizmatlariga narxning diskriminasiyalashuvini belgilash);
–
narx indeksasiyasi (masalan, kelgusida inflyasiyani ko‘zda tutgan holda
ayrim tovarlarning narxini tartibga solish);
–
savdo ustamasi va savdo ta‘minot korxonalari uchun chegaraviy miqdor va
ustamalarni belgilash (masalan, dori vaositalari va birinchi darajali ahamiyatiga
ega iste‘mol mahsulotlari uchun ustama miqdori);
–
rentabellik chegarasini belgilash;
–
kafolatlangan narx (masalan, davlat xaridi uchun xomashyo va iste‘mol
mahsulotlariga narx belgilash) orqali amalga oshiriladi.
Bilvosita orqali tartibga solish:
byudjet dotasiyalari;
ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismini qoplash;
imtiyozli kreditlar va soliq imtiyozlari (soliq imtiyozlari kiritilishi natijasida
mahsulot tannarxi pasayadi) orqali amalga oshiriladi
. Narxlarni davlat tomonidan tartibga solish uch darajada olib boriladi:
Davlat nazorati
Iqtisodiyot vazirligi, G‘aznachilik boshqarmasi va uning
hududiy bo‘linmalari, mahalliy boshqaruv organlari, davlat soliq qo‘mitasi va
uning hududiy inspeksiyalari, davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy
bo‘linmalari hamda iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish Federasiyasi
tomonidan Raqobat to‘g‘risida‖gi qonun, Iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish‖
to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Idoraviy nazorat