118
Qarshi va boshqa rayonlarning talon-taroj qilinishini; Buxoro xonligini Nodirshoh
tomonidan bo‗ysindirilishi (1740 y); Xorazmning 1746 yildagi og‗ir ahvoli, Eron
askarlarining O‗rta Osiyo territoriyasiga yana bostirib kirishi (1747 y)va shu
tufayli mehnatkash xalq ayanchli ahvolga tushib qolishdi; 1741-1742 yillarda
Kulob, Xisori, Badaxshon, Balx va boshqa viloyat xalqining feodal zulm va chet
yel bosqinchilariga qarshi qo‗zg‗olonlari xususida ma‘lumotlar zo‗r ilmiy
qimmatga ega.
Mulla Ibodulla va Mulla Muhammad Sharif
. XVIII asrlarning ikkinchi va
XIX asrning birinchi yarmida o‗tgan buxorolik tarixchilar.Ularning qalamiga
mansub bo‗lgan «Tarixi amir Haydar» asarlaridir.
«Amir Haydar tarixi» kichik asar (96 varaq) muhim tarixiy manbalar asosida
yozilgan va Buxoro xonliginig Ashtarxoniylar, shuningdek asosan Mang‗itlar
sulolasi bo‗lgan amir Haydar hukumdori (1800-1826 y) davrida ijtimoiy-siyosiy
tarixni o‗z ichiga olada.
Asar 81 bobdan iborat. 1-2 boblar Buxoro shahri tarixiga bag‗ishlangan: 3-6
boblar Ashtarxoniylar tarixi qisqa tarzda bayon etilgan; 7-81 boblarda esa Buxoro
amirligining amirzoda Haydarning tug‗ilishidan to uning vafotigacha (1821 y. 6
oktyabr) bo‗lgan tarixi hikoya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: