O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə100/106
tarix27.09.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#149763
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   106
Perlokutiv akt - tinglovchi fikriga nutqiy ta’sir etib, yangi nutq vaziyatini yuzaga keltirish.
Perseptor - bayon qilingan propozitsiya ob’ekti.
Pragmatik mazmun - fikr ifodalashda ko‘chma ma’nolar, ishoralar, istioralar, shamalar, qochirimlar va hokazolarni umumlashtirib, konfiguratsion yoki semantik-pragmatik rejaga kiradi hamda semantik refersioiyani, predikativ (kesimlik) - modal tavsiflarini, shuningdek, "dalillar bilan isbotlangan dastur" - matnning illokutiv tavsifini, boshqacha qilib aytganda, uning kommunikativ mazmunini o‘zida aks ettiradi.
Pragmatik vazifa - turli kommunikativ maqsadlarga erishish uchun muloqot jarayonida lisoniy birliklarning kommunikativ-pragmatik imkoniyatlarini namoyon qilishi.
Pragmatik samara - so‘zlashuvchining o‘z nutqida munosabat ifodalovchi baholash so‘zlaridan foydalanib, eshituvchiga ta’sir o‘tkazishini, uning kommunikativ faoliyati natijasi.
Propozitsiya (diktal ma’no) - sintaktik birliklar vositasida ifodalangan ob’ektiv mazmun, jumladagi asosiy hukm.
Protoverbal mazmun - predmetlar, hodisalar va vaziyatlarni o‘z-o‘zicha emas, balki ko‘plab aloqa va munosabatlar bilan bog‘langandek aks ettiruvchi yaxlit kognitiv hosila.
Relevant - til birliklarini farqlovchi belgi. U bir xil shakldagi so‘zlarni farqlovchi urg‘u sifatida namoen bo‘ladi.
Reprezentativ akt - xabar nutqiy akti.
Reprezentatsiya - til omillarining eng yorqin namoyoni, ahamiyati, ishonchliligi, isbotiyligi.
Refersioial akt - ob’ektiv olamdagi narsa va predmet, voqea-hodisalarning nutqiy nomlanishi va ularning o‘zaro muvofiqligi.
Semantik innovatsiya - taraqqiyot jarayonida til birliklari ma’nosida o‘zgarishlar sodir bo‘lishi, yangi ma’no kasb etishi.
Signnfikativ qatlam - tushuncha, obrazlarning inson ongida aks etishini ifodalovchi birliklar qatlami.
Sotsiopragmatika - nutqni ham lisoniy ham ijtimoiy xususiyatlarini hisobga olgan holda tadqiq etish natijasida yuzaga kelgan sotsioling-vistikaning tarmog‘i.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin