Omoformalar – ayrim grammatik shakllari o‘zaro teng bo‘lgan leksemalar.
Omofonlar – talaffuzi bir xil, yozilishi har xil bo‘lgan leksemalar.
Omograflar – yozilishi bir xil, talaffuzi har xil bo‘lgan leksemalar.
Paronimiya – ikki yoki undan ortiq leksemaning talaffuzda o‘zaro o‘xshash, ohangdosh bo‘lishi.
Kvaziomonimlar – bir fonemasi bilan farqlanadigan ikkita so‘z (minimal juftlik).
So‘z variantlari – bir leksemaning tildagi turli ko‘rinishlari.
O‘z qatlam - o‘zbek tili leksikasining umumturkiy va sof o‘zbekcha so‘zlardan iborat qismi.
O‘zlashgan qatlam – boshqa tillardan olingan leksik o‘zlashmalar qatlami.
Umumturkiy so‘zlar - o‘zbek tili lug‘at boyligidagi eng qadimgi lug‘aviy birliklar.
So‘z o‘zlashtirish – boshqa til so‘zlarining o‘zbek tiliga olinishi.
Kalkalab olish – boshqa tildagi so‘zning morfemik tarkibidan qismma-qism nusxa ko‘chirish orqali so‘z yasalishi, bu so‘zda boshqa til leksemasi ma’nosining ifodalanishi.
Umumxalq lug‘aviy birliklar – ishlatilish doirasi chegaralanmagan so‘z va iboralar.
Dialektizmlar - qo‘llanishi territoriyaga ko‘ra chegaralangan til birliklari.
Terminlar - professional leksikaning ilm-fanga, texnikaga, adabiyot yoki san’atga oid bir turi.
Argotizmlar– yashirin ma’noli so‘zlar.
Jargonizmlar – yashirin ma’no bilan birga tinglovchini yoki o‘zga bir shaxsni kamsitish yoxud uning xislatini bo‘rttirib baholash xususiyatiga ega so‘zlar.
Vulgarizmlar - haqorat ma’nosida qo‘llanadigan so‘zlar.
Uslubiy bo‘yoq - so‘zning leksik ma’nosiga qo‘shimcha tarzda orttirilgan uslubiy ottenka, ifoda semasi.
Emotsional-ekspressivlikni ifodalashning affiksatsiya usuli- betaraf ma’noli so‘zlarga subektiv baho ifodalovchi affikslarni qo‘shish orqali nutqda ta’sirchanlikka erishish.
So‘zni metaforik qo‘llash - so‘zning metafora usulida ko‘chirilgan ma’nosi hisobiga nutqiy ta’sirchanlikning ta’minlanishi.